Jizzax yengil sanoat kasb-hunar kolleji


Blok kompyuterlar (Manframe Computer)



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/41
tarix01.02.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#82201
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41
shaxsiy kompyuterlarni jixozli nazorati va ularning sozlanmalari.

Blok kompyuterlar (Manframe Computer)-fan va texnikaning turli sohalariga oid 
masalalarni yechishga mo`ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi 
superkompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog`ona past. Bularga misol sifatida AQShning 


15 
CRAY (krey), IBM 390, 4300, IBM ES/9000, Fransiyaning Borrous 6000, Yaponiyaning M1800 
rusumli kompyuterini va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
Minikompyuterlar (kichik kompyuterlar) hajmi va bajaradigan amallar tezligi 
jihatidan blok kompyuterlardan kamida bir poQona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning gabariti 
(hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari 
yaratilmoqda. Bunday kompyuterlar turkumiga ilk bor yaratilgan PDP-11 (Programm Driver 
Processor-dasturiy boshqaruv protsessori) turkumini, ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan 
(maxfiy hisoblangan) VAX, SUN turkumli kompyuterlar, IBM 4381, Hewlett Packard 
firmasining HP 9000 va boshqalar minikompyuterga misol bo`la oladi. Shuni aytish joizki, 
minikompyuterlar o`zlarining “katta og`alari” Manframe kompyuterlarni imkoniyatlari 
darajasiga ko`tarilib bormoqda. Buning uchun tarixga nazar solish va hozirgi ularning 
taraqqiyotini kuzatish yetarli. 
Shaxsiy kompyuterlar hozirda korxonalar, muassasalar, oliy o`quv yurtlarida keng 
tarqalgan bo`lib, ularning aksariyati IBM rusumiga mos kompyuterlardir.
IBM rusumiga mos kompyuterlar deganda, ularning turli kompaniyalar ishlab 
chiqarilishiga qaramay ham texnik, ham programma ta'minoti mosligi, ya'ni bir-biriga to`g`ri 
kelishi nazarda tutiladi. Bunday kompyuterlar 
hajmi jihatidan kichik (bir stol ustiga 
joylashadi), amal bajarish tezligi, masalan 
PENTIUM-3 MMX protsessori o`rnatilgan 
kompyuterlarida hozirgi kunda 750-1000 
megagersni, 
xotira 
hajmi 
esa 
64-128 
megabaytni tashkil qiladi. Bu ko`rsatgichlar 
o`ta tez o`zgarib, har ikki yilda kompyuterlar 
imkoniyati ikki baravar oshishi, ularning narxi 
esa shunchaga arzonlashishi tendensiyasi kuzatilmoqda. Bugungi kunda Pentium IV 
kompyuterlari ham jahon bozorida keng tarqalmoqda. IBM PC moslik kompyuterlarini yuzlab 
firmalar ishlab chiqarmoqda. Bular IBM, Compaq, Hewlett-Packard, Packard Bell, Toshiba, 
Apple, Siemens Nixdors, Acer, Olivetti, Gateway, SUN va boshqa firmalardir. Shuni aytish 
joizki, yuqorida nomlari zikr etilgan firmalar ishlab chiqargan kompyuterlar (bradename) - “Oq 
yasalgan”, Janubiy-Sharqiy mamlakatlarda: Malayziya, Xitoy, Tayland, Koreya va boshqa 
mamalakatlarda yuqorida nomlari keltirilgan firmalar litsenziyasi asosida ishlab chiqarilgan 
kompyuterlar “Sariq yasalgan” nomga ega. Firma nomlari ko`rsatilmagan kompyuterlar esa 
“nomsiz kompyuterlar” (noname)deb yuritiladi. Ayniqsa, keyingi guruh kompyuterlarni sotib 
olishda ular yaxshi tekshiruvdan (testlar yordamida) o`tkazilishi lozim. Shaxsiy kompyuterlar 


16 
uchun uning muhim ko`rsatkichi ishlash kafolatining (kamida uch yil) bo`lishi muhim. Shu bilan 
birga, bunday kompyuterlarni sotib olganda litsenzion programma ta'minoti va tegishli 
adabiyotlar bilan birga berilish imkoniyati mavjudligi nazarda tutilishi kerak. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin