Javob: Suvga.
298-savol: Bu kitob 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va bu mualliflar turli jamiyat
qatlamlaridan bo‘lishgan: davlat arbobi, baliqchi, cho‘pon, harbiy boshliq, vinochi, shifokor,
shoh, soliqlar yig‘uvchi, shoir, faylasuf va b. Bu qaysi kitob?
Javob: Bibliya.
299-savol: 1890 yilda Xosyu tomonidan chizilgan gravyurada bog‘ o‘rindig‘ida bir inson
o‘tiribdi. U boshiga shlyapa kiygan, egnida qora smoking va bo‘ynida kapalaknusxa bo‘yinbog‘i
bor. Bu insonning tepasida «U - yangi fanning genial va kamtarin asoschisi» degan yozuv turibdi.
Agar siz ushbu gravyurada kim tasvirlanganini topgan bo‘lsangiz, u o‘tirgan o‘rindiqning oldida
qanday daraxt o‘sib turganini ayting.
Javob: Olma daraxti (Gravyurada Isaak Nyuton tasvirlangan).
300-savol: Hind matematigi, VI asrda yashagan Aryabxataning quyidagicha she’ri bor:
Yuzga to‘rtni qo‘shib sakkizga ko‘paytir,
Keyin yana oltmish ikki mingni qo‘sh.
file:///E|/DOCUMENTS/zakovat.mtrk.uz/Savollar/Zakovat/jobir_ahmedov_savollari.html (38 of 62)11.01.2009 21:36:10
Jobir Ahmedovning turli yillardagi savollari
Natijani yigirma mingga bo‘lsang,
Senga bir qiymat ma’lum bo‘ladi.
Yuqoridagi to‘rtlikda qanday qiymat nazarda tutilgan?
Javob: Aylana uzunligining diametrga nisbati ya’ni Pi.
Dostları ilə paylaş: |