Savollarga qo'l ko'tarib, o'rningdan turib javob ber
Aytilayotgan ma'lumotlarni ce'tibor bilan tingla
Darslarga kechikmasdan kir!
kir!
Uyga berilgan “Bilimingizni tekshiring topshirig‘i’’, “Bilits so‘rovnoma’’ metodi orqali tekshiriladi.
O‘quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi. Guruhlar nomlanadi. 1.Ot 2. Sifat 3.Son 4.Fe’l.
O‘quvchilarga tarqatmalar tarqatiladi.
1.So‘z qanday qismlardan tashkil topgan?
2.Qanday so‘zlar asosdosh so‘zlar deyiladi?
3.So‘z yasovchi va so‘zlarni o‘zaro bog‘lovchi qo‘shimchalarning farqini ayting. Misollar yozing?
Guruhlar ishi baholanib, o‘tilgan mavzuga xulosa yasaladi.
Husnixat daqiqasi o‘tkaziladi:
5.Yangi mavzu bayoni: Yangi mavzu o‘quchilarga tanishtiriladi, darsning maqsadi aytiladi.
Ot, sifat, son, fe’l- so’z turkumlaridir.
Darslik bilan ishlash: 201-mashq. “Topag‘on’’ ta’limiy o‘yini orqali bajariladi.
Mashq to‘rt guruhga bo‘lib o‘qitiladi. O‘quvchilar avval shaxs va narsaning nomi, belgisi, sanog‘i va harakatini bildirgan so‘zlarni topib so‘roq beradilar, hamda doska va daftarlarida bajaradilar.
Chiroyli yozuv qoidalari eslatilib, yozuvlari nazorat qilinadi.
1-guruh uchun. Shaxs-narsa nomini bildirgan so‘zlarni toping.
2-guruh uchun. Belgini bildirgan so‘zlarni aniqlang.
3-guruh uchun. Sanoqni bildirgan so‘zlarni toping.
4-guruh uchun. Harakatni bildirgan so‘zlarni sanang. Chaqqon va epchil guruhlar ishi aniqlanadi ,to‘g‘ri va tez bajarganligini inobatga olgan holda o‘quvchilar baholanadi va rag‘batlantiriladi.
202-mashq“O‘zo‘rninitop” debnomlanganbo‘lib, mashqda berilganso‘zlardan jadvalni to‘ldirish topshirig‘i beriladi.
Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash. O‘quvchilar darsda ishtirokiga ko‘ra baholanadi. Faol o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
Uyga vazifa berish. 203-mashq uyga vazifa qilib beriladi, sharti o‘qituvchi tomonidan tushuntiriladi.