Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


«Bizning Upsh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

«Bizning Upsh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish
va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilishdir», 
de- 
gan mavzuda ma’ruza qildi va 0 ‘zbekistonning bundan buyon mus- 
taqil, o ‘ziga mos va xos taraqqiyot yo‘lidan borishi bilan bogiiq 
ham nazariy, ham amaliy y o i-y o ‘riqlami ko‘rsatib berdi.
Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz rahbari ushbu ma’ruzasida 
2004-yil dekabr oyida o‘tkazilgan saylovlar yakuni bo‘yicha o ‘z xu- 
losalarini bildirar ekan, jamiyat hayotini isloh qilish tizimining bu- 
gungi holatiga alohida e’tibor qaratib, 
«mamlakatimizning demok-
ratik yangilanish va erkin ijtimoiy tuzumga xos bo‘lgan barcha
asosiy qadriyatlarni o“zida mujassam etgan fuqarolik jamiyati
barpo etish yo‘lidagi bosqichma-bosqich, izchil harakati hozirgi
kunda hech qanday kuch to'xtata olmaydigan muqarrar, qonu-
niy jarayonga aylandi», 
- deya baho berdi.
Darhaqiqat, istiqlolning o‘tgan davri mobaynida mamlakatimiz­
da izchillik bilan amalga oshirilib kelinayotgan jamiyat hayotini er- 
kinlashtirish, fuqarolik jamiyati asoslarini barpo qilish, bir soffc bilan 
aytganda ijtimoiy hayotni tubdan yangilash jarayonlarining tadrijiy 
rivojlanishi bugungi kunda o ‘zining shunday bir bosqichiga erish-
113


diki, endilikda bu jarayonga ta’sir ko‘rsatish tom ma’noda faqat shu 
jamiyat a’zolari, ya’ni 0 ‘zbekiston xalqi xohish-istagi orqaligina 
amalga oshishi mumkin. Buni 0 ‘zbekistonning o ‘tgan davri tarixida 
qo‘lga kiritilgan natijalar yaqqol isbotlaydi.
0 ‘tish davri va milliy davlatchilikni barpo etish sharoitida ob- 
yektiv zarurat bo‘lgan kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyatiga 
izchil va bosqichma-bosqich o'tishga erishish ushbu davrda davlat 
tizimini isloh etishning asosiy va hal qiluvchi vazifasi bo‘lishi dar- 
kor. Bu davrda davlat va jamiyat qurilishi sohasida amalga oshiri- 
layotgan demokratik islohotlar natijasida mamlakatimizning qonun 
chiqaruvchi oliy organi - 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki 
palatali parlamentga aylantirildi.
Bu boradagi asosiy vazifa quyi palata - Qonunchilik palata- 
sini muntazam faoliyat ko‘rsatadigan professional organga aylan- 
tirish, yuqori palata - Senatni hududlar manfaatlarini ifoda qiladi- 
gan vakillik organi sifatida shakllantirishdan iborat edi. Shu tariqa 
qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining sifatli va asosli boiishiga 
erishish bilan bir qatorda, o‘zaro mutanosiblik va muvozanatni saq- 
lash bo‘yicha samarali tizimi yaratilmoqda, umumdavlat va hududlar 
manfaatlarining o ‘zaro muvozanati ta’minlanmoqda, aholining mam- 
lakatimiz ijtimoiy va siyosiy hayotidagi ishtiroki ko‘lamini yanada 
kengaytirish imkoni tug‘ilmoqda.
Ikki palatali parlamentimizning huquq va vakolatlarini ken­
gaytirish, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat o‘rtasidagi 
vakolatlaming yanada muvofiqlashuvini ta’minlash bilan bogiiq 
masalalami hal etishda Prezident vakolatlarining bir qismini yuqori 
palata - Senatga o ‘tkazish, shuningdek, Bosh vazir huquq va vako­
latlarini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etdi.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin