shaxsiy kompyuterlarni jixozli nazorati va ularning sozlanmalari.
Notebook kompyuterlar. Notebook kompyuterlar hajmi ancha ixcham bo`lib, ammo
bajaradigan amallar soni, xotira hajmi shaxsiy kompyuterlar darajasiga ko`tarilib bormoqda.
Ularning qulaylik tomonlaridan biri ham elektr energiyasidan, ham ichiga o`rnatilgan
batareyalarda uzluksiz (batareyani har safar almashtirmasdan) ishlashi mumkinligidir.
Bunda batareya quvvati energiyaga ulanishi bilan o`zi zarad ola boshlaydi va u batareya
bir necha yillarga mo`ljallangan bo`ladi. Hozirda bunday Notebooklarni IBM, Compaq, Acer,
Toshiba va boshqa firmalar ishlab chiqarmoqda. Tabiiyki, bunday kompyuterlar o`z
imkoniyatlari nuqtai nazaridan shaxsiy kompyuterlarga tenglashayotganini nazarda tutilsa, uning
narxi baland bo`lishini sezish qiyin emas. Bundan tashqari, bunday rusumli kompyuterlar 8-10
yil mobaynida buzilmasdan ishlash qobiliyatiga ega. Ular shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan
operatsion sistemalar MS DOS, qobiq programmalar, Windows ning oxirgi versiyalarida va
boshqa operatsion sistemalar boshqaruvida ishlaydi.
Hozirda Notebook kompyuterlaridan ham ixcham cho`ntak kompyuterlari ham ishlab
chiqilmoqda. Ular ham tabiiyki, operatsion sistema boshqaruvida ishlaydi va ular turli soha
masalalarini yechishga qodir.
Ixtiyoriy kompyuterning ishlash prinsipini birinchi bo`lib ingliz olimi Charlz Bebich va
uning g`oyasini mukammallashgan ko`rinishini Djon Fon Neyman taklif qilgan. Uning prinsipi
programma asosida boshqariladigan avtomatik ravishda ketma-ket ishlash g`oyasidan iborat.
Hozirda ko`p kompyuterlar shu g`oya asosida ishlaydi. Lekin keyingi paytlarda ko`p protsessorli
kompyuterlar, ya'ni bir vaqtda programmaning bo`laklarini ketma-ket emas, parallel bajaradigan
kompyuterlar ham yaratilganligini eslatib o`tish joizdir. Shunday qilib, kompyuter avvaldan
tuzilgan programma asosida ishlaydi. O`z navbatida programma qo`yilgan masalani
kompyuterda yechish uchun qandaydir programmalash tilida yozilgan buyruqlar (operatorlar)
ketma-ketligidir. Programmalash tilida tuzilgan programmalar maxsus tarjimon programmalar
yordamida kompyuter tiliga o`tkaziladi. Kompyuter tili 0 va 1 lardan tashkil topgan, ma'lum
qoidalar asosida yoziladigan ketma-ketliklardan iborat. Djon Fon Neyman prinsipi bo`yicha
avtomatik ravishda bajariladigan programma avval kompyuterning xotirasiga kiritiladi
(yuklanadi). Xotirada turgan programma asosida programmani tashkil etuvchi har bir operator
ketma-ket bajariladi.