Jizzax yengil sanoat kasb-hunar kolleji



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/41
tarix01.02.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#82201
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41
shaxsiy kompyuterlarni jixozli nazorati va ularning sozlanmalari.

Boshqaruv qurilmasi deb ataluvchi maxsus qurilma hozir qanday operator bajarilishi va 
undan keyin qaysi operator bajarilishi ustidan nazorat o`rnatadi va uning bajarilishini 
ta'minlaydi. Amal (arifmetik-mantiqiy) esa protsessor deb ataluvchi qurilmada bajariladi. 


17 
Programma ishlash natijasi to`g`ridan-to`g`ri ekranda yoki tashqi qurilma (chop qiluvchi 
mexanizm, grafik chizuvchi qurilma, video qurilma va boshqalar) deb ataluvchi qurilmada 
ko`rilishi mumkin. Odatda kompyuter ikki qismdan: Hardware (kompyuterni tashkil etuvchilari 
- kompyuterning qattiq qismlari) va Software (kompyuterning programma ta'minoti - 
kompyuterning yumshoq qismlaridan) tashkil topgan deyiladi.
Shaxsiy ko----mpyuterlar (inglizcha Personal Computers, qisqacha- PC) quyidagi 
qurilmalardan tashkil topgan (2.1-rasm):
-sistema bloki; 
-monitor; 
-klaviatura; 
-sichqoncha; 
-tashqi qurilmalar.  
Kompyuterning Qurilmalari 
Sistema bloki 
Sistema bloki odatda desktop (yassi) yoki town (minora) ko`rinishida ishlab chiqariladi. 
Kompyuterning asosiy qismlari sistema blokida joylashgan bo`lib, ular quyidagilardir: 
Tezkor xotira (RAM-Random Access Memory-ixtiyoriy kirish mumkin bo`lgan) 
mikroprotsessor, qurilmalar nazoratchilari, (ya'ni kontrolerlar, adapterlar, elektr manbai bilan 
ta'minlash bloki), yumshoq disk qurilmasi (FDD-Floppy Disk Driver), qattiq disk qurilmasi 
(HDD-Hard Disk Driver), faqat o`qish uchun mo`ljallangan lazer disk qurilmasi (CD ROM-
Compact Disk Read Only Memory), shinalar, modem va boshqa qurilmalar. Sistema blokiga 
uning parallel (LPT) va ketma-ket (COM) portlari orqali ko`plab tashqi qurilmalarni ulash 
mumkin.
Mikroprotsessor. Mikroprotsessor kompyuterning amal bajaradigan qismi bo`lib, u 
ma'lumotlarni berilgan programma asosida qayta ishlaydi. 
Mikroprotsessor 140 tacha turli arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. IBM rusumli 
kompyuterlarda Intel tipidagi (shu nomli firma ishlab chiqqan) mikroprotsessorlar ishlatiladi. Bu 
firma o`z faoliyati mobaynida Intel-8080, 80286, 80386, 80486, Pentium, Pentium 
Pro(professional) mikroprotsessorlari ishlab chiqargan bo`lib, hozirda faqat zamon talablariga 
javob beradigan Pentium-3, Pentium-4 protsessorlarinigina bozorga chiqarmoqda, xolos. Shuni 
aytish joyizki, bu protsessorlar faqat Intel firmasida ishlab chiqarilishi shart emas. Uning 
litsenziyasi asosida bunday mikroprotsessorlar, 
da ishlab chiqarilishi shart emas. Uning litsenziyasi asosida bunday mikroprotsessorlar, 
ishchi kuchi arzon bo`lgan, Janubiy- Sharqiy Osiyo mamlakatlarida ko`plab ishlab 
chiqarilmoqda. Bundan tashqari, IBM kompyuterlariga moslik shartini bajaradigan boshqa 


18 
firmalar: AMD, Cyrix, Celeron va hokazo ishlab chiqqan mikroprotsessorlar ham keng 
qo`llaniladi. Ammo boshqa firmalar ishlab chiqqan mikroprotsessorlar Intel-protsessorlardan 
umuman aytganda kuchsizroq hisoblanadi. Hozirda MMX-protsessorli kompyuterlar keng 
qo`llaniladi. Protsessorlarning tezligi megagerslar (Mgs) sekundda o`lchanadi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin