Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

Ikkinchi 
omil - rivojlangan mamlakatlar qurolli kuchlarining 
ilg‘or, samarali yutuqlarini o‘zlashtirib tajriba almashish. Bu o‘rinda 
mintaqamizga, qolaversa, dunyo xalqlari tinchligiga xavf solib tur- 
gan xalqaro terrorizmning faollashuvi hisobga olindi va bunday ofat- 
larga birgalikda qaqshatqich zarba berish ko‘zda tutildi.
Nihoyat, 
uchinchi 
va bu eng muhim omil - Qurolli Kuchla- 
rimizning har tomonlama yetuk, barkamol shaxsiy tarkibga ega 
bo‘lishidir. Ushbu islohotlar samarasini har bir fuqaro Qurolli Kuch- 
larimizning bugungi jangovar qiyofasida yaqqol ko‘rib turib, shu 
o ‘rinda mustaqillik yillarida professional saviyasi yuqori bo‘lgan 
milliy ofitserlar tayyorlash haqida ham to‘xtash lozim.
3 5 6


Vatanimiz mustaqilligiga qadar ofitserlar safida mahalliy kadr- 
lar juda ozchilikni tashkil etardi. Unutib bo‘lmaydigan bir jihat bor: 
posbon har qancha professional bo‘lmasin, o‘zga yurtni o ‘z Vatani- 
dek sevib qo‘riqlamaydi. Bu professional ofitserlar safini mahalliy 
milliy kadrlar hisobiga to‘ldirish dolzarb masala ekanini anglatadi. 
Harbiy ta’lim tizimida olib borilgan izchil islohotlar o‘z samarasi- 
ni berdi. Harbiy bilim yurtlari, ulardagi fakultet va kafedralar soni 
oshdi. Qurolli Kuchlar akademiyasi tashkil etildi. Bu maskanlami 
bitirgan ofitserlarimiz yurtimiz mudofaa qudratini mustahkamlashga 
qodir.
Vatan o ‘z xaloskorlari qadrini hamisha baland qo‘yadi. Vazir- 
lar Mahkamasining 1994-yil 3-oktabrdagi qaroriga ko‘ra, muddatli 
harbiy xizmatchilaming bir oylik xizmati ikki oylik mehnat staji- 
ga tenglashtirilgan. Qurolli Kuchlarimizning ichki xizmat nizomida 
«davlat harbiy xizmatchilarining ijtimoiy va huquqiy muhofazasini 
kafolatlaydi, ularga yetarli va munosib turmush darajasini yaratish
xizmat va maishiy sharoitini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlami 
amalga oshiradi» deya ta’kidlagan.
Hukumatimiz muddatli harbiy xizmatchilaming oila a ’zolari 
uchun ham qator qulayliklar yaratdi. Masalan, farzandi muddatli 
harbiy xizmatni o‘tayotgan xonadon sohibi yer solig‘idan ozod etila- 
di. Mamlakatimiz aholisining aksariyati qishloq joylarida istiqomat 
qilishini, asoSiy daromadlari shaxsiy tomorqadan ekanini nazarda 
tutsak, bu - askar o ‘g‘il tarbiyalagan oilalar uchun juda katta imko- 
niyat.
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-mayda qabul qilingan qa­
roriga ko‘ra, harbiy xizmatchilaming oylik maoshlari ikki barobar- 
ga, xizmatdan zaxiraga bo‘shatilganda beriladigan nafaqa miqdori 
esa eng kam ish haqining sakkiz baravariga oshirilgan.
Shu o ‘rinda davlatimiz rahbarining 2005-yil 3 1-oktabrdagi qaro- 
ri ahamiyatini alohida ta’kidlamoq joiz. Unga ko‘ra harbiy qism tav- 
siyanomasiga ega b o igan yigitlarimizga mamlakatimiz oliy o ‘quv 
yurtlariga o‘qishga kirmoqchi bo‘lsalar, test sinovlarida to‘plagan 
ballarining 25 foizi miqdorida ball qo‘shib beriladi.
Harbiy xizmatdan so‘ng kontrakt asosida o ‘qishga qabul qilin­
gan talabalar agar o‘qish davrida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy haraka- 
tining boshlang‘ich tashkilotlari faol a’zosi sifatida o‘zlarini namo- 
yon etishsa, ularga kontrakt to‘lovining 35 foizi miqdorida moddiy 
yordam ko‘rsatiladi.
Prezident I. Karimov aytganlaridek: 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin