17
Programma ishlash natijasi to`g`ridan-to`g`ri ekranda yoki
tashqi qurilma (chop qiluvchi
mexanizm,
grafik chizuvchi qurilma, video qurilma va boshqalar) deb ataluvchi qurilmada
ko`rilishi mumkin. Odatda kompyuter ikki qismdan:
Hardware (kompyuterni tashkil etuvchilari
-
kompyuterning qattiq qismlari) va
Software (kompyuterning programma ta'minoti -
kompyuterning yumshoq qismlaridan) tashkil topgan deyiladi.
Shaxsiy ko----mpyuterlar (inglizcha
Personal Computers, qisqacha- PC) quyidagi
qurilmalardan tashkil topgan (2.1-rasm):
-sistema bloki;
-monitor;
-klaviatura;
-sichqoncha;
-tashqi qurilmalar.
Kompyuterning Qurilmalari
Sistema bloki
Sistema bloki odatda desktop (yassi) yoki town (minora) ko`rinishida ishlab chiqariladi.
Kompyuterning asosiy qismlari sistema blokida joylashgan bo`lib, ular quyidagilardir:
Tezkor xotira (RAM-Random Access Memory-ixtiyoriy kirish mumkin bo`lgan)
mikroprotsessor,
qurilmalar nazoratchilari, (ya'ni kontrolerlar,
adapterlar, elektr manbai bilan
ta'minlash bloki),
yumshoq disk qurilmasi (FDD-Floppy Disk Driver),
qattiq disk qurilmasi
(HDD-Hard Disk Driver),
faqat o`qish uchun mo`ljallangan lazer disk qurilmasi (CD ROM-
Compact Disk Read Only Memory),
shinalar, modem va boshqa qurilmalar. Sistema blokiga
uning parallel (LPT) va ketma-ket (COM) portlari orqali ko`plab tashqi qurilmalarni ulash
mumkin.
Mikroprotsessor. Mikroprotsessor kompyuterning amal bajaradigan qismi bo`lib, u
ma'lumotlarni berilgan programma asosida qayta ishlaydi.
Mikroprotsessor 140 tacha turli arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. IBM rusumli
kompyuterlarda Intel tipidagi (shu nomli firma ishlab chiqqan) mikroprotsessorlar ishlatiladi. Bu
firma o`z faoliyati mobaynida Intel-8080, 80286, 80386, 80486, Pentium,
Pentium
Pro(professional) mikroprotsessorlari ishlab chiqargan bo`lib, hozirda faqat zamon talablariga
javob beradigan
Pentium-3, Pentium-4 protsessorlarinigina bozorga chiqarmoqda, xolos. Shuni
aytish joyizki, bu protsessorlar faqat Intel firmasida ishlab chiqarilishi shart emas. Uning
litsenziyasi asosida bunday mikroprotsessorlar,
da ishlab chiqarilishi shart emas. Uning litsenziyasi asosida bunday mikroprotsessorlar,
ishchi kuchi arzon bo`lgan, Janubiy- Sharqiy Osiyo mamlakatlarida ko`plab
ishlab
chiqarilmoqda. Bundan tashqari,
IBM kompyuterlariga moslik shartini bajaradigan boshqa
18
firmalar: AMD, Cyrix, Celeron va hokazo ishlab chiqqan
mikroprotsessorlar ham keng
qo`llaniladi. Ammo boshqa firmalar ishlab chiqqan mikroprotsessorlar Intel-protsessorlardan
umuman aytganda kuchsizroq hisoblanadi. Hozirda MMX-protsessorli kompyuterlar keng
qo`llaniladi. Protsessorlarning tezligi megagerslar (Mgs) sekundda o`lchanadi.
Dostları ilə paylaş: