Jizzax viloyat hokimligi



Yüklə 306,68 Kb.
səhifə34/49
tarix25.12.2023
ölçüsü306,68 Kb.
#197133
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49
Millati; Partiyaviyligi-fayllar.org

Tilla baliqcha

Tuxmdan chiqdi- yu , keltirib uni


Shu loyqa hovuzga tomon otdilar.

Tashlandiq ushshoq yeb o`tadi kuni,

Xoru xas , xazonlar ustin yoptilar

Dunyoda ko`rgani shu tor hovuzcha


Va mudroq tollarning achchiq xazoni.

Menga alam qilar , tilla baliqcha

Bir ko`lmak hovuz deb bilar dunyoni....


Rasmiy-idoraviy uslubdagi nutqning xususiyatlari

Mavjud muassasalarda eng ko`p qo`llanadigan hujjatlar , umuman ish yuritish faoliyati masalalari rasmiy – idoraviy uslubda yuritiladi. Xizmat hujjatlarini tuzish va yozish tartib – qoidalari , ish yuritishga doir maxsus atamalarning qo`llanilishi bilan amalg oshiriladi.

Ish yuritishdagi hujjatlar , xususan , bir hujjat turi , turli xizmat vaziyatlarda turli ko`rinishlarga ega bo`ladi. Shu asnoda , hujjatlar matniga qo`yiladigan eng muhim talablardan biri – xolislikdir. Hujjatlar rasmiy munosabatlarni ifodalovchi va qayd etuvchi rasmiy yozma vositalar sifatida axborotni xolis aks ettirmog`i lozim.
Xususan, rasmiy – idoraviy ish uslubida;
Kichraytirish – erkalash
Qo`shimchalarini olgan
So`zlar

Ko`tarinki - tantana

Dag`al so`zlar

Tor doiradagi kishilargina tushunadigan so`zlar


O`xshatish , jonlantirish , mubolag`a , obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi usullar

I s h l a t i l m a y d i





SHAXSIY HUJJAT TURLARI ; TARJIMAI HOL

Shaxsiy hujjatlar yakka shaxslar tomonidan yozilib , ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog`liq masalalarga tegishli bo`ladi(masalan, shaxsiy ariza , shikoyat , tarjimai hol , tushuntirish xati , tikxat , ishovchnoma va boshqalar).



Tarjimai hol.

Men , Qudratov Abduvali Olimovich, 1980 yil 10-oktabr Toshkent shahrida , xizmatchi, oilasida tug`ildim.

Otam – Qudratov Olim Oripovich Toshkent pedagogika litseyida o`qituvchi , onam – Raimova Gulnora Azimovna 122- bolalar bog`chasida bosh tarbiyachi bo`lib ishlaydilar.


1987 yildan 1997 yilgacha Toshkent shahridagi 1- o`rta maktabda o`qidim. 1997 yilda Toshkent Politexnika institutining qurilish fakultetiga o`qishga kirdim va 2000 yilda shu institutn imtiyozli diplom bilan tugatib , Toshkentdagi 166- qurilish trestining 94 – mexanizatsialashgan ko`xhma korxonasiga ishga yuborildim. Dastlab muhandis lavozimida , 2000 yildan buyon bosh muhandis lavozimida ishlayapman.
2002 yilda rejadagi topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarganimiz va erishilgan natijalar uchun Qurilish vazirligining faxriy yorlig`i bilan taqdirlandim.
Bir necha jamoat ishlarida ham qatnashaman , jumladan , 166- qurilish tresti muharriri hamda shahar xalq nazorati qo`mitasining a`zosiman.
1999 yildan ”Adolat” partiyasi a`zosiman.
Uylanganman. Xotinim – Rasulova Risolat , 1982 yilda tug`ilgan.
2 – shahar kasalxonasida hamshira bo`lib ishlaydi. O`g`lim – Qodratov Nodir , 2002 yilda tug`ilgan.
Mening turar joyim ; 700211, Toshkent, Usmon Nosir ko`chasi, 5 uy, 27 xonadon.
Tel; 72-28-61
2003.14.01. A.Qudratov

SHAXSIY HUJJAT TURLARI; ARIZA


Ariza – muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos , takif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat

Arizaning zaruriy qismlari;


  1. Ariza yo`llangan muassasaning yoki mansabdor shaxsning nomi.


  2. Ariza yozuvchining turar joyi(rasmiy arizada vazifasi) ismi sharifi.


  3. Hujjatning nomi (Ariza).


  4. Asosiy matn (taklif , iltimos , shikoyat).


  5. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar nomi (agar zarur deb topilsa).


  6. Ariza yozuvchining imzosi , ismi – sharifi.


  7. Ariza yozilgan vaqt (yil , kun , oy).





Toshkent shahar xalq ta`limi


Bosh boshqarmasi boshlig`i
H.Q.Yo`ldoshevga
Toshkent shahar
Sog`bon ko`chasi 44- uyda
Yashovchi O. R. Rahimovdan
ARIZA
Meni S. Rahimov tumanda joylashgan maktablardan biriga geografiya o`qituvchisi qilib yuborishingizni so`rayman.
2000.03.08 (imzo) O. Rahimov



Toshkent viloyati


Chinoz tumani
4- kasalhona bosh shifokari
S.R.Rashidovga
Davolovchi shifokor
Nozima Niyozovadan
ARIZA
Meni 4 – kasalxonaning ichki kasalliklar bo`limiga shifokor sifatida ishga qabul qilishingizni so`rayman.

Kerakli hujjatlar arizaga ilova qilinadi.


2000.10.12 (imzo) N.Niyozova





Yüklə 306,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin