Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

«Jamiyatni demokratlashtirish va
yangilash, mamlakatni modernizatsiyalash va isloh etish» 
nomli 
ma’ruzasi va u asosda qabul qilingan 0 ‘zbekiston Respublikasi Pre- 
zidentining qarori siyosiy partiyalaming davlat va jamiyat hayotida- 
gi faoliyatining keyingi ustuvor vazifa hamda yo‘nalishlarini belgi­
lab berdi.
Ushbu qarorda siyosiy partiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish
davlat va jamiyat hayotidagi masalalami hal etishdagi ulaming ta’siri 
va ishtirokini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar mustaqillik dav- 
rida amalga oshirib kelingan ishlaming mantiqiy davomi bo‘ldi.
Dastawal siyosiy partiyalar vakillik organlari - 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va 
viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarini saylash jarayonlarida 
qatnashishi, ular o‘rtasida raqobat muhitining yuzaga kelishi, ular 
o‘rtasidagi kurash mustaqillikning dastlabki yillarida erishilgan yu- 
tuqlardan biri bo‘ldi. Chunki, davlat va jamiyat hayotida yakkaho- 
kimlik qilgan partiyadan bir necha partiyaviy tizimga o'tildi. Xalq 
o‘zining partiyalarga bo‘lgan ishonchini o ‘tkazilgan saylovlar orqali 
ko‘rsatdi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 0 ‘zbekis- 
ton Respublikasi Oliy Majlisi fraksiyalarini tashkil etish va ular fa­
oliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash siyosiy partiyalaming davlat 
va jamiyat masalalarini hal etishda o‘mi va rolini yana bir bosqich 
yuqoriga ko‘tardi. Chunki, qonunchilik organida siyosiy partiyaning 
o‘z oldiga qo‘ygan saylovoldi dasturlarini amalga oshirish borasida- 
gi sharoit yaratib berildi. 
**
Ikki palatali parlament sharoitida siyosiy partiyalami moliya- 
lashtirish masalalarining yo‘lga qo‘yilishi va qonunchilik palatasi to-
195


monidan 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqla- 
nishi siyosiy partiyalaming jamiyatidagi mavqeini yana bir pog'ona 
ko‘tarishga xizmat qildi desak xato bo‘lmaydi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jamiyatni demokrat- 
lashtirish va yangilash, mamlakatni modemizatsiya va isloh etish, 
maqsad va vazifalami amalga oshirish Dasturi to‘g‘risida»gi qarori 
ilovasiga asosan siyosiy partiyalarga davlat tomonidan berilayotgan 
subsidiya, grant va boshqa tartibdagi yordamlami huquqiy jihatdan 
kafolatlash, davlat hokimiyatining ayrim vakolatlarini bosqichma- 
bosqich jamoat tashkilotlariga topshirish Konsepsiyasini ishlab chi- 
qish, joylardagi davlat hokimiyati organlari faoliyatida siyosiy parti­
yalaming ishtirokini yanada kuchaytirish maqsadida ular ishtirokida 
ijtimoiy sherikchilik bo‘yicha jamoatchilik komissiyalarini tashkil 
qilish kabi tadbirlami amalga oshirishning belgilanganligi siyosiy 
Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin