Javob: Makbet.
378-savol: Fabritsio ismli cherkov xodimi o‘zining shiddatli xarakteri tufayli qamaladi va
qamoqxona komendantining qizi Kleliya Kontini sevib qoladi va o‘sha qiz unga qamoqxonadan
qochishga yordam beradi. Lekin ularning ittifoqi uzoqqa cho‘zilmaydi va Fabritsio yoshgina
paytida ibodatxonada vafot etadi. Siz menga o‘sha ibodatxona qaysi shaharda joylashganini
ayting.
Javob: Parma.
Izoh: Bu yerda gap Stendalning "Parma ibodatxonasi" asarining bosh qahramoni Fabritsio haqida
bormokda.
381-savol: Bu it zotining qadimiy ajdodlari harbiy yurishlarda, it urishtirish janglarida juda ko‘p
ishtirok etishgan, buqalarni ovlashda insonga yordam berishgan, darvoqe, ularning o‘zi ham
buqaga juda o‘xshab ketadi. Bu qaysi it zoti?
Javob: Buldoglar. Inglizcha bull - buqa, dog - it.
382-savol: Ularning birinchisi 1483 yilda yozib tugatilgan, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchisi 1484
yilda, beshinchisi esa 1485 yili yozib tugatilgan. Siz menga ularni beshtalovi birgalikda qanday
file:///E|/DOCUMENTS/zakovat.mtrk.uz/Savollar/Zakovat/jobir_ahmedov_savollari.html (51 of 62)11.01.2009 21:36:10
Jobir Ahmedovning turli yillardagi savollari
atalganini ayting.
Javob: "Hamsa". Gap bu yerda Alisher Navoiyning "Hamsa"sidagi 5 doston haqida ketmokda.
Dostları ilə paylaş: |