Birinchi kuchlar
- N.Rijkov va V.Pavlov Dasturi tarafdorlari.
Ular sobiq SSSRni saqlab qolish, xalq xo‘jaligini markazdan bosh-
qarish, huquqni ko‘proq markazda to‘plash niyatida edilar. Ular iqti-
sodiyotni rivojlantirishda sotsialistik yo‘ldan voz kechmaslikni talab
qilar edilar.
Ikkinchi kuchlar
- S.Shatalin guruhi a’zolari tarafdorlari. Ular
SSSRni tarqatib yuborish, ittifoqdosh respublikalar o‘mida suveren,
Mustaqil Davlatlar tuzish, cheksiz xususiy tadbirkorlikni rivojlanti-
rish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, kolxoz
va sovxozlami tugatib, fermer xo‘jaliklari tuzishni ko‘zda tutdilar.
Bu mohiyatan iqtisodiy rivojlanishning sotsialistik yo‘lidan voz ke-
chishni bildirar edi.
Uchinchi kuchlar
- bu M.Gorbachyov Dasturini quvvatlov-
chilar. Ular murosa yo‘lini qidirib, yuqorida tilga olingan har ikki
dastur yo‘nalishlarini uyg‘unlashtirish va SSSRni saqlab qolish,
markazlashgan m a’muriy buyruqbozlik hokimiyatini yo‘qotmaslik,
«шоковая Терапия» («falaj qilib davolash») usulidan foydalanish
g ‘oyasini ilgari surai^ edi. Yangi Ittifoq Shartnomasini tayyorlash
ham shu maqsadlarga yo‘naltirilgan edi. Jumladan, yangi Ittifoq
Shartnomasida mamlakat nomini ham «Sotsialistik Respublikalar
Ittifoqi» deb emas, «Mustaqil Sovet Respublikalari», «Mustaqil
Davlatlar Ittifoqi» deb atash to‘g‘risidagi takliflar ham o ‘rtaga tash-
lana boshladi.
Shunday qilib, sobiq SSSR ijtimoiy taraqqiyotida uchta
yo‘nalish- totalitarizmga qaytish, jahon tajribasiga xos transforma-
tsiya va sotsialistik yo'nalishdagi demokratik kuchlar to‘qnashib
qolgan edi. Tabiiyki, bu mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida tanaz-
zulni vujudga keltirgan edi.
Ana shunday ziddiyatÄhbir sharoitda 0 ‘zbekiston rahbari-
yati bu yo‘nalishlaming nomaqbul ekanligini aniq-ravshan ko‘rdi
va respublika xalq xo‘jaligini bozor iqtisodiyotiga o‘tkazishning
o‘ziga xos yoTini Mustaqil tarzda o‘zi belgilay boshladi. Avvalo,
« 0 ‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini shakllantirish konsep-
siyasini» tayyorlashga kirishildi. Konsepsiya respublika Davlat
Reja qo‘mitasi, Moliya vazirligi, boshqa vazirliklar, idoralar, ilmiy-
tadqiqot institutlari, viloyatlar va Toshkent shahar ijroiya qo‘mitalari
23
bilan hamkorlikda tayyorlandi. Unga ko‘ra, « 0 ‘zbekiston xalq
xo‘jaligini sog‘lomlashtirish va bozor iqtisodiyotiga o‘tishning aso-
siy prinsiplari» ishlab chiqildi va u 1990-yil 17-oktabrida umumxalq
muhokamasi uchun e’ion qilindi.
1990-yil oktabri oxirida 0 ‘zbekiston SSR Oliy Kengashi IV
sessiyasida bu masala yuzasidan Hukumatning hisoboti eshitildi.
Oliy Kengash sessiyasi «vujudga kelgan ahvoldan chiqishning
yo‘lini... respublikaning iqtisodiy mustaqilligiga erishish asosida iq-
tisodiy islohotlami chuqurlashtirish va jadallashtirishdan iborat» deb
hisobladi.
Shuning uchun ham sessiya respublika Hukumati Dasturini
ma’qulladi va 0 ‘zbekiston Ministrlar Sovetiga « 0 ‘zbekiston SSR
mulkiga egalik qilish, uni tasarruf etish, taqsimlash va undan foy-
dalanish masalalari yuzasidan respublikaning suveren huquqlarini
amalga oshirishning samarali amal qiluvchi mexanizmini yaratish
bo‘yicha asoslangan takliflar tayyorlash, shuningdek, 1-iyungacha
0 ‘zbekiston Oliy Sovetiga iqtisodiy tizim masalalari va yer, yer-
osti hamda boshqa tabiiy boyliklami, ishlab chiqarish korxonala-
rini 0 ‘zbekiston SSR mulkiga o ‘tkazish bo‘yicha 0 ‘zbekiston SSR
Konstitutsiyasiga kiritiladigan o‘zgarishlar to‘g ‘risida Qonun loyi-
hasi kiritishni topshirdi.
Hukumat Dasturiga ko‘ra, quyidagilar 0 ‘zbekiston xalq
xo‘jaligini sogiomlashtirish va bozor iqtisodiga bosqichma-bosqich
o‘tishning asosiy yo‘nalishlari qilib belgilandi:
Mustaqil davlat bo‘lmish 0 ‘zbekiston:
- boshqa respublikalar bilan muvofiqlashtirilgan mustaqil ijti-
moiy va iqtisodiy siyosatni xalq xo‘jaligini o ‘zi boshqarish va o‘zini
o‘zi pul bilan ta’minlash sohasida suveren huquqlarini amalga oshi-
radi, xo‘jalik turmushi va madaniy turmushdagi milliy o ‘ziga xoslik
saqlanib qolishini ta’minlaydi;
- boshqa respublikalar bilan o ‘z iqtisodiy aloqalarini ekvivalent-
lik va o‘zaro manfaatdorlik asosida mustaqil hal etadi, bu aloqalami
mamlakatning yaxlit xalq xo‘jalik kompleksi doirasida o ‘zaro shart-
nomalar va bitimlar bilan tartibga soladi;
- mahalliy Sovetlaming mahalliy o ‘zini o‘zi boshqarishni keng
rivojlantirish, uning mulkiy va moliyaviy negizini mustahkamlash
huquqlariga kafolat beradi;
- o‘z ixtiyorida bo‘lgan hamma vositalar bilan mehnat jamoa-
larining va fuqarolaming iqtisodiy huquqlarini mustahkamlashga
ko‘maklashadi, shu-huquqlaming har tomonlama himoya qilinishini
ta’minlaydi.
24
Shuningdek, ushbu hujjatda 0 ‘zbekiston SSR iqtisodiy Mus-
taqilligini kengaytirishning bosh maqsadi iqtisodiyotning jo ‘shqin,
yuksak samarali, ekologik jihatdan xatarsiz rivojlanishini, aholi-
ning hozirgi zamon turmush standartlari darajasidagi farovonligini,
ijtimoiy adolat va himoyalanishni ta’minlaydigan yangi xo‘jalik-
huquqiy sharoitlami shakllantirishdan iborat qilib belgilandi.
Ayni vaqtda Konsepsiyada maqsadga erishish yo‘lidagi vazifa-
lami hal etish, jumladan, respublika bilan Ittifoqning o ‘zaro majbu-
riyatlari va o‘zaro mas’uliyati asosida 0 ‘zbekiston SSR bilan SSR
Ittifoqi o ‘rtasidagi munosabatlaming huquqiy asoslariga aniqlik ki-
ritish;
- davlat mulkining haddan tashqari markazlashuvini va byuro-
kratik tashkil etilishini bartaraf qilish;
- mulkchilikning xilma-xil shakllarini rivojlantirish, bu shakllar-
ning teng huquqliligi va musobaqalashuvini ta’minlash;
- asosan, iqtisodiy usullar negizida respublikaning xalq xo‘jaligi
davlat boshqaruviga o‘tish, rejalashtirish, moliya-budjet, bank tizi-
mini sifat jihatidan o ‘zgartirish, mehnat munosabatlarini va tabiat-
dan foydalanishni tartibga solish;
- bozor mexanizmlarini vujudga keltirish, tovarlar, xizmatlar,
moliya-kredit resurslariga talab va taklifni tartibga soladigan narx
va boshqa vositalaming ahamiyatini oshirish, 0 ‘zbekiston SSRning
ichki, 0 ‘rta Osiyo% respublikalari va Qozog‘iston mintaqa bozorini
rivojlantirish;
- barcha fuqarolaming qobiliyatlaridan to ‘la-to‘kis foydalanish
imkoniyatlarini kengaytirish, aholining kam daromadli tabaqalarini
qo‘llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, yosh avlod-
ni tarbiyalash, sog‘liqni saqlash, maorif, fan, madaniyat va san’atni
rivojlantirishni ta’minlaydigan ijtimoiy kafolatlaming ta’sirchan tizi-
mini vujudga keltirish;
- respublika tashqi iqtisodiy faoliyati mexanizmini sifat jihatdan
o ‘zgartirish, shu jumladan, eksport, import operatsiyalari sohasidagi
huquqlar va imkoniyatlam^engaytirish;
- xorijiy sarmoyalar O^fcekiston SSR iqtisodiyotiga investitsiya
kiritishi, chet el sayyohligini rivojlantirish va hokazo;
- respublika va mahalliy hokimiyat hamda boshqaruv idoralari-
ning vakolatlari va mas’uliyatini ajratib qo‘yish, xalq deputatlari ma
halliy sovetlarining to ia hokimiyati tashkiliy-huquqiy va moliyaviy-
iqtisodiy kafolatlarini ta’minlash;
- respublikadagi iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlami tartifcga so-
lishda qatnashuvchi demokratik jamoat muassasalari iste’molchilar
25
jamiyatlari, ishlab chiqaruvchilar uyushmalari, ekologiya va fan-
texnika jamiyatlari, xayriya jam g‘armalari va shu kabilami vujudga
keltirishga ko‘maklashish nazarda tutildi.
Umuman, 0 ‘zbekiston rahbariyati SSSR Hukumatiga 0 ‘zbe-
kistonning shoshilinch bozor iqtisodiyotiga o‘tish to‘g‘risidagi ko‘r-
satmasiga e’tiroz bildirib, bu respublika sharoiti uchun birdaniga
to‘g‘ri kelmasligini va bozor iqtisodiyotiga aw alo aholini, birinchi
navbatda, uning kam ta’minlangan qatlamini ijtimoiy kafolatlab,
so‘ng o ‘tish borasida 0 ‘zbekiston o ‘zi mustaqil harakat qilishini
m a’lum qildi.
1990-yil 29-avgustida 0 ‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi
«Ittifoqning yangi shartnomasi va boshqariladigan bozor iqtisodi
yotiga o‘tish programmasining asosiy qoidalari va yo‘l-yo‘riqlariga
nisbatan respublikaning tutgan o‘mi to 'g ‘risida»gi masalani ko‘rib
chiqib, bu borada shoshilmaslik joizligini yana bir bor ta’kidladi.
Oliy Sovet Prezidiumi Ittifoqning yangi shartnomasini tuzish hamda
boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o ‘tish dasturi bo‘yicha tayyor-
langan takliflar birinchi turkumini chuqur o ‘rganib chiqish va muho-
kama qilish uchun 0 ‘zbekiston Oliy Soveti, Kompartiya Markaziy
Qo‘mitasi, 0 ‘zbekiston SSR Faniar akademiyasi va boshqa tashki-
lotlarga yubordi.
Ko‘rinib turibdiki, yangi Ittifoq Shartnomasi loyihasi av-
valgi yillardagidek darhol 0 ‘zbekiston tomonidan quwatlanma-
di, bu yerda birinchi navbatda 0 ‘zbekistonning milliy manfaatla-
ri himoya qilinishi nazarda tutildi. Yangi Ittifoq Shartnomasini: «U
0 ‘zbekistonning siyosiy suverenitetiga zarar yetkazmaydimi?» - de-
gan nuqtayi nazardan kelib chiqqan holda imzolash ko‘zda tutildi.
Shunga muvofiq respublika hukumati iqtisodiy Mustaqillikni
bosqichma-bosqich amalga oshirishni nazarda tutadigan muayyan
dastur ham ishlab chiqdi. Jumladan, uning
Dostları ilə paylaş: |