27
TIZIMLI BLOK.
Aynan tizimli blok kompyuterning eng muhim bloki bo’lgani uchun uni batafsil
ko’rib chiqamiz. Avval ta’kidlanganidek, tizimli blok kompyuterning asosiy elektron
qurilmalarini o’z ichiga oladi.
Shuning uchun u SHK ning eng muhim tashkil etuvchilaridan biri sanaladi.
Tizimli blokning tarkibi quyidagilardan iborat:
1. Tizimli plata;
2. Diskyurituvchi;
3. Qattiq disk (vinchestr);
4. Tok manbai bloki.
Tizimli plata bu - maxsus materialdan yasalgan plastinada joylashgan mikrosxemalardan iborat
bo’lib, ular o’zaro bog’lovchi elektr (tok) o’tkazuvchi yo’llari bilan bog’langan.
Tizimli plata
EHMning eng muhim elementlarini o’zida jamlaydi, chunonchi:
u markaziy protsessor;
u tezkor xotira mikrosxemalari;
u doimiy xotira qurilmasi;
u taymer (joylashtirilgan soatlar);
u kengaytirish tutashmalari va boshqalar.
Tizimli plataning eng muhim elementlaridan biri - markaziy protsessoridir.
28
Dastur bilan berilgan ma’lumotlarni o’zgartiradigan, hamma
hisoblash jarayonlarini
boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o’zaro aloqasini o’rnatadigan
qurilma-protsessor deb ataladi. Protsessorda arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga
murojaat qilish, dasturda berilgan ko’rsatmalarning berilgan ketma-ketlikda bajarilishini
boshqarish hamda asosiy xotira o’rtasida aloqa o’rnatish amalga oshiriladi.
Protsessor katta integral sxemalardan foydalanish asosida quriladi. Protsessor
kompyuterning
asosiy qurilmalaridan, ya’ni kompyuterning “yuragi” deb hisoblanadi. Bir so’z
bilan aytganda, protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha ko’rsatmalarini
bajaradi.
Shaxsiy kompyuterning eng muhim ko’rsatkichi uning ishlash tezligi va ma’lumotlarni
saqlash uchun xotira hajmidir. Ma’lumki, 2 sonini turli darajalari bo’lgan 4, 8, 16, 32, 64 lar
bilan bog’liq bo’lgan mikroprotsessorlar qabul qilishi mumkin bo’lgan betlar soni
kompyuterlarning razryadini belgilaydi.
IBM RS kompyuterlarning butun taraqqiyoti mikroprotsessorlarni ishlab chiqaruvchi
Intel firmasi bilan bog’liq. Aksariyat shaxsiy kompyuterlar ushbu firma mikroprotsessorlari bilan
ishlaydi. Shartli ravishda firmaning 8086 yoki 8088 (16 razryadli) mikroprotsessorlari IBM RS
XT (extended version, “Iks-ti” deb o’qiladi) deb nomlanadi.
Mazkur firmaning 80286 (16 razryadli) mikroprotsessorlari bilan ta’minlangan SHK lar IBM RS
AT (Advanced Techology) deb ataladi.
IBM RS shaxsiy kompyuterlarning oilasi tez rivojlanmoqda.
Bugungi kunga kelib Intel
firmasining ko’p razryadli ishlash samarasi va imkoniyati katta Rentium shaxsiy kompyuterlari
tez tarqaldi. Rower RS rusumidagi yana ham kuchli mikroprotsessorlarning tarqalishi
kutilmoqda.
Tizimli platada joylashgan yana bir eng
muhim
element
-tezkor
xotira
mikrosxemalaridir.
Tezkor
xotira
yoki
tezkor
xotira
qurilmasi (TXQ) o’zida ayni vaqtda kompyuter
ishlayotgan dasturlar uchun ma’lumotlar shu
bilan birga ishning natijasi saqlanadigan
mikrosxemalardan tashkil topgan.
29
Tizimli platada joylashgan xotiraning yana bir turi - doimiy xotira qurilmasi (DXQ,) yoki
doimiy xotira (DX) deb ataladi.
Doimiy xotira BIOS (Basic Inrut - Outrut System - kiritish va chiqarishning baza tizimi)
nomli zavodda yozilgan boshqaruv dasturlari to’plamini saqlovchi mikrosxemadir.
Doimiy
xotirada saqlanayotgan axborotni tezkor xotiradagilardan farqi shuki, kompyuter tok manbaidan
o’chirilganda ham axborot saqlanib qoladi.
Undagi axborot bir marta zavodda mikrosxema tayyorlash jarayonida kiritiladi, uni
o’zgartirish mumkin emas.
DXQ (BIOS) - quyidagi vazifalarni bajaruvchi dasturlar to’plamidir. Birinchidan,
kompyuter manbaga ulanganda uning hamma qurilmalarini, masalan diskyurituvchi va
vinchesterlarni
boshqarishga imkon bersa, ikkinchidan taymer kompyuterdagi to’xtovsiz
ishlaydigan elektron soat, vaqtini va yilini aniqlash uchun xizmat qiluvchi mikrosxema.
Kengaytirish raz’yomlari - kompyuter imkoniyatlarini kengaytirib, uning yordamida
kompyuterlarga qo’shimcha qurilmalar ulanadi. Odatda kengaytirish raz’yomlarida qurilmani
boshqaradigan alohida maxsus platalar qo’yiladi. Bunday platalar nazoratchilar deb nomlanadi.
Masalan, monitor ishini boshqaradigan plata videonazoratchilar deb nomlanadi. Kompyuterning
barcha qurilmalari uchun boshqaruv signallar beruvchi vosita markaziy protsessor bo’lsa-da,
nima uchun
nazoratchilar mavjud degan, savol tug’iladi. Buning mohiyati shuki, markaziy
protsessor boshqaruv signallarini umumiy tartibda beradi, nazoratchi ularni qabul qilib, bevosita
qatnashishi talab qilinmaydigan qator yumushlarni bajaradi. Hayotiy bir misol timsolida
masalan, bosh oshpaz o’z yordamchilariga palov damlashni buyuradi, buni markaziy protsessor
boshqaruv signaliga qiyoslasak,
oshpazlar esa sabzi, guruch, o’tinlarni tayyorlaydi, bu -
nazoratchi bajaradigan ishlar deb tushunsa bo’ladi.
Tizimli platada yana boshqa ko’plab qurilmalar joylashgan, biroq, ular to’g’risida
ma’lumot kompyuter ishini chuqur o’rganishni hohlagan foydalanuvchi uchun muhim bo’lishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: