Yettinchi ustuvor yo‘nalish - islohotlaming samaradorligini
belgilab beradigan asosiy tayanch - inson omilini kuchaytirish de-
mografik va boshqa milliy xususiyatlami hisobga olib kuchli ijtimoiy
siyosatni amalga oshirish, ijtimoiy infratuzilmani, ta’lim va sog‘liqni
saqlash sohalarini yanada rivojlantirish, nafaqa bilan ta’minlash tizi-
mini takomillashtirish, ekologik va boshqa xavf-xatarlardan himoya
qilish.
Bular jamiyatni yalpi yangilash ijtimoiy hayotni tubdan isloh qi
lish butunlay yangi tafakkurdagi mustaqillik davri fuqarosini shakl-
lantirish kabi uzoq muddatli, izchil davom etadigan siyosiy, iqtiso-
diy, ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy hodisadir.
0 ‘zbekistonda islohotlami amalga oshirishning izchil mexaniz-
mi yaratildi. Buyuk kelajakka qaratilgan yalpi yangilanishlar kon-
sepsiyasi vaqt o ‘tgani sayin shakllantirib, rivojiantirib borilmoqda.
Buni Prezident I. Karimov 2005-yil 28-yanvar kuni Oliy Majlis qo-
nunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida
«Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mam- lakatni modernizatsiya va isloh etishdir» mavzusida m a’ruza qil-
di. Unda ko‘p qirrali islohlami amalga oshirish tamoyillarini yana
ham chuqurlashtirdi. Jumladan, quyidagilami alohida ta’kidladi:
Birinchidan, davlat qurilishi va boshqaruvi sohasidagi eng mu-
him vazifa bu qonunchilik hokimiyati bo’lmish mamlakat Parlamen-
tining roli va ta’sirini kuchaytirish, hokimiyatning qonunchilik, ijro
va sud tarmoqlari o‘rtasida yanada mutanosib va barqaror muvoza-
natga erishishdan iborat.
Shu borada: - Prezident vakolatlarining bir qismini Parlamentning yuqori pa
latasi - Senatga va hukumatga o‘tkazish, professional, doimiy asos-
da ishlaydigan quyi - Qonunchilik palatasini shakllantirish, uning
vakolat va huquqlarini kengaytirish;
- Bosh vazir va umuman, mamlakat hukumatining rolini va shu
bilan birga, mas’uliyatini kuchaytirish;
- sud hokimiyatining mustaqilligi va erkinligini mustahkamlash-
ga qaratilgan aniq, qonuniy chora-tadbirlami amalga oshirish.
Biz oldimizga qo‘ygan maqsadni soddagina ifodalamoqchi
bo‘lsak - har qanday hokimiyat, u qonunchilik yoki ijro va sud hoki
miyati bo‘ladimi - bulaming barchasi quyidagi talablarga javob be-
rishi shart. Ya’ni, har qaysi o ‘z vazifasini anglashi, o‘z mas’uliyatini
his qilishi, o‘z yukini ko’tarishi va ta’bir joiz bo‘lsa, o ‘z aravasini
mustaqil ravishda toriishi darkor.