Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


Yangi yil. 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

Yangi yil.
mart -
Xalqaro xotin-qizlar kuni.
21 mart -
Navro‘z bayrami.
9 may -
Xotira va qadrlash kuni.
1 sentabr -
Mustaqillik kuni.
1 oktabr -
0 ‘qituvchilar va murabbiylar kuni.
8 dekabr -
Konstitutsiya kuni.
Ramazón Hayiti 
(Iyd al-Fitr) - Diniy bayramning birinchi kuni.
Qurbon Hayiti 
(Iyd al-Adha) - Diniy bayramning birinchi 
kuni.
Ko‘ppartiyáviylik negizida 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj­
lisi davlatimizning jamiyatni bosqichma-bosqich isloh qilish strate- 
giyasidan kelib chiqib, demokratik o ‘zgarishlaming huquqiy bazasi- 
ni izchillik bilan mustahkamlay bordi. Shunday qilib Oliy Majlisning 
1995-1999-yillarda 15 ta sessiyasi bo‘lib, ularda 10 ta kodeks, 
2 ta milliy dastur, 145 ta qonun, 460 dan ortiq qaror qabul qilindi, 
amaldagi deyarli barcha qonun hujjatlarining qo‘llanish amaliyoti 
o‘rganildi, qonunlarga 200 dan ortiq o‘zgartish va qo‘shimchalar 
kiritildi.
0 ‘zbekiston jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvni tezlash- 
tirish tarafdori ekanligini tasdiqlab, parlament 95 ta xalqaro bitim va 
shartnomani ratifikatsiya qildi, 43 ta xalqaro konvensiyaga qo‘shilish 
to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Chaqiriq mobaynida Oliy Majlisning xalqaro aloqalari anchagi- 
na kengaydi, parlamentlarda delegatsiyalarining almashinuvi o ‘sdi. 
0 ‘zbekistonga 200 dan ortiq chet el delegatsiyasi, shu jumladan 
Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Rossiya, AQSH, Tur- 
kiya, Xitoy, Shveysariya, Yaponiya va boshqa qator mamlakatlaming 
delegatsiyalari tashrif buyurdi.
0 ‘zbekiston parlamentida Germaniya, Turkiya, Latviya, Pokis- 
ton, Italiya, Vengriya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Moldova 
va Bolgariya davlatlarining boshliqlari, Litva, Ukraina, Qozog'iston,
110


Turkiya va Belgiya hukumatlarining rahbarlari, Gruziya, Latviya, 
Rossiya Federatsiyasi parlamentlarining spikerlari, shuningdek, Yev- 
ropa, Osiyo, Afrika va Amerika qit’alarining 50 dan ortiq mamlakat- 
laridan taniqli jamoat va siyosat arboblari qabul qilindi.
Oliy Majlis deputatlari xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar 
va seminarlarda qatnashdilar, Oliy Majlis delegatsiyalari 30 dan or­
tiq mamlakat, shu jumladan Germaniya, Daniya, Hindiston, Polsha, 
AQSH, Fransiya, Shvetsiya va boshqa mamlakatlaming parlament- 
lari ishi bilan tanishdilar.
Chaqiriq mobaynida parlamentda fuqarolaming murojaatlarini 
ko‘rib chiqish yuzasidan katta ish olib borildi. Hisobot davrida Oliy 
Majlisga jami 18 mingdan ortiq ariza va shikoyatlar tushdi. Chaqiriq 
mobaynida e’lon qilingan har bir qonun loyihasi yuzasidan 500 ta- 
dan 2000 ga qadar taklif kelib tushdi va ular o ‘rganib chiqildi.
1999- 
yil 5 va 19-dekabr kunlari ikkinchi chaqiriq 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisiga deputatlar saylandi. Saylangan depu- 
tatlardan 0 ‘zbekiston Parlamentining yangi tarkibi shakllandi. 
Ma’lumki, jahon miqyosida qaror topgan xalqaro andozalarga ko‘ra, 
Parlamentda o‘rin olish uchun kurash olib borgan siyosiy partiyalar 
va boshqa manfaatdor tashkilotlar saylovlardan so‘ng mamlakatning 
qonun chiqaruvchi oliy organida o ‘z g ‘oyalari hamda maqsadlarini 
ifoda etuvchi va yoqlovchi deputatlik fraksiyalarini tuzadilar.
2000- 
yil 1 1-yanvar kuni bir qator siyosiy partiyalardan saylan­
gan deputatlar o ‘z yig‘ilishlarini o‘tkazdilar.
Markaziy saylov komissiyasi raisi N.Komilov boshqarib bor­
gan bu yig‘ilishlarda siyosiy partiyalaming Oliy Majlisdagi deputat­
lik fraksiyalarini tuzish va ulaming rahbarlarini saylash masalalari 
ko‘rib chiqildi.
0 ‘n bir kishidan iborat «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi 
ifaksiyasiga députât T.Daminov, yigirma kishidan iborat «Vatan ta- 
raqqiyoti» partiyasi fraksiyasiga députât A.Tursunov, o‘n kishidan 
iborat «Milliy tiklanish» partiyasi fraksiyasiga députât I.G‘afurov, 
o‘ttiz to ‘rt kishidan iborat «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi 
fraksiyasiga députât E.Norbo‘tayev rahbar etib saylandi.
2000-yil 11-fevral kuni Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq birin- 
chi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 25-26-may kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi 
sessiyada «Vatan taraqqiyoti» MD partiyasi va Fidokorlar partiyasi 
fraksiyalari birlashtirildi, fraksiya raisi etib esa A.Tursunov tasdiq- 
landi. 
*
0 ‘zbekiston XXI asrga jamiyat rivojida tez sur’atlar bilan 
o ‘zgarishlar yuz berayotgan, odamlaming siyosiy ongi va dunyoqa-
111


rashi o‘sib borayotgan, mamlakatimiz jahon hamjamiyatidan muno- 
sib o ‘rin olib borayotgan davrda qadam qo‘ydi.
Mana shu jarayonlami chuqur tahlil qilgan davlatimiz rah- 
bari 2000-yil II chaqiriq Oliy Majlisi ikkinchi sessiyasida qilgan 
« 0 ‘zgarish va yangilanish - hayot talabi» nomli ma’ruzasida ikki 
palatali pariament tuzish g ‘oyasini ilgari surdi. Bu mamlakatimizda 
demokratik islohotlami bosqichma - bosqich amalga oshirish tamo- 
yiliga to‘la mos edi.
Shu bois ham 2001-yil 6-7-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan Oliy 
Majlisning yettinchi sessiyasida ikki palatali pariament tuzish 
g‘oyasi muhokama qilindi va buning uchun zarur omillar - yuqo- 
ri malakali siyosatshunoslar, yuristlar, iqtisodchilar korpusi shakl- 
langanligini, shuningdek, ko‘ppartiyaviylik tizimi qaror topganli- 
gini hisobga olib mamlakatda ikki palatali pariament tuzish zarur, 
degan xulosaga keldi. Oliy Majlisning yettinchi sessiyasi 2002-yil 
27-yanvar kuni keyingi chaqiriqda ikki palatali parlamentni shakl- 
lantirish masalasi bo‘yicha 0 ‘zbekiston Respublikasi referendumini 
o ‘tkazish to‘g ‘risida qaror qabul qildi. Referendumda ovoz berish 
byulleteniga «Siz kelgusi chaqiriq 0 ‘zbekiston Respublikasi parla- 
menti ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?» degan savol kiri- 
tildi.
Referendum 2002-yil 27-yanvar kuni demokratik asosda, 
ochiq va oshkora, keng jamoatchilik vakillari, xorijiy davlatlar, xal- 
qaro tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida 
b o iib o ‘tdi. Referendumda ovoz beruvchilar ro‘yxatiga kiritilgan 
13266602 nafar fiiqarolaming 12113070 nafari yoki 91,58 foizi ish- 
tirok etdi.
«Siz kelgusi chaqiriq 0 ‘zbekiston Respublikasi parlamenti ikki 
palatali qilib saylanishiga rozimisiz?» degan masala yuzasidan ovoz 
berishda qatnashganlaming 11344242 nafari yoki 93,65 foizi yoqlab 
ovoz berdi. Saylovchilar ikki palatali pariament tuzish masalasini 
qo‘llab - quwatladilar.
Referendum yakunlari xalqimizning, bir tomondan, damokratik 
davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurish, erkin bozor iqtisodiyoti- 
ga o ‘tishdan iborat 0 ‘zbekiston yo iin i qo‘llab - quvvatlayotganini 
ko‘rsatdi. Ikkinchi tomondan, islohotlami izchil va qat’iylik bilan 
davom ettirish va yanada chuqurlashtirishni katta umid bilan kuta- 
yotganligini bildirdi.
2002-yil 4-5-aprel kunlari b o iib o ‘tgan ikkinchi chaqiriq 
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sakkizinchi sessiyasida 
«Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etishning
112


asosiy prinsiplari to‘g‘risida» Konstitutsiyaviy qonun va «2002-yil 
27-yanvarda o‘tkazilgan 0 ‘zbekiston Respublikasi referendumining 
yakunlari bo‘yicha amalga oshiriladigan qonunchilik ishlarining aso­
siy yo‘nalishlari to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Bu hujjatlar ikki pala- 
tali parlament tuzish ishlarini boshlashga huquqiy asos bo‘lib xizmat 
qilmoqda.
Bundan keyin ham 0 ‘zbekiston Respublikasining oliy davlat 
vakillik organi - parlamentining nomi Oliy Majlis deb atalaveradi. 
Uning tarkibida ikki palata tuziladi. Quyi palata - qonunchilik pala- 
tasi, yuqori palata - Senat deb ataladi. Biroq ikki palatali parlament 
darhol tuzilmaydi. Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisi bir palatali par- 
lament sifatida u saylangan muddatda 2000-2004-yillarda faoliyat 
yuritadi. Natijada ikki palatali parlament 2004-yilning dekabr oyi- 
da o‘tkaziladigan saylovlar asosida shakllantiriladi. Quyi palataga 
120 deputat saylandi. Senat 100 ta senatordan iborat bo‘ldi. Senatga 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 6 
nafardan, jami 84 kishi saylandi. Prezident tomonidan tayinlanadi- 
gan 16 nafar el-yurtda obro‘ - e’tibor qozongan kishilar Senatning 
a’zosi bo‘lishadi. Bu mamlakatimizda milliy davlatchiligimiz taraq- 
qiyotida yangi bosqich boshlanganini bildirar edi.
2005-yil 28-yanvarda Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Sena- 
tining qo‘shma majlisi b o iib o‘tdi. Unda davlatimiz rahbari I.A. Ka­
rimov 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin