Javob: Kanada.
101-savol: Yaponiyada urush vaqtida o‘z qo‘shinlariga kaptarlar yordamida xabar
yetkazilayotganda bir muammo paydo bo‘ladi. Ya’ni xabarni olib ketayotgan kaptarni dushman
merganlari urib tushirar yoki ularga yirtqich qushlar xujum qilar edi va xabar kerakli joyga yetib
bormas edi. Shunda uddaburon yaponlar bu muammoning xam yechimini topishdi va xabarlar
ilgarigidek, kerakli joyiga xech bir shikastsiz yetib bora boshladi. Ular kaptarlar bilan bog‘liq
qanday yangilikni o‘ylab topishgan?
Javob: Ular xatto tunda xam xuddi kunduzgidek bemalol ucha oladigan yangi kaptar zotini
yetishtirishdi, natijada dushman uni ko‘ra olmaydi, yirtqich qushlar esa ularga xujum qila
olmaydi.
102-savol: Yer sharining xamma joyida tarqalgan bu baliq xovuz va ko‘llarda yashaydi. Uning
nomi yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, «ko‘p bolalovchi», «serurug‘» degan ma’nolarni
bildiradi. Yunonlar bu baliqni bejiz bunday nomlashmagan, xaqiqatdan xam bu baliq nixoyatda
ko‘p bolalaydi. Bu baliqning nomi nima?
Dostları ilə paylaş: |