Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


-§. Soxta demokratlarning ekstremistik yo‘l bilan hokimiyat



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

2-§. Soxta demokratlarning ekstremistik yo‘l bilan hokimiyat
uchun kurashi, ularning xalq tomonidan badnom qilinishi
Inson hayot ekan, u hamisha ikki kuch - yovuzlik va ezgu- 
lik o ‘rtasida yashaydi. Ana shu tuyg‘ular kishi qalbining tub-tubiga 
o‘mashib olib, turli davrlarda, turli holatlarda o‘zini ko‘rsatib turadi. 
Bu tabiiy hodisa.
Biroq, ma’naviyat, m a’naviy yetuklik va komillik singari tu- 
shunchalar ham borki, u hamisha kishini hushyorlikka, o‘zini o‘zi 
boshqarib turishga, atrofidagilarga e’tibor bilan qarashga da’vat 
etib turadi. Ana shunday paytda shaxsning beqiyos imkoniyatlari, 
o ‘zini o‘zi idora qilish salohiyati ko‘zga yaqqolroq tashlanadi. Agar 
kishi siyosiy arbob, davlat boshqaruvchisi yoki bunday nufuzlarga 
da’vogar bo‘lsa, undan yana ham ko‘proq mas’uliyat talab etiladi. 
Zotan, jamiyat taraqqiyoti, kishilik hayotidagi barqarorlik, mamla- 
katda shakllanadigan ma’naviy-ruhiy muhit bevosita ana shu fazilat 
bilan bog‘liq.
Fikrlar 
xilma-xilligi, 
so‘z 
va 
fikr 
erkinligi jamiyatni 
sogiomlashtiruvchi,-uni barkamol qiluvchi noyob voqelik. Biroq, bu 
xayolga kelgan gapni aytish, ko‘ngil tusagan ishni qilish, o ‘z man-
2 0 0


faati uchun hamma narsaga tayyor turish degani emas. Aksincha, 
umummanfaat, umumjamiyat taraqqiyoti yo‘lidagi sog‘lom harakat, 
sog‘lom fikr yuritish, imon-e’tiqod yuzasidan ish tutish demakdir. 
Ulug‘ bobokalonimiz Abu Nasr Farobiy ham «Agar fikrlari va hara- 
katlari jamiyat manfaatlariga xizmat qilmaydigan bo‘lsa, mamlakatni 
bunday kishilardan ozod qilish kerak», deya bejiz aytmagan edi. Bir 
necha ming yillar mobaynida milliy davlatchiligimiz tarixiy tajriba- 
larida sinovlardan o‘tgan bunday xulosalar hozir ham o‘z qiymatini 
yo‘qotgan emas.
M a’naviy yetuklik, m a’naviy barkamollik rahbaming beqi- 
yos fazilati. Zotan, Sharqda azaldan rahbar kishi yurt otasi, xalq 
yo‘lboshchisi sifatida tan olingan. Yurtboshi o‘z xalqini farzandi 
kabi ulug‘lagan, uning kundalik tashvishi, orzu-armonlari, sevinch-u 
quvonchlaridan har doim xabardor bo‘lgan. Fuqarolar esa o ‘z dav- 
latboshchisini padari buzrukvori darajasida ko‘rgan. Unga ergash- 
gan. Jahon siyosatdonlari Sharqda bunday munosabatni yuksak 
ma’naviyat va komillik mahsuli, deb talqin etishadi.
Darhaqiqat, xalq tashvishi, yurt istiqboli siyosiy yetakchining 
maqsad va g‘oyasi bilan qorishib ketgan taqdirda u o ‘z davrining 
yo‘lchi yulduziga, haqiqat timsoliga aylanadi. Natijada hamisha 
odamlar ko‘ksidagi ezgulik tuyg‘ulariga jon bag‘ishlaydi, hayot 
baxsh etadi. 0 ‘z mamlakati fuqarolarini yaxshilikka undaydi. Yara- 
tishga, yashnatishga, bunyod etishga, o‘zidan kelgusi avlodlarga mu- 
nosib meros qoldirishga da’vat etadi.
G‘oyalari va maqsadlari shaxsiy manfaat atrofida o ‘ralashib qol- 
gan «arbob»lar ham tarixda ko‘p uchraydi. Ular hamisha o‘z mamla­
kati va xalqi manfaatini shaxsiy shon-shuhrat, soxta obro‘-e’tibor va 
manfaat yo‘lida qurbon qiladi. Mustaqillikning o‘tgan qisqa davri, 
xususan, uning dastlabki yillari xalqimizni ana shunday «arbob»larga 
ham ro ‘baro‘ qildi...
Turli qarama-qarshi g ‘oyalar bilan yashayotgan siyosiy guruh- 
lar va partiyalar agar chindan ham xalq va mamlakat manfaatini 
ko‘zlaydigan bo‘lishsa, ular o‘tish davrida, jamiyat tubdan yangila- 
nayotgan bir sharoitda birlashib faoliyat ko‘rsatadilar. Chunki eng 
avvalo jamiyatni sifat jihatidan sogiomlashtirish, uning har tomon- 
lama taraqqiyotiga zamin yaratish umumiy manfaatlar mazmunini 
belgilaydi va ana shu maqsad ulami birlashib harakat qilishga da’vat 
etadi.
Chinakam yangilanishlar butun jamiyat hayotida ham, Odamlar 
ongi va tafakkurida ham, ulaming turmush tarzida ham tub burilish- 
lar yasaydi. Yangicha yashash va yangicha fikrlash tarzi shakllangun-
201


ga qadar har qanday g ‘oyaviy po‘rtanalar va siyosiy bo‘hronlarga erk 
bermaslik, og‘ir-vazminlik, qat’iy iroda va siyosiy yetuklik namuna- 
sini ko‘rsatish katta ahamiyatga ega ekanligini hayot ko‘rsatmoqda.
Yurt farovonligi, Vatan ravnaqi, til, matbuot va vijdon erkinligi 
kabi xalqimizning azaliy orzu-umidlarini o‘ziga shior qilib olgan 
«Birlik» harakati ma’lum bir muddat turli nomaqbul yo‘llar bilan 
respublika siyosiy hayotiga o‘z ta’sirini o ’tkazishga harakat qilib 
ko‘rdi. Lekin mamlakatni ma’naviy va iqtisodiy inqirozdan olib chi- 
qishga qaratilgan biron-bir aniq dasturga, xalqni bir yoqadan bosh 
chiqarib yurt osoyishtaligi va Vatan ravnaqini ta’minlashdek yago- 
na maqsadga chorlovchi g ‘oyaga ega bo’lmaganligi sababli ko‘p 
o‘tmay ushbu harakat xalq ishonchsizligiga uchradi va respublika 
siyosiy sahnasidan tushib ketishga majbur boidi.
Tashqi g‘animlaming respublikada mavjud barqarorlikni buzish- 
ga qaratilgan xavf-xatarlarini bartaraf etish endigina oyoqqa turgan 
mustaqil 0 ‘zbekiston uchun katta muamrao bo‘lib turgan bir paytda, 
«Birlik» harakati tarafdorlari kabi ichki g’animlaming ba’zan ko‘r- 
ko‘rona, ba’zan atayin yuzaga qalqib chiqishi respublikada barqaror­
likni ta’minlashga jiddiy tahdid tug’dirar, xalq hayoti osoyishtaligini 
jiddiy xavf ostiga qo‘yar edi. Respublikada barqarorlikni ta’minlash, 
xalqimiz yakdilligiga raxna soluvchi, xalqimiz uchun ham, davlati- 
miz uchun koni ziyon bo’lgan bunday harakatlar faoliyatini bartaraf 
etish, respublika xalqini buyuk kelajak qurishdek yagona maqsad 
sari chorlovchi sog’lom siyosiy muhit yuzaga kelishiga imkon ya- 
ratish maqsadida yuqorida bayon etilganlami inobatga olib Yurtbo- 
shimiz qat’iy ta’kidlagan edi: 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin