Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

«Biz ittifoq va res-
publikalarning vazifalarini, burchlarini va o‘zaro majburiyat-
larini aniq-ravshan belgilab qo‘yish, respublikalar mustaqilligi-
ni har jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz», 
- deb ta’kidladi. 
Oradan biroz o ‘tgandan so‘ng - 0 ‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy 
Komitetining 1990-yil 23-martidagi Plenumida u 0 ‘zbekistonning 
iqtisodiy mustaqillikka erishishning asosiy yo‘llarini ko‘rsatib: 
«Siyosiy sistemani yangilash masalalarini O‘zbekistonning iqti­
sodiy mustaqilligi muammolaridan aj raigan holda qarash mum-
kin emas. Bizda bunday mustaqillik uchun shart-sharoit bor», -
degan fikmi bildiradi.
Darhaqiqat, 1980-yillaming oxirlaridan boshlab respublika- 
da iqtisodiy va siyosiy suverenitet uchun qadam-baqadam chora- 
tadbirlar ko‘rildi. Masalan, 0 ‘zbekiston SSR Oliy Soveti 1989-yil 
25-noyabrida bo‘lgan « 0 ‘zbekiston SSRni iqtisodiy va sotsial ri- 
vojlantirishning 1990-yilgi Davlat plani to‘g‘risida»gi masalani mu- 
hokama qilar ekan, respublikaning iqtisodiy mustaqilligiga oid mu- 
him tadbirlami belgiladi. «1990-yilga mo‘ljallangan plan, - deb 
ta’kidlanadi sessiyada, - respublikaning o ‘z-o‘zini mablag‘ bilan 
ta’minlash prinsiplariga o‘tish arafasida uning iqtisodiy mustaqil- 
ligini kengaytirish talablarini hisobga oigan holda tuzilgan edi... Eng 
asosiysi respublikaning sharoiti, o ‘ziga xos xususiyati, an’anaviy 
marosimlari va manbalaridan kelib chiqqan holda territorial xo‘jalik 
hisobining o ‘z konsepsiyasini ishlab chiqishdir».
Sessiya 
1990-yil plani budjet loyihalarida hukumatning 
o ‘zlashtirilgan kapital mablag‘lari sotsial ehtiyojlarga sarf qilinishini 
qonunan to‘g ‘ri va asosli deb hisobladi hamda «respublikaning suve- 
reniteti ayni shunda yaqqol ko‘rinadi», - deb ta’kidladi.
Sessiyada respublikaning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga 
qaratilgan quyidagicha qaror qabul qilindi:
«1990-yilda sovet va xo‘jalik organlari, ilmiy muassasalar 
ishining muhim yo‘nalishi respublikani o‘z-o‘zini boshqarish va o‘z- 
o ‘zini mablag‘ bilan ta’minlash prinsipiga o ‘tishga tayyorlash yuza- 
sidan amaliy tadbirlami ishlab chiqishdan iborat, deb hisoblansin.
0 ‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti bu ish jarayonida ijtimoiy 
ishlab chiqarishning real resurslarini hamda amal qilish imkoniyat- 
lari - strukturani tubdan takomillashtirish va uning ilmiy-texnikaviy 
hamda tashkiliy darajasini oshirish imkoniyatlarini har tomonlama 
qarab chiqsin... amalga oshirilayotgan siyosiy sistema islohotini
ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirishni hisobga oigan
30


holda respublikaning iqtisodiy suverenitetini kengaytirishning asosiy 
yo‘llarini belgilasin».
1990-yil 23-martida 0 ‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Ko- 
mitetining Plenumi bo‘ldi. Unda 0 ‘zbekiston SSRning siyosiy 
suvereniteti masalalariga oid muammolami tahlil etishga va kon- 
sepsiyalarini ishlab chiqishga jiddiy e’tibor berildi. Plenum yangi- 
lanayotgan siyosiy tizimda respublika Kompartiyasining o ‘mi va 
mavqeyi, uning davlat hokimiyati idoralari va jamoat tashkilotlari 
bilan o‘zaro munosabati prinsiplari to‘g‘risidagi masalalarini mu- 
hokama qilib, buyruqbozlikdan, ma’muriyatchilikdan voz kechish 
lozimligini uqtirdi. Shu bilan birga Plenum respublika siyosiy ti- 
zimi to‘g ‘risidagi masalani ko‘rib chiqishni hayot taqozo qilayot- 
ganligini ko‘rsatib, real hokimiyat 0 ‘zbekiston Kompartiyasidan, 
uning barcha darajalaridagi komitetlaridan xalq deputatlari Sovetla- 
riga berilishi bilan bog‘liq barcha qiyinchiliklami yengib o‘tishlari 
lozimligini ta’kidlab, yuzaga kelgan vaziyatda 0 ‘zbekiston SSR 
Prezidenti lavozimini ta’sis etish muhim ahamiyat kasb etadi», -
deb ta’kidladi.
0 ‘zbekistonda 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin