lishga ishqivoz bo‘lgan siyosiy arboblar ham maydonga chiqishdi.
Ulaming ayrimlari turli mansab pillapoyalaridan tez-tez ko‘tarilib
hukumatning eng yuqori kursilarini egallashga ham ulgurishdi.
0 ‘zlarini mavjud siyosatga sadoqatli, hukumatga esa fidoyi qilib
ko‘rsatishdi. Eng achinarlisi, bular orasida
uzoq yillar partiya va
sho‘ro idoralarida katta-kichik lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan ki-
shilar ham bor edi. Ular dahanaki «dasturlari»da yillar mobaynida
sovet hokimiyati hukmronligi paytida to‘planib qolgan qator muam-
molami hal etish singari xalqimizga xush yoqadigan, uning kundalik
turmushiga madad bo‘ladigan masalalami ko‘tarib chiqardilar. Ke-
yinroq xuddi ana shu masalalami ko‘tarishda ayyorlik qilishgani va
vaziyatdan foydalanib, respublikaning eng yuqori mansab kursilarini
egallashga harakat qilishgani ma’lum bo‘la boshladi.
0 ‘zbekiston mustaqilligini e ’ion qilish, uni mustamlakachilik
iskanjasidan qutqarib olish jarayonlari qanchalik tahlikali ekanligi
kitobxonga ayon. Oliy Majlisning 1991-yil 31-avgustdabo‘lib o ‘tgan
navbatdan tashqari sessiyasida mamlakat Prezidenti 0 ‘zbekistonni
mustaqil deb e’ion qilish taklifini kiritganda zal go‘yo muzlab qol
gan edi. 500 députât va sessiya qatnashchilari «shok» holatida edi.
Prezident «Nima, mustaqillikdan cho‘chiyapsizlarmi, nega qarsak
chalmaysizlar?» degandan so‘nggina deputatlar bir qalqib tushishdi
va zalda gui duros qarsaklar boshlandi.
Moskvada qon to'kilayotgan, markaz butun vujudi bilan ittifoq-
dosh respublikalarga tazyiq o ‘tkazayotgan, zug‘um va zo‘ravonlik
bilan ular jilovini tortib turgan bir paytda, unga qarshi qo‘l ko‘tarish,
respublika mlini butunlay tortib olish va harakatdagi mashinaga sak-
rab chiqib olish chindan ham jasorat edi.
Mustaqillik e’ion qilingach, orqada pisib o ‘tirib,
zimdan ishla-
yotganlar asta-sekin bosh ko‘tardilar. Endi o'zlarini istiqlol qahramo-
ni, mustaqillik jarchisi, mamlakatni boshqarishda «nodir iste’dod»
ekanliklarini ko’rsata boshladilar. Butun mas’uliyatni zimmasiga
olib, hayotini xavf ostida qoldirib, mustaqillikni e’ion qilganlarga
ochiqdan-ochiq qarshi chiqdilar.
Bu borada 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-
yil 18-21-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan sessiyasi 0 ‘zbekiston tari-
xida alohida voqea sifatida muhrlandi. Ayni ana shu sessiyada bir
guruh soxta demokratlar ochiqdan-ochiq bosh ko‘tardilar. Turli to-
mondan so‘z olib, sessiya kun tartibini buzish, unga qo‘shimchalar
kiritish bahonasida turli, bir-biriga to‘g ‘ri kelmaydigan muammolar-
ni ko‘tarib chiqishga intildilar. To‘g ‘ridan to‘g‘ri
mamlakatda olib
borilayotgan izchil siyosatga zid, bo‘htondan iborat fikrlar bildira
2 1 0
boshladilar. Jumladan, «Tashabbus» guruhi nomi bilan so‘zga chiq-
qan bir guruh deputatlar « 0 ‘zbekistonda mitinglar va namoyish-
lar o‘tkazilishini taqiqlash to‘g‘risida»gi Qaromi bekor qilish, res-
publika ma’muriy organlari, shuningdek,
Konstitutsiyaviy Nazorat
Qo‘mitasiga ultimatum qo‘yish talabi bilan chiqa boshladilar.
Ayni chog‘da, o‘zlarini mustaqillik va xalq tarafdorlari sifati-
da ko‘rsatishga urinib, «demokratiyami yoki diktaturami?» qabilida
sessiyaga, uning rahbariyati oldiga asossiz kesatiqli savollar qo‘ya
boshladilar.
Bir so'z bilan aytganda sessiyaga ma’lum kuchlaming oldindan
tayyorgarlik ko'rgani yaqqol sezila boshlandi. Bu o‘z navbatida so-
biq ittifoq hududida sarosimalik, barcha ittifoqdosh respublikalarda
turli hadiksirashlar va ikkilanishlar, mustaqil 0 ‘zbekistonda esa iqti-
sodiy tanglik hukmronlik qilayotgan bir paytda muxolif kuchlaming
turli hiyla va nayrang yo‘li bilan hokimiyatni egallashga harakat qi-
layotganliklarini ko'rsatar edi.
Sessiya jangovarlik, shafqatsiz kurash
va hujumkorlik ruhida
o ‘tdi. Unda Prezident Islom Karimovning qat’iy iroda kuchi, har
qanday tanqidiy fikr va qo‘poruvchilik harakatlariga og‘ir-vazminlik,
siyosiy hushyorlik fazilatlari hamda asosli mulohazalari bilan muno-
sabat bildirganligi natijasida muxolif kuchlar o ‘z maqsadiga yeta
olmadi. Agar ana shu yig‘ilishda Prezident ozgina ikkilanib qolga-
nida o‘z pozitsiyasink butunlay qo‘ldan berib yuborishi, hokimiyat
tepasiga esa bir to‘da amalparastlar-u shuhratparastlar kelib qolishi,
natij ada butun mamlakat ham, xalq ham
tubsiz jarga qulab ketishi
mumkin edi.
Sog‘lom fikrli kishilar, aslida qo‘poruvchilaming iddaosi nima-
da ekanligini aqlan chuqur his qilgan fuqarolar yuqoridagi soxta
demokratlar chiqishlarini qo‘llab-quvvatlamadilar, kun tartibida-
gi masalalar yuzasidan amaliy takliflar bildirdilar, har bir masalada
mamlakatda olib borilayotgan xalqchil siyosatni m a’qullashlarini,
mamlakat Prezidenti atrofiga yanada jipslashish zarurligini ayta
boshladilar.
Mamlakat aholisi, mustaqillik tarafdorlari o‘zlarining fikr-
mulohazalarini Oliy Kengash va sessiya nomiga yozib yubora bosh
ladilar.
•*>
211