Jizzax yengil sanoat kasb-hunar kolleji



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/41
tarix01.02.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#82201
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
shaxsiy kompyuterlarni jixozli nazorati va ularning sozlanmalari.

Sistema platasi kompyuterning asosiy platasi hisoblanib, unga BIOS, mikroprotsessor
tezkor xotira, kesh xotira, shinalar joylashtirilgan bo`ladi. Bundan tashqari, unda ba'zi bir 
qurilmalar, ishni boshqaruvchi elektron sxemalar, klaviatura, disk qurilmalari adapteri ham 
joylashgan bo`ladi. Hozirda shinalarning PCI ISA turi keng ishlatilmoqda. Bunday shinalarning 
ma'lumot ayirboshlashi tezligi yuqori bo`lib, u orqali kompyuterga ko`p tashqi qurilmalarni ulash 
mumkin.
Kompyuterda kiritish-chiqarish portlari kontrolerlari mavjud bo`lib, ular sistema 
blokining orqa qismida joylashgan slot deb ataluvchi joylar orqali printer, sichqoncha va boshqa 
qurilmalar ulanishi uchun xizmat qiladi. Kiritish-chiqarish portlari parallel va ketma-ket bo`ladi 
va ular mos ravishda LPT1-LPT4 va COM1-COM3 deb belgilanadi. Odatda LPT portga printer 
va COM portga faks-modem, sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanadi.
Monitor. Monitor (displey) kompyuterda matn va grafik ma'lumotlarni tasvirlash 
(ko`rish) uchun xizmat qiladi. Garchand tashqi ko`rinishidan u televizorga o`xshab ketsada, ular 
bajaradigan ishlari bilan keskin farq qiladilar. Monitorlar rangli va rangsiz bo`ladi. Kompyuter 
tarqatadigan nur umuman aytganda zararli, shuning uchun ham ba'zi kompyuterlarda past 
radiatsiya (Lowe radiation) so`zlarini uchratish mumkin. Lekin ularning inson organizmiga ta'siri 
tobora kamayib boradigan rusumlari yaratilmoqda. Buning misoli keyingi yillarda chiqarilgan 
17-21 dyymli SVGA (SUPER Video Grafic Adapter-katta video grafik adapter) monitorlarda 
nurlarning ta'sirini ancha kamaytirilishiga erishilganligini keltirish mumkin. Monitor asosiy 
xarakteristikalaridan biri uning tasvirlash qobiliyatidir. Tasvirlash qobiliyati ekranning 
gorizontali va vertikalidagi nuqtalar soni bilan beriladi. Masalan 14 dyymli monitorda tasvirlash 
qobiliyati 800x600, 15 dyymli monitorda 1024x768, 17 dyymli monitorda 1280x1024 va 21 
dyymli monitorda esa 1600x1200. Bundan tashqari, monitorning yana bir xarakteristikasi 
tasvirlarni hosil qiluvchi piksellar (nuqtalar) o`lchovining katta-kichikligidir. Tasvirlash 
qobiliyati 800x600 ga teng bo`lgan monitorlarda piksel 0,31mm ga, 1024x768ga teng bo`lgan 
monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25ga teng bo`lishi kerak. Monitorning tez ishlashi uning 
adapteriga bog`liq bo`ladi. Matn rejimida monitorlar nisbatan tez ishlasada, grafik rejimda u 
sekinroq ishlaydi. Uning tezligini oshirish yo`llari ham mavjud. 
Tashqi qurilmalar 
Tashqi qurilmalar quyidagi uskunalardan iborat: Printer, skaner, modem, strimer, grafik 
quruvchi va boshqalar (2.1-rasm).

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin