jamiyatlari, ishlab chiqaruvchilar uyushmalari, ekologiya va fan-
texnika jamiyatlari, xayriya jam g‘armalari va shu kabilami vujudga
keltirishga ko‘maklashish nazarda tutildi.
Umuman, 0 ‘zbekiston rahbariyati SSSR Hukumatiga 0 ‘zbe-
kistonning shoshilinch bozor iqtisodiyotiga o‘tish to‘g‘risidagi ko‘r-
satmasiga e’tiroz bildirib, bu respublika sharoiti uchun birdaniga
to‘g‘ri kelmasligini va bozor iqtisodiyotiga aw alo aholini, birinchi
navbatda, uning kam ta’minlangan qatlamini ijtimoiy kafolatlab,
so‘ng o ‘tish borasida 0 ‘zbekiston o ‘zi mustaqil harakat qilishini
m a’lum qildi.
1990-yil 29-avgustida 0 ‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi
«Ittifoqning yangi shartnomasi va boshqariladigan bozor iqtisodi
yotiga o‘tish programmasining asosiy qoidalari va yo‘l-yo‘riqlariga
nisbatan respublikaning tutgan o‘mi to 'g ‘risida»gi masalani ko‘rib
chiqib, bu borada shoshilmaslik joizligini yana bir bor ta’kidladi.
Oliy Sovet Prezidiumi Ittifoqning yangi shartnomasini tuzish hamda
boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o ‘tish dasturi bo‘yicha tayyor-
langan takliflar birinchi turkumini chuqur o ‘rganib chiqish va muho-
kama qilish uchun 0 ‘zbekiston Oliy Soveti, Kompartiya Markaziy
Qo‘mitasi, 0 ‘zbekiston SSR Faniar akademiyasi va boshqa tashki-
lotlarga yubordi.
Ko‘rinib turibdiki, yangi Ittifoq Shartnomasi loyihasi av-
valgi yillardagidek darhol 0 ‘zbekiston tomonidan quwatlanma-
di, bu yerda birinchi navbatda 0 ‘zbekistonning milliy manfaatla-
ri himoya qilinishi nazarda tutildi. Yangi Ittifoq Shartnomasini: «U
0 ‘zbekistonning siyosiy suverenitetiga zarar yetkazmaydimi?» - de-
gan nuqtayi nazardan kelib chiqqan holda imzolash ko‘zda tutildi.
Shunga muvofiq respublika hukumati iqtisodiy Mustaqillikni
bosqichma-bosqich amalga oshirishni nazarda tutadigan muayyan
dastur ham ishlab chiqdi. Jumladan, uning
Dostları ilə paylaş: