Jizzax yengil sanoat kasb-hunar kolleji



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/41
tarix01.02.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#82201
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41
shaxsiy kompyuterlarni jixozli nazorati va ularning sozlanmalari.

Doimiy xotira. Kompyuterlarda berilganlar unga avvaldan joylashtirilgan doimiy xotira 
(BIOS-Basic Input- Output System-kiritish chiqarishning asosiy sistemasi) mavjud. Bunday 
xotiradan faqat o`qish mumkin. Shuning uchun ham u ROM (Read Only Memory-faqat o`qish 
uchun) deb ataladi. IBM PC kompyuterlarda bu xotira kompyuter jihozlarini ishlashini 
tekshirish, operatsion sistemasini boshlanQich yuklanishini ta'minlash, qurilmalarga xizmat 
ko`rsatishning asosiy funksiyalarini bajarish uchun ishlatiladi. 
Kesh xotira. Kesh xotira kompyuterning ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U 
tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bo`lib, uning yordamida amallar bajarish 
tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi. Shuning uchun kompyuter 
xotiraning 
ko`proq 
ishlatiladigan 
qismi 
nusxasini 
kesh 
xotirada 
saqlab 
turadi. 
Mikroprotsessorning xotiraga murojaatida, avvalo, kerakli programma va berilganlar kesh 
xotirada qidiriladi. Berilganlarni kesh xotirada qidirish vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan ancha 
kam bo`lgani uchun kesh xotira bilan ishlash vaqti ancha kam bo`ladi. PENTIUM_2,3 
kompyuterlarda kesh xotira hajmi 512 K ni tashkil qiladi.
Videoxotira. Videoxotira monitor ekraniga video ma'lumotlarni (videotasvirlarni) saqlab 
turish uchun ishlatiladi. Shuni aytish lozimki, videotasvirlar (ayniqsa rangli) kompyuter 
xotirasida ko`p joy egallaydi. Shuning uchun video xotira hajmi qancha katta bo`lsa, shuncha 
yaxshi albatta. Videoxotiraning 1 Mbaytdan kam bo`lmagani yaxshi.
Shina. Kompyuterda har bir qurilmaning ishini boshqaruvchi elektron sxemalar mavjud 
bo`lib, ular adapterlar (moslovchilar) deb ataladi. Barcha adapterlar mikroprotsessor va xotira 
orqali berilganlarni ayirboshlovchi magistral yo`l deb ataluvchi shinalar orqali bog`langan 
bo`ladi. Shunday qilib, oddiy so`z bilan aytsak, shinalar turli qurilmalarni bog`lovchi maxsus 
simlardir. Kompyuterda bir qancha shinalar bo`lishi mumkin. Kompyuterlarning elektron 
sxemasi elektron plata deb ataluvchi modullardan iborat. Uning modul tuzilishiga ega bo`lishi 


20 
kompyuterlar ta'mirini oson bajarish, uni foydalanuvchi ehtiyojiga qarab yiQish va o`zgartirish 
imkoniyatini beradi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin