0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 23-fevralida
bo‘lib o‘tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Prezident Islom
Karimov mamlakatda demokratik jarayonlami chuqurlashtirish,
inson huquqlarini kafolatlash,
eng insonparvar, adolatli fuqarolik
jamiyatini shakllantirish xususida gapirar ekan « 0 ‘zbekiston XXI
asr ostonasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraq-
qiyot kafolatlari» dasturini ishlab chiqish zaruriyati haqida alohida
to‘xtalgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay ana shu keng tarmoqli dastur
Prezidentning o ‘z tashabbusi bilan yaratildi. « 0 ‘zbekiston
XXI asr
bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqi-
yot kafolatlari» deb nomlangan yirik ilmiy, nazariy, tahliliy asar
0 ‘zbekiston davlat siyosatining bosh dasturi sifatida dunyoga keldi.
Muallif demokratik jarayonlami chuqurlashtirish,
fuqarolik ja-
miyati asoslarini shakllantirish xususida gapirar ekan, dunyo muam-
molarini, dunyo tajribalarini, insoniyat taraqqiyoti davrida to‘plangan
ijobiy xulosalami chuqur o‘rganadi va unga o‘ziga xos baho beradi.
Jumladan, u bugun jahon siyosatida har qanday zo‘ravonlik va kuch
ishlatishdan, har qanday qurol-yaroq va tazyiqlardan ustun keladigan
tafakkur dunyoga kelayotganini, endi yoqavayronlik, portlatish va
qirg‘inbarot keltirishlar
ibtidoiy hodisa ekanligini, «zo‘r bo‘lsang
o ‘zingni aqling bilan ko‘rsat» qabilida ish ko‘rsatish vaqti kelganli-
gini boshqalardan ko‘ra tezroq angladi, boshqalardan ko‘ra chuqur-
roq tushundi. Endi borgan sari ochiqlik, yuzma-yuz turib fikrlashish,
muammolami muzokaralar yo‘li bilan hal
etish va ana shu ayovsiz
muzokaralar paytida sog‘lom aql-idrok tantanasiga erishish zarurli-
gini ko‘rsatib bermoqda.
Prezident Islom Karimov mazkur kitobda mustamlakachilik va
irqiy kamsitishlaming yo‘q qilinganligini, sotsializm va kommu-
nistik mafkuraning zo‘ravonlik da’volari barbod etilganligi, jahon
xaritasida yangi mustaqil davlatlaming paydo bo‘lganligi, mintaqa-
lararo munosabatlarda muvozanatning o ‘zgarib ketganligi, aniqroq
qilib aytganda, jahon taraqqiyotida Osiyo qit’asi mamlakatlari roli-
ning oshib borayotganligi XXI asr ijtimoiy-siyosiy jarayonlarining
o‘zgarib borishiga sabab bo‘lishini chuqur tahlil etadi.
Muallif nazarida demokratik taraqqiyotning turli qadriyatlari, ta-
moyillari va me’yorlari
takomillashib, bir-birini boyitib ommabop
tus olmoqda. Endi ana shu qadriyatlar yer yuzining turli mamlakat-
larida turli xalqlar va millatlaming yagona, umuminsoniy, umum-
bashariy qadriyatlariga aylanmoqda. Zotan,
inson yer yuzining qaysi
burchagida yashamasin, u eng avvalo insonligini tushunmog‘i lozim,
inson kabi yashashga haqli. 0 ‘zbekiston siyosati nazarida jahon ta-
216
raqqiyoti va demokratiya jarayonlari ana shunga asoslanmog‘i lo-
zim.
Kitobda demokratik jarayonlarai chuqurlashtirish, fuqarolik ja-
miyatini shakllantirish borasida fikr yuritilar ekan, quyidagilar mu-
him omil sifatida ko‘rsatib beriladi:
Dostları ilə paylaş: