Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə325/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy tarbiya kishilik jamiyati tarixining barcha bosqichlari- 
da xalq madaniyatining tarkibiy va muhim qismi bo‘lib kelgan. Xu- 
susan, unga 0 ‘zbekiston hududida yashayotgan xalqlar ma’naviy va 
jismoniy barkamollik mezoni sifatida qarashgan. Jismoniy tarbiya va 
harbiy san’at XIV-XV asrlarda ham ancha rivoj topgan. Amir Temur 
olib borgan siyosat jamiyatning hamma sohalarida bo'lgani kabi jis­
moniy tarbiyaning mohiyatini yuqori bosqichga ko‘targan. Temuriy- 
lar davrida harbiylami jismoniy tarbiyalashga alohida e’tibor beril- 
gan. Kurash, kamondan otish, ot sporti o ‘yinlari bo‘yicha ko‘pgina 
musobaqalar o‘tkazilgan.
0 ‘zbekiston qadimdan milliy o‘yinlarga boy. Ayniqsa, «Arg‘im- 
choq», «Bekinmachoq», «Qilichbozlik», «Oq terakmi-ko‘k terak», 
«Ololmaydi-yo, shuginani-yo», «Tortishmachoq», «Chillak» va ho- 
kazolar keng tarqalgan.
Lekin, 0 ‘zbekistonda mustamlakachilik davrida jismoniy tarbi­
ya katta yo‘qotishlarga uchradi. Kuch, tezkorlik, chiniqish bilan bir- 
ga ma’naviyatni yetuklikka, axloq va odobni kamolga yetkazishga 
e’tibor susaydi. Bu mahalliy aholining jismoniy tarbiyadan uzoqlas- 
hishiga olib keldi.
0 ‘zbekistonda davlat mustaqilligi qoTga kiritilgach, ko‘p o ‘tmay 
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida 1992-yili 
14-yanvarda «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risi»da Qonun qabul qi- 
lindi. Vazirlar Mahkamasi esa 0 ‘zbekistonda ommaviy va professional 
futbolni yanada rivoj lantirish, uning moddiy bazasini mustahkamlash, 
futbolchilaming yangi avlodini tayyorlash va tarbiyalash, Vatanimiz 
futbolining xalqaro nyfuzini oshirish maqsadida 1993-yili 18-martda 
« 0 ‘zbekiston Respublikasi futbolni yanada rivoj lantirish chora-
6 3 4


ladbirlari to‘g‘risida», 1996-yil 17-yanvarda « 0 ‘zbekistonda futbolni 
livojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomil- 
lashtirish chora-tadbirlari to ‘g‘risida» maxsus Qaror qabul qildi.
Mamlakatda «Sog‘lom avlod» Davlat dasturi ishlab chiqildi va 
kcng ko‘lamda amalga oshirila boshlandi. Ushbu dasturga muvofiq, 
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi milliy ma’naviyatni tiklashga 
katta e’tibor berildi. Milliy o ‘yin va sport turlari bo‘yicha har yili 
musobaqalar o‘tkazish odat tusiga kirdi.
Mustaqillik sharofati bilan milliy sport turlarining qayta tiklanis- 
higa va ulaming sport turi sifatida xalqaro miqyosda e’tirof etilishi- 
ga keng imkoniyatlar yaratildi. 1992-yildayoq Termiz va Shahrisabz 
shaharlarida milliy kurash bo‘yicha xalqaro musobaqa o ‘tkazildi. 
Keyinchalik Milliy kurashning unutilayozgan nazariy jihatlari qayta 
tiklanib, uning asosiy qoidalari mukammal ishlab chiqildi va xal­
qaro ekspertlar tomonidan tan olindi. Shunday qilib milliy kura- 
shimiz xalqaro sport turlaridan biriga aylandi. 1999-yil 1-2-may 
kunlari Toshkentda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan kel- 
gan sportchilari ishtirokida Birinchi jahon chempionati o‘tkazildi. 
0 ‘zbekistonlik kurashchilar ushbu chempionatning 3 ta oltin, 3 ta 
kumush va 3 ta bronza, hammasi bo‘lib 10 ta medalini qo‘lga ki- 
ritishga muvaffaq boidilar. Ayniqsa, 73 kg gacha bo‘lgan vaznda 
Akobir Qurbonovning (Buxoro sh.,), 90 kg gacha boig an vaznda 
Kamol Murodovning (Buxoro sh.,) va mutlaq vazn toifasida Tosh- 
temir Muhammadiyevning (Termiz sh.,) kurash bo‘yicha birinchi 
jahon chempionlari boTganliklarini alohida ta’kidlab o ‘tish joizdir. 
Yurtboshimizning maxsus farmoni bilan Xalqaro «Kurash» Asso- 
tsiatsiyasi tuzilganligi, Islom Karimovning ushbu Assotsiatsiyaning 
faxriy Prezidenti etib saylanganligi milliy sport turlariga sogTom 
avlodni tarbiyalovchi asosiy omillardan biri sifatida davlatimiz to­
monidan alohida e’tibor berilayotganligining yorqin namunasidir.
1992-yildan Termiz va Shahrisabz shahrida milliy kurash 
bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazila boshlandi. 1994-yilda Tosh­
kentda Tennis saroyi qurilib, unda « 0 ‘zbekiston Respublikasi Pre­
zidenti sovrini» uchun tennis bo‘yicha katta xalqaro musobaqa 
o‘tkazilmoqda. 1992-1996-yillarda 0 ‘zbekiston Respublikasi terma 
jamoalari sport turlari bo‘yicha bir qancha jahon va Osiyo chem- 
pionatlarida muvaffaqiyatli qatnashib keldilar. Jumladan, 1994-yili 
0 ‘zbekiston Respublikasi sportchilari birinchi marta Yaponiyaning 
Xirosima shahrida o'tkazilgan XII Osiyo o‘yinlarida ishtirok etéilar 
va ulkan muvaffaqiyatlarga erishdilar. Ular 42 ta medalni, jumla­
dan 10 ta oltin, 12 ta kumush, 20 ta bronza medalini qoTga kirit-
635


dilar. 0 ‘zbekiston futbol terma komandasi Osiyo o ‘yinlari chempi- 
oni bo‘ldi. 1994-yilgi qishki Olimpiada o‘yinlarida o ‘zbekistonlik 
L. Cheryazova oltin medalga sazovor boidi. Sohibqiron Amir Temur 
tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan «Xalq o‘yinlari» II Res- 
publika Olimpiadasi 1996-yil 10-11-mayda bo‘lib o‘tdi.
1996-yil 0 ‘zbekiston sporti tarixida alohida o‘rin tutadi. 
0 ‘zbekiston boks federatsiyasi sport bo‘yicha yo‘riqchisi Artur Gri­
goryan o ‘z vazni bo‘yicha Germaniyada o ‘tkazilgan jahon chempio- 
natida qatnashib katta yutuqlarga erishdi. U mutlaq chempion «Oltin 
kamarini» qo‘lga kiritdi. Uning sport sohasida yutuqlari mamlakat 
Prezidenti tomonidan yuksak baholandi.
Umuman, mamlakatda 0 ‘zbekiston sporti sharafini himoya qi- 
layotganlar munosib taqdirlana boshladi. Masalan, 1998-yil musta- 
qillik bayrami arafasida bir guruh sportchilarimizni « 0 ‘zbekiston 
iftixori» Faxriy unvoni bilan mukofotlanganliklari fikrimiz dalilidir.
Hozirgi paytda 0 ‘zbekistonda aholi bilan jismoniy tarbiya -
sogiomlashtirish ishini amalga oshiradigan 15085 birlamchi tash- 
k ilotlar-jism oniy tarbiya jamoalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 
9501 tasi umumtaTim maktablarida, 710 tasi kollej va litseylarda, 62 
oliy o ‘quv yurtlarida, 4812 tasi mehnat jamoalarida, 12092 tasi qish- 
loq joylarida ishlamoqda.
Respublikada sport-sogTomlashtirish klublari soni tobora o ‘sib 
borayapti. Hozirgi paytda ulaming soni 500 dan ortiqni tashkil etadi.
Respublikada yuqori malakali sportchilami tayyorlashga ixtisos- 
lashtirilgan 536 ta bolalar-o‘smirlar sport maktablari, 5 ta olimpiya 
o‘rinbosarlari bilim yurtlari, 8 ta respublika oliy sport mahorati mak­
tablari faoliyat ko‘rsatayapti.
2000-yilda respublikada 6 million 420 ming kishi jismoniy tar­
biya bilan shug‘ullanadi, ulardan 5,5 million kishi umumta’lim mak­
tablarida, 390 ming kishi kollejlar, litseylar va o ‘rta maxsus o ‘quv 
yurtlarida, 82 ming kishi oliy o‘quv yurtlarida, 500 ming kishi meh­
nat jamoalarida shug‘ullangan edi.
0 ‘zbekistonda 2000-yilda jami 1,5 milliondan ortiq kishi, shu 
jumladan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida 270 ming kishi 70 
dan ziyod sport turi bilan shug‘ullandi. Bu ko‘rsatkich yangi ochil- 
gan sport majmualari, yangi qurilgan litsey va kollejlar, maktablar 
tufayli keskin oshdi.
Respublikada jismoniy tarbiya va sportning moddiy bazasi mutta- 
sil mustahkamlanib bordi. Respublikada 233 stadion, 5040 sport zali, 
135 suzish havzasi, 32 865 sport maydonchasi, 4841 futbol maydoni, 
1883 otish turi, 13139 voleybol, 7196 basketbol maydonchasi, 168
6 3 6


tennis korti, «Yoshlik» sport arenasi, «Paxtakor» markaziy stadioni, 
«Yunusobod» va «JAR» sport majmualari, Tennis saroyi va boshqa- 
lar sportchilar ixtiyorida. 0 ‘zbekiston sporti tarixida milliy olimpiya 
Qo‘mitasining tashkil topishi muhim ahamiyatga ega boTdi.
1993-yilning sentabrida Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining 101- 
sessiyasida 0 ‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya Qo‘mitasi 
to‘la-to‘kis tan olindi. Qo‘mita xalqaro sport va olimpiya harakati- 
ning rivojlanishiga yordam bermoqda. U 0 ‘zbekistonda olimpiya 
g'oyalarini targ‘ib qilish, Olimpiya o ‘yinlarida respublika vakilla- 
ri ishtirokini ta’minlash, jahon sportchilari bilan do‘stona aloqalar 
o'matish va rivojlantirishdek sharafli vazifa bilan shug‘ullanmoqda. 
Milliy Olimpiya Qo‘mitasining 127 a’zosi, 11 faxriy a’zosi bor.
1996-yil yanvarda Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining qarori- 
ga muvofiq, jahon sportini rivojlantirishdagi xizmatlari va olimpi­
ya g‘oyalariga sadoqati uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
I.A. Karimov Olimpiya Oltin ordeni bilan mukofotlandi.
Toshkentda 1996-yil 14-avgustda Olimpiya muzeyi tashkil etil- 
di. Uni Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining Prezidenti X.A. Samaranch 
mamlakatimiz Prezidenti I. Karimov bilan birga tantanali ravishda 
ochib berdi. X.A. Samaranchning 0 ‘zbekiston sportini rivojlantirish 
borasidagi katta xizmatlari hukumatimiz tomonidan munosib taqdir- 
landi.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin