Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


partiyalarga yaratilayotgan imkoniyatlami yaqqol namoyon qiladi



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N


partiyalarga yaratilayotgan imkoniyatlami yaqqol namoyon qiladi.
Yuqorida nazarda tutilgan siyosiy partiyalar faoliyatini isloh qi­
lish bosqichma-bosqich, turli xil sakrash va inqiloblarsiz, yuqorida 
ta’kidlaganimizdek, barqaror amalga oshirilib kelinmoqda. Bu o‘z 
navbatida ulaming davlat boshqamv tizimidagi rolini oshib borishi- 
ga xizmat qilayapti.
Shu m a’noda Prezident I. Karimov tomonidan parlament quyi 
palatasiga Qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan «Davlat bosh- 
qaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakat­
ni modemizatsiya qilishda siyosiy partiyalaming rolini kuchaytirish 
to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy Qonun va « 0 ‘zbekiston Respub­
likasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga (89-moddasiga, 93- 
moddasining 15-bandiga, 102-moddasining 2-qismiga) tuzatishlar 
kiritish to‘g‘risida»gi Qonunlar loyihalarida ilgari surilgan yangicha 
qoidalarga ham to‘xtash joiz. Chunki ushbu qonunlar mamlakatni 
modemizatsiya qilishda uzoqni ko‘zlovchi «Kuchli davlatdan kuchli 
fuqarolik jamiyati sari» tamoyilini ifodalaydi. Ushbu Qonun loyi- 
halari Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qabul qilinib Oliy Majlis 
Senatining IX (2007-yil mart) yalpi sessiyasida ma’qullandi. Shu 
bilan birga siyosiy partiyalaming sa’y-harakatlari orqali fuqaro- 
laming davlat boshqamvida faol qatnashishining huquqiy asosini 
ta’minlaydi.
Shubhasiz, qonun chiqaruvchi hokimiyat - parlamentning sama- 
rali faoliyati siyosiy partiyalar faolligiga bog‘liq bo‘lgani bois, ush­
bu qonunlar siyosiy partiyalaming davlat va jamiyat hayotida tutgan 
o‘mi va rolini ko‘chaytirishga qaratilgan. «Davlat boshqaruvini yan­
gilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modemiza-
196


Ixiyu qilishda siyosiy partiyalaming rolini kuchaytirish to‘g ‘risida»gi 
Konstitutsiyaviy Qonun turli xil siyosiy maqsadlarini ko‘zlaydigan, 
suylovlardan so‘ng shakllantirilgan hukumatning tutadigan va dastu- 
riga o ‘z munosabatini belgilab oladigan siyosiy partiyalar fraksiya- 
larining huquqiy maqomi aniq ta’riflangan. Unga muvofiq, yangidan 
shakllantiriladigan hukumatning tutgan yo‘li va dasturi yoki uning 
uyrim yo‘nalishlari borasida o ‘zgacha fikri bo‘lgan siyosiy partiya­
lar fraksiyalari, shuningdek, saylovchilar tashabbuskor guruhlari- 
dan saylangan deputatlar o‘zlarini muxolifat deb e’lon qilishi mum- 
kin. Bu parlament muxolifati institutining shakllanishi va faoliyat 
yuritishining huquqiy asoslarini yaratadi.
Qonundagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va ularga qo‘shilgan 
mustaqil deputatlar faoliyatini baholash prinsiplari va 
mezonlari 
csa demokratik davlatlaming umume’tirof etilgan tajribasidan kelib 
ehiqadi.
Bu boradagi yana bir yangilik shuki, siyosiy partiyaning Qo- 
nunchilik palatasida tuzilgan fraksiyasi o‘z vakilini mazkur palata 
Spikeri o‘rinbosari lavozimlaridan birini egallashiga kafolatli huquq 
berayotgani sababli Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari o‘z va- 
zifasini bajarish paytida siyosiy partiyaga a ’zolikni to‘xtatib turishi 
hamda fraksiya va boshqa deputatlar birlashmasi tarkibiga kirishi 
mumkin emasligi bo‘yicha amaldagi tartib tubdan o ‘zgartirildi.
0 ‘zbekiston Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash borasida parti- 
yalarga muayyan huquqlar berildi. Chunonchi, Oliy Majlis palata- 
larining mansabdor shaxslari saylanganidan va organlari shakllan- 
tirilganidan keyin bir oy ichida 0 ‘zbekiston Prezidenti tomonidan 
Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining har biri 
va saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar bi- 
lan maslahatlashuvlar o‘tkazadi. Shundan so‘ng Bosh vazir nomzodi 
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatiga tasdiqlash uchun kiriti- 
ladi va qonunda belgilangan ovoz berish amaliyoti o‘tkaziladi.
Mazkur amaliyot ko‘plab demokratik mamlakatlarda, xususan, 
Germaniya, Finlyandiya, Ispaniya, Chexiya, Slovakiya va Gretsiya 
davlatlarida mavjud.
Siyosiy partiyalaming joylardagi rolini, hokimiyatning mahal- 
liy vakillik organlarini shakllantirishdagi ta’sirini kuchaytirish maq- 
sadida viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tomonidan xalq deputatlari viloyatlar va 
Toshkent shahar Kengashlaridagi partiya guruhlarining har bfri bi- 
lan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng tegishli xalq deputatlari 
Kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etilishi belgilab qo‘yildi.
197


Shuningdek, yangi qonunda partiya guruhlariga viloyat va Tosh- 
kent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlangan shaxslaming qoniqarsiz 
faoliyati to‘g‘risida 0 ‘zbekiston Prezidentiga asoslangan xulosalar 
taqdim etish tashabbusi bilan chiqish huquqini berish nazarda tu- 
tilgan. Agar mazkur tashabbus yetakchi partiya guruhlari tomoni- 
dan qo‘llab-quwatlansa, 0 ‘zbekiston Prezidenti uni xalq deputatlari 
Kengashi muhokamasiga kiritadi va muhokama natijalariga muvofiq 
ushbu masala yuzasidan qaror qabul qiladi.
Yuqorida ko‘rsatib o ‘tilgan o ‘zgartirishlardan kelib chiqib, 
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga 
tuzatishlar kiritildi. Masalan, Konstitutsiyaning 89-moddasi yangi 
tahririda berilmoqdaki, unda « 0 ‘zbekiston Respublikasining Prezi­
denti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishil- 
gan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi», deb 
belgilab qo‘yilgan.
Oliy Majlis tomonidan 2007-yil 28-martda ma’qullangan har ik- 
kala qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda amalga oshirilayot- 
gan keng ko‘lamli islohotlaming davomi, huquqiy va siyosiy tizim- 
ni bosqichma-bosqich rivojlantirishning samarasi, kuchli davlatdan 
kuchli fuqarolik jamiyati sari qo‘yilgan muhim qadamdir.
Mamlakatda 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin