Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


Q a r s h i s h a h r in in g 2 7 0 0 y i l l i g i g a



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə321/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

Q a r s h i s h a h r in in g 2 7 0 0 y i l l i g i g a
b a g ‘is h la n g a n ta n ta n a li
m a r o s im d a g i s o
z,
2 0 0 6 - y i l 2 7 - o k ta b r
623


7-§. Yoshlarni Vatanni sevish ruhida tarbiyalash -
kelajagi buyuk jamiyat qurishning muhim sharti
Ta’lim va tarbiyaning bosh vazifalaridan biri jamiyatdagi barcha 
toifa kishilarini, xususan 0 ‘zbekiston aholisining qariyb 65 foizini 
tashkil qiluvchi yoshlarni Ona-Vatanga mehr-muhabbatli qilib tar- 
biyalashdir. Bu o‘z navbatida zamonaviy bilimlar orqali yoshlarda 
vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishni taqozo qiladi.
« 0 ‘z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo‘lmaydi», -
deb uqtiradi Prezident I.A. Karimov. Bu boradagi fikrini davom 
ettirib: 
«Har qanday qal’a ichidan olinadi. Demak, biz ichka-
rini mustahkam qilishimiz kerak. Buning uchun yoshlar qalbi-
ga yurtga sadoqat, kattalarga hurmat, tarixga mehr, kelajakka
umid tuyg‘ulari urugMni sochishimiz lozim», -
deb ta’kidlaydi.
Bunday dolzarb vazifaning kun tartibiga qo‘yilishi bejiz emas 
edi. Mustaqillikning dastlabki yillarida ham yoshlar dunyoqara- 
shida eskicha tafakkur, jahon taraqqiyotidan orqada qolgan bilimlar, 
o‘z qiymatini yo‘qotgan qarashlar saqlanib qolmoqda edi. Masa- 
lan, yaqin-yaqinlargacha oliy ta’limning vazifasi muayyan miqdorda 
ilmiy texnikaviy bilimlarga ega bo‘lgan, ongiga mafkuraviy yo‘l- 
yo‘riqlami singdirgan mutaxassislami tayyorlashdan iborat qilib 
qo‘yilgan edi.
Sir emas, KPSS tarixi, ilmiy kommunizm, dialektik va tarixiy 
materializm, siyosiy iqtisod, tarix, huquq, adabiyot va boshqa fanlar 
mafkuraviy jihatdan juda ham jilovlab qo‘yilgan boiib, ular yoshlar­
da yuzaki, maddohlik yo‘nalishida fikrlashga o‘rgatar edi.
Tabiiyki, bunday hoi yoshlarda yangi zamonga munosib bar- 
kamol ma’naviyatni shakllantirishni taqozo qilardi. Bu borada res- 
publikada ko‘rilgan chora-tadbirlaming asosiy yo‘nalishi ta’limni 
gumanitarlashtirish bo'ldi. Bu borada mamlakatda 1991-yil 17- 
sentabrda e’lon qilingan mamlakat Prezidentining «Respublika dav- 
lat hokimiyati va boshqaruv idoralarini, hamda, xalq ta’limi siste- 
masini partiyadan xoli etish to‘g ‘risida»gi Farmoni muhim qadam 
bo‘ldi. Ushbu Farmonda: «Belgilab qo‘yilsinki, respublika davlat 
apparati idoralarida va xalq ta’limi sistemasida siyosiy partiyalar 
va harakatlaming tashkiliy tuzilmalari tashkil etilishiga bundan 
buyon y o i qo‘yilmaydi», - deb alohida ta’kidlandi. Farmonning 
ana shunday talabidan kelib chiqadigan xulosa shunda ediki, maorif 
va xalq ta’limini jahon amaliyotiga yaqinlashtirish ma’nosida uni 
yakka hukmron partiya g‘oyalari yo iin i asoslashga xizmat qiluvchi 
mafkura t i ’siridan xoli qilish edi. Darhaqiqat, respublikada avvalgi
6 2 4


kommunistik partiya mafkurasi uchun nazariy, ilmiy bilimlar man- 
bayi hisoblanmish ijtimoiy fanlaming oliy ta’lim tizimidagi roli va 
o‘miga yangicha munosabat vujudga keldi. Masalan, 0 ‘zbekiston 
respublikasining «Ta’lim haqida»gi Qonunini amalga oshirish uchun 
respublika Oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligi «Oliy ta’lim isloho- 
ti» Dasturini ishlab chiqdi. Ushbu Dastuming muhim qoidasi oliy 
ta’limni gumanitarlashtirishdan iborat edi. Jumladan, ushbu Das- 
turda «gumanitar ta’lim berish ixtisosliklari bo’yicha mutaxassislar 
tayyorlashning ajralmas qismidir va u o ‘zbek xalqining ma’naviy 
merosini mustahkamlash va rivojlantirish, umuminsoniy qadriyat- 
larga sodiqlik, fuqarolik va vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalash, 
o‘zbek xalqi milliy ruhining asosi boim ish insonparvarlikni tarbiya- 
lashga asoslanadi» - deb alohida qayd qilindi.
TaTimni gumanitarlashtirish, uni partiyaviy mafkuradan xoli qi- 
lish borasidagi muhim qoidalardan biri yurt tarixini o ‘rganishga kat- 
ta e’tibor berilishi boTdi.
Bu boradagi muhim amaliy qadam shunda ediki, oliy o‘quv yurt- 
larida sobiq KPSS tarixi kafedralari o ‘mida 0 ‘zbekiston xalqlari ta- 
rixi kafedralari tashkil etildi. Umumta’lim maktablarda 0 ‘zbekiston 
tarixi avvalgi yillarga nisbatan 3 barobar chuqurroq 
0
‘qitila boshlan- 
di. Demak, yurt tarixini o ‘rganish keng qamrov olib, o ‘zining amaliy 
samarasini bera boshladi.
Tarijdy bilimlar yoshlami ko‘p narsaga ongli ravishda qarashga 
undadi. Ulaming har biri qalbida Vatanga mehr tuyg‘ularini, bugungi 
kun qadriga yetish hissini shakllantira boshladi. Masalan, Namangan 
Davlat Universiteti biologiya fakultetining ikkinchi kurs talabalariga 
«Hozirgi yoshlaming mas’uliyati nimadan iborat?», deb berilgan sa- 
volga ko‘pchilik talabalar « 0 ‘zbekiston mustaqilligini mustahkam­
lash uchun yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishi mas’uliyati», - deb 
javob berdilar. Yana shuni ham ta’kidlash lozimki, yoshlarda Va­
tanga mehr hissini tarbiyalashda, ularda vatanparvarlik tuyg’usini 
shakllantirishda 0 ‘zbekiston Madhiyasi va 0 ‘zbekiston Respublika- 
si Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ni xalq ta’limi tizimida o ‘rganish 
ham, shu mavzularga bag'ishlab maxsus murabbiylik soatlarining 
o ‘tkazilishi ham katta ahamiyatga ega boTa boshladi. Shu bilan bir- 
ga «mustaqillik kunlari»ning bayram qilinishi ahamiyatini alohida 
ta’kidlash lozim.
M a’lumki, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti o‘n birinchi 
sessiyasida Mustaqillik kuniga tayyorgarlik ko‘rish-4iaqida qaror qa- 
bul qilingan edi.
1992-yil 22-avgustda « 0 ‘zbekiston o ‘quv yurtlarida har yili
625


1-sentabrda «Mustaqillik kuni»ni o‘tkazish to‘g‘risida» Prezident 
Farmoni e’lon qilindi. Unda davlatimiz tarixida yangi sahifa ochgan 
0 ‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni bayram qilinishi mu- 
nosabati bilan va uning yoshlami m a’naviy kamol toptirishda juda 
katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanini nazarda tutib, o ‘quv yurtlari 
jamoalarining istaklarini hisobga olib:
1. Har yili 1-sentabrda barcha maktablarda, hunar texnika bi- 
lim yurtlarida, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida «Mustaqillik 
kuni» mavzuida maxsus mashg‘ulotlar, darslar, ma’ruzalar, tantanali 
yig‘ilishlar va uchrashuvlar o'tkazish:
2. Qaramog‘ida o‘quv yurtlari bo‘lgan vazirliklar va idoralar, 
hokimliklar:
- turli shakllardagi, ijodiy izlanish va bayram vaziyati ruhidagi 
mashg‘ulotlar va tadbirlami o ‘tkazishga oid zarur tashkiliy choralar- 
ni ko‘rsinlar:
Respublika hayotining barcha sohalarida ro‘y berayotgan tub 
o ‘zgarishlardan o‘quvchilar va talabalami keng xabardor qilinishini 
ta’minlasinlar, uni erkin va yuksak vatanparvarlik va Vatanga sado- 
qat ruhida tarbiyalasinlar:
- o ‘quv yurtlarida mustaqillik kunini bayram qilishda yoshlar- 
ning ijodiy qobiliyatlarini ochishga ko‘maklashuvi hamda bir xillik 
va rasmiyatchilikni istisno etuvchi tanlovlar, ijodiy bellashuvlar, om- 
maviy va boshqa tadbirlar o ‘tkazsinlar;
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar 
va Toshkent shahri hokimlari o‘quv yurtlarida Mustaqillik kuni- 
ga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chog‘ida respublika oq- 
soqollari, deputatlar, fan, madaniyat va san’at arboblarini, ijodiy 
va boshqa jamoat tashkilotlarining vakillarini, korxonalar va mu- 
assasalaming rahbarlarini qatnashishga keng jalb qilishlari» kabi 
muhim vazifalar belgilandiki, bu farmonning joylarda bajarilishi 
xalqimizga mustaqillik tushunchasini yetkazishda, ulami istiqlol 
mafkurasi ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega boTdi. Bu 
borada Toshkent, Farg‘ona, Samarqand viloyatlarida ibratli ishlar 
amalga oshirildi.
Ayniqsa, 1992-yil 1-sentabrdan 0 ‘zbekiston aholisi tomonidan 
birinchi marta mamlakat mustaqilligining bir yilligini keng bayram 
qilinishini aytish mumkinki, xalqni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash 
va unga e ’tiqod tuyg‘ularini kuchaytirishda muhim qadam boidi. 
Shu yilning 30-avgustida Toshkentda 0 ‘zbekiston Respublikasi 
mustaqilligining ikki yilligiga bag‘ishlangan tantanali majlis bo‘ldi. 
Unda Prezident I. Karimov tabrik nutqi so‘zlab butun aholini milliy
6 2 6


bayram bilan qizg‘in tabrikladi. Tantanalar mamlakatning barcha vi- 
loyat, shahar, turnan va qishloqlarida, tashkilot, muassasa, korxona, 
jamoalarda va mahallalarda bo‘lib o ‘tdi. Butun xalq 0 ‘zbekistonning 
kelajagi qo‘lga kiritilgan mustaqillik tufayli amalga oshirilishini chu- 
qur his qila boshladi. Bir so‘z bilan aytganda, dastlab istiqlol e’lon 
qilingan kunlarda kishilardagi sarosimalik o ‘mini, endi mustaqillik- 
ka ishonch va e’tiqod egallay boshladi.
Prezident Farmoni asosida 0 ‘zbekistondagi barcha o ‘quv yurt- 
larida 1-sentabrda «Mustaqillik kuni» keng nishonlandi. Masalan, 
Toshkent Davlat Texnika Universitetida shu kuni tantanali miting- 
dan so‘ng birinchi darslar «Mustaqillik darslari» sifatida o‘tkazildi. 
Bunda professor-o‘qituvchilar, faxriylar, xalq deputatlari qo‘lga ki­
ritilgan mustaqillikning ahamiyati va afzalliklari haqida talabalarga 
keng tushuntirish berdilar.
0 ‘zbekiston mustaqilligiga bag‘ishlangan bunday tadbirlar faqat 
Oliy o ‘quv yurtlaridagina emas, balki barcha o‘rta maxsus o ‘quv 
yurtlari va umumiy ta’lim maktablarida ham katta tayyorgarliklar 
bilan muntazam ravishda o‘tkazilib turibdi.
«Oltin meros», «Amir Temur», «Ulug‘bek», «Shahidlar xoti- 
rasi», « 0 ‘zbekmuzey» kabi bir qator jam g‘armalar, Tarixchilar, 
M a’rifatparvarlar, Faylasuflar milliy jamiyatlari milliy-madaniy me- 
rosimizni o‘rganish, an’analarimizni saqlash va rivojlantirish, allo- 
malarimiz, fidoy¿ ajdodlarimiz xotirasini e’zozlash, ulaming asar- 
larini yosh avlodga tanishtirish yo iid a barakali faoliyat ko‘rsatib 
kelmoqdalar.
«Tasviriy oyina» ijodiy uyushmasi tariximiz va bugunimiz 
mazmun-mohiyatini keng ochib berish, mustaqillik bergan buyuk 
ne’matlami ko’rgazmali vositalar bilan targ‘ib etish, milliy istiq­
lol mafkurasini yoshlar ongiga singdirish ishida alohida natijalarga 
erishmoqda.
Xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy hayotida «Ma’naviyat va 
ma’rifat» respublika kengashi va uning tarkibidagi jamoatchilik mar- 
kazi o‘zining munosib o‘mini egalladi.
Prezident I.A. Karimovning 2006-yili e’lon qilingan mamla- 
katda ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirishga 
qaratilgan farmoniga muvofiq respublika ma’naviyat va ma’rifat 
markazi M a’naviyat targ‘ibot markaziga aylantirildi. Uning faoliyat 
mezonlari yanada kengaytirilib, yo‘nalishlari aniq belgilab berildi.
Yosh iste’dodlar o‘z ijodlari bilan o ‘zbek san’atini dunyega na- 
moyish etmoqdalar. Yaqinda toshkentlik litsey o‘quvchisi, yosh ras- 
som Oybek Islomov o ‘z asarlari bilan Hindistondagi Butunjahon bo-
6 2 7


klar san’ati qo‘mitasi o ‘tkazgan «Shankar» ko‘rgazmasida ishtirok 
etib, Javoharla’l Neru nomidagi oltin medal bilan taqdirlandi.
Sakkiz yoshli toshkentlik o‘quvchi Diyora Hasanova «Bo­
lalar san’ati - 2000» xalqaro festivalining eng yosh qatnashchisi 
bo‘lishiga qaramasdan, bu festivalning Amerika Qo‘shma Shtatlari- 
da o‘tkazilgan final bosqichida o ‘zining yuksak rassomlik iste’dodini 
namoyon qila oldi. 50 ga yaqin mamlakat bolalari rasmlari orasidan 
u ishlagan «Yer sharida festivalga boramiz» nomli rasmning xalqa­
ro festival emblemasi sifatida tanlab olinishi va unga Bosh sovrin- 
ning berilishi ham farzandlarimizning qanchalik yuksak iqtidor egasi 
ekanligini ko‘rsatib turibdi.
Yosh iste’dodlami izlab topish va tarbiyalash, professional ras- 
somlaming boshini qovushtirish, ulaming samarali ijod qilishla- 
ri uchun qulay sharoit yaratish, milliy tasviriy, amaliy, miniatura 
san’atimizning noyob an’analarini boyitish, dunyoga tanitish maqsa- 
dida tashkil etilgan 0 ‘zbekiston Badiiy Akademiyasi uch yildan bu- 
yon jiddiy faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Mamlakatimizda iste’dodli 
rassomlarning ko’plab ko‘rgazmalarini tashkil etdi. 0 ‘zbek rassom- 
chilik maktabining bugungi rivojini dunyoga ko‘rsatish maqsadida 
2000-2006-yillar mobaynida Yaponiya, Fransiya, Janubiy Koreya, 
Amerika Qo‘shma Shtatlari, Germaniya kabi ko‘plab mamlakatlarda 
o ‘zbek rassomlarining ko’rgazmalarini o ‘tkazdi.
Badiiy Akademiyaning a’zolari tomonidan katta mahorat bilan 
ishlangan Sohibqiron Amir Temur, Farg‘oniy, Jaloliddin Mangu- 
berdi, Alpomish haykallari, Mustaqillik maydonidagi majmua 
kabi haykaltaroshlik san’atining go‘zal namunalari xalqimiz milliy 
g ’ururi va iftixorini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Turkiston miniatura maktabining asoschisi, buyuk m usaw ir Ka- 
moliddin Behzodning bu yil nishonlanadigan 550 yilligiga qizg‘in 
tayyorgarlik olib borilmoqda. Kamoliddin Behzod memorial bog‘ini 
barpo etish ishlari boshlab yuborilgan.
Shuni ta’kidlash joizki, 0 ‘zbekiston mustaqilligini mustahkam- 
lash dolzarb boTib qolayotgan bir paytda yoshlar bilan yakka tartib- 
da ishni yoTga qo‘yish, ularda axloqiylik fazilatlarini shakllantirish 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki azaldan odoblilik, axloq inson uchun eng zarur ziy- 
natlardan hisoblangan. Odamzodni yuksaklarga ko‘taradigan ham, 
uning qadr-qimmatini oshiradigan ham ana shu axloqiy barkamol- 
likdir. Shu o ‘rinda qadimgi Rim faylasuflaridan Epikratning «bar- 
cha kashfiyotlar ichida go‘zali yaxshi tarbiya oigan insondir», degan 
o ‘gitini hamisha yodda tutish o‘rinlidir. Yoshlarda ana shunday fazi-
6 2 8


latlami tarbiyalashda joylarda, maktab va o‘quv yurtlarida olib bori- 
ladigan ishga e’tibor berilmoqda. Maktabgacha tarbiya muassasala- 
rida, boshqa o‘quv yurtlarida, mehnat jamoalarida va turarjoylarda 
maxsus «Odobnoma» soatlari joriy etildi. Bundan tashqari, mamla- 
kat televideniyesi va radiosi orqali, jumhuriyat gazetalari sahifalari- 
da esa maxsus «Odobnoma» ko‘rsatuv va eshittirishlar beriladigan, 
sahifalar chiqadigan boidi. Bu ish mehnat va pedagogika jamoalari 
hamda ota-onalar kengashlarining amaliy hamkorligi asosida ham 
tashkil etiladi.
O ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1994-yil 13- 
iyunda yoshlaming huquqiy ta’limini takomillashtirishning Komp- 
leks Dasturini qabul qildi. Unda respublikada huquqiy ta’limni ta- 
komillashtirish, yoshlaming huquqiy madaniyati darajasini oshirish
hamda 0 ‘zbekiston Respublikasida huquqiy demokratik davlat qu- 
rish uchun shart-sharoitlar yaratish masalalari ko‘zda tutildi.
Mustaqillik yillarida 0 ‘zbekiston ijodkor yoshlarining «Iste’- 
dod» xayriya jam g‘armasi, 0 ‘zbekiston ijodkorlar jam g‘armasi, 
madaniyat jamg'armasi va boshqa qator jamoat tashkilotlari tashkil 
qilindi. Ular aholi turli tabaqasi intellektual salohiyatini oshirish, 
ulami o ‘z vaqtida rag‘batlantirib turish, ma’naviy jihatdan qoilab- 
quvvatlash va ijtimoiy himoyalash borasida qator tadbirlami amalga 
oshirmoqdalar.
0 ‘zbekiston,, Respublikasi Vazirlar Mahkamasi fan-texnika, 
san’at va madaniyatni yanada rivojlantirish maqsadida qator qa- 
rorlar qabul qildi. Ayniqsa, mamlakat istiqboli va millat kelajagi- 
ni ta’minlash, har tomonlama yetuk yoshlami tarbiyalash, iqtidorli 
yoshlami rag‘batlantirish maqsadida 1993-yilda Ulug‘bek nomidagi 
0 ‘zbekiston Yoshlar jam g‘armasi tashkil etildi. Jamg‘armaning aso- 
siy maqsadi yoshlaming intellektual imkoniyatlarini yanada kengay- 
tirish, salohiyatli yoshlar kuchini birlashtirish, ulami asrab-avaylash, 
ilm-fan va madaniyatni rivojlantirishga bo‘lgan intilishlarini moddiy 
va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quwatlashdan iborat.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin