383-savol: 1948 yili Yaponiyaning "Konishi" firmasi o‘zining ilk fotokamerasini ishlab
chiqargach, o‘z nomini o‘zgartiradi. Ushbu firma qanday atala boshlandi?
Javob: "Konika". KONIshi + Camera.
384-savol: Bu joy nomining ma’nosi "qum bilan qoplangan joy" degan ma’noni anglatadi.
Ko‘pchiligingiz u yerda bo‘lgan bo‘lsangiz kerak. Agar bo‘lmagan bo‘lsangiz uni suratlarda,
televizorda va kitoblarda ko‘rgansiz. Endi siz menga uning tarkibiga kiruvchi uch inshootning
nomini yozib bering.
Javob: Ulug‘bek, Sherdor, Tillakori madrasalari. Bu yerda gap Samarqanddagi Registon
maydoni haqida ketmokda.
385-savol: Atoqli shoirimiz Erkin Vohidov insondagi bu hususiyat xaqida she’r yozib, barchani
o‘sha hususiyatga ega bo‘lishga chaqiradilar va ushbu hislatning yaxshi tomonini ikkita oshxona
buyumini misolida tushuntiradilar. U qaysi buyumlar ekanini yozib bering.
Dostları ilə paylaş: |