Javob: Komik.
186-savol: Uning vatani AQSh. 1922 yilda u Frantsiyada topildi. Keyinchalik u o‘zining
Yevropa bo‘ylab sayohatini davom ettirib, Sharqiy Yevropaga, Ukrainaga, Belorussiyaga yetib
boradi. O’zbekistonga u Belorussiyadan 1972 yilda kelib qoladi. Ho‘sh endi aytingchi, u AQSh
ning qaysi shtatidan kelgan?
Javob: Kolorado.
Izoh: Bu yerda gap kolorado qo‘ng‘izi xaqida ketmoqda.
187-savol: Bu asarni deyarli barchamiz sevib o‘qiganmiz. U dastlab paydo bo‘lganida «Alif
layla va layla» deb nomlanadi. Bu asar o‘zbekcha qanday nomlanadi?
Javob: «Ming bir kecha».
188-savol: Mehrob so‘zi arab tilida harb joyi, ya’ni jang joyi degan ma’noni bildirar ekan.
Aytingchi, u yerga nega aynan shunday nom berilgan?
Javob: Bu yerda namoz paytida shayton bilan imom o‘rtasidagi urush bo‘ladi degan
tasavvurlardan kelib chiqqan holda.
189-savol: Bu munosabat belgisi matematika faniga 1557 yilda Rekord tomonidan kiritildi. Bu
qaysi belgi?
Dostları ilə paylaş: |