31
Shuning uchun qattiq disk - vinchester va disketlar bilan diskyurituvchi kabi qurilmalar
yaratilgan. qattiq disk va disketlar bilan diskyurituvchi yana kompyuterning tashqi xotira
qurilmalari deb yuritiladi. Bu qurilmalar axborotni uzoq vaqt saqlash uchun mo’ljallangan
va eng
muhim, axborotlarni bu qurilmalarga yozish, o’qish, ularni o’zgartirish, kerak bo’lsa, ularni yo’q
qilish ham mumkin. quyida bu qurilmalarni birma-bir ko’rib chiqamiz.
Diskyurituvchi va disketlar. Odatda ular alohida ishlamaydi. Agar solishtiradigan bo’lsak,
disketlarsiz diskyurituvchi go’yo kassetasiz magnitofondir: Diskyurituvchi - disketdagi axborotni
yozish va o’qish uchun mo’ljallangan qurilma. Disketa - axborotni uzoq vaqt saqlash uchun
maxsus vosita. Disketa ichida axborot yoziladigan nozik magnit disk joylashgan.
Tashqi xotira uchun kichik doirasimon (20, 12 va 8 sm diametrli) egiluvchi magnit
disketlardan foydalanish juda kulay.
Tashqi xotira, odatda magnit disklardan iborat bo’lib, ular ikki turlidir. Birinchi turi -
egiluvchan disklar yoki disketalar. Disket yordamida axborotni
bir kompyuterdan boshqasiga
o’tkazish mumkin. Ikkinchi turi qattiq disklar. Bunday disklarni bir kompyuterdan boshqasiga
o’tkazish mumkin emas, lekin ular kompyuterda juda katta hajmda axborotni saqlash imkonini
beradi. Birgina qattiq diskka bir necha yuzta egiluvchan disketdagi axborotni yozish mumkin.
Birinchi tur diskdagi axborot hajmi Kbayt, ikkinchi tur diskdagisi esa Mbayt bilan o’lchanadi.
Hozirgi paytda optik disklar paydo bo’lmoqda. Bunday disklarga lazer nuri yordamida
gigabaytlarda (Gbayt) o’lchanadigan katta hajmdagi axborot yozilishi mumkin.
Model MHT20xxAH shpindelining aylanish tezligi 5400 ob.min. O’rtacha
axborot qidirish
vaqti 12 ms.
32
Eng tezkor vinchesterlar Western Digital
Kompyuterda axborot bit, bayt, kilobayt (Kbayt), megabayt(Mbayt) va boshqa kattaroq
birliklarda o’lchanadi.
Eng kichik axborot birligi - bit. Foydalanuvchi uchun bir
bit hyech qanday axborotni
bildirmaydi. Lekin bir bit axborot bu - bir harf yoki raqam bo’shliqni anglatadi. Baytdan keyingi
o’lchov birligi - kilobayt bo’lib, u 1024 baytga teng. Agar belgilar bilan hisoblasak, bu 1024
belgidir.
Axborot o’lchov birliklarining o’zaro bog’lanishlari quyidagicha:
1 Mbayt q1024 Kbayt
1 G (giga)baytq1024 Mbayt va hokazo.
Uncha qalin bo’lmagan 300 betli o’quv kitobi rasmsiz, taxminan 2
Mbayt axborotni
o’zida jamlaydi.
Disket va qattiq disklar uchun axborot sig’imi tushunchasi juda ahamiyatli. Bu axborot
saqlash vositasiga qancha Kbayt yoki Mbayt yozish mumkinligini ko’rsatadi. Quyida har bir tur
disketning axborot sig’imi berilgan.
Disketa turi
Axborot sig’imi
5.25 dyumli
360 Kbaytdan 1,2Мbaytgacha
3.5 dyumli
720 Kbaytdan 2,8 Мbaytgacha,
lekin hozirgi
kunda ommalashgan disketa 1,44 Mbayt sig’imlidir.
Uzoq vaqt axborot saqlash uchun mo’ljallangan boshqa qurilma-qattiq disk yoki ”vinchester”dir.
Qattiq disk yoki “vinchester”-axborotni o’qish, yozish va saqlash qurilmasidir. Qattiq diskda bir
33
emas, balki bir o’qda joylashtirilgan va zich yopilgan yopiq metal korpusiga joylashtirilgan bir
qancha metal disklar bor. Diskning har bir tomoni ishchi hisoblanadi. Unga axborotni yozish va
uni o’qish mumkin. “Vinchester”ning axborot sig’imi 500 Mbayt dan to 4Gbaytgacha.
Buning ustiga “vinchester” markaziy protsessorga axborotni disk yurituvchiga karaganda
tezroq uzatadi. U holda nima uchun disketlardan foydalaniladi?
Disketaning asosiy afzalligi shundaki, undagi axborotni bir kompyuterdan ikkinchisiga
o’tkazish osonroq. Qattiq diskni bir kompyuterdan ikkinchisiga ko’chirish yangi
foydalanuvchilarga maslahat berilmaydi.
Tizimli blokni ochish, qattiq diskni ajratish, so’ngra
boshqa kompyuterning tizimli blokini ochib, qattiq diskni ushlash kerak. Disketani ko’chirish
uchun esa bir diskyurituvchidan chiqarib ikkinchisiga qo’yish kerak. Bu katta mahorat talab
etmaydigan operatsiya.
Dostları ilə paylaş: