2005 yil.
301-savol: Ushbu tabiat hodisasi haqida hamma narsa ma’lum va hech narsa ma’lum emas.
Optiklar tasvirlar va formulalar bilan bu hodisa haqida gapirib berishlari mumkin. Ularni
o‘rganish deyarli mumkin emas, chunki ular buyurtma bo‘yicha paydo bo‘lmaydilar. Agar siz
so‘z qaysi tabiat hodisasi haqida ketayotganligini topgan bo‘lsangiz, shu tabiat hodisasi nomi
bilan ataluvchi asar yozgan o‘zbek yozuvchisini ayting.
Javob: Abdulla Qahhor.
Izoh: Gap bu yerda saroblar haqida ketmoqda.
302-savol: 1853 yil tashkil etilgan ushbu kompaniyaning eng oxirgi ishlab chiqargan mahsulotida
balandlikni o‘lchash qurilmasi,kompas,barometr, termometr kabi qo‘shimcha qurilmalari bor.
Uning asosiy qurilmasining vazifasi nima?
Javob: Vaqtni ko‘rsatish.
Izoh: Gap TISSOT kompaniyasi soatlari haqida ketmoqda.
303-savol: Britaniyalik haykaltarosh Entoni Gormli cho‘yandan inson figuralarini yasash bilan
shug‘ullanadi.Uning eng yaxshi haykallari Britaniyaning ko‘pgina shaharlarini bezab turibdi.U
o‘zining cho‘yan figuralarini ko‘pincha bir insongdan andoza olib yasaydi.Siz menga bu
insonning kim ekanligini emas,balki uning kasbi nima ekanligini ayting.
Dostları ilə paylaş: |