I.
Karimov sessiyada
«Bu
katta ishonch uchun o‘zimning minnatdorchiligimni bildiraman,
men buni, eng aw alo, o‘zbek xalqi, O‘zbekiston SSRning barcha
mehnatkashlari, ishchilar sinfi, dehqonlar, ziyolilar, jumhuriya-
timizda yashovchi hamma millat va xalqlar taqdiri uchun o‘z
zimmamga tushgan ulkan burch va javobgarlik deb qabul qila-
man. Har bir grajdanning konstitutsion huquqi va erkinliklarini
ta’minlash yo‘lida katta mas’uliyat deb tushunaman»,
- dedi.
0 ‘z fikrini davom ettirib, I. Karimov Prezident vazifasiga
to‘xtalib:
«O‘zbekiston Prezidenti sifatidagi o‘zimning asosiy va-
zifalarimni nimadan iborat deb bilaman? 0 ‘zbekiston SSRning
siyosiy mustaqilligini mustahkamlash va yanada takomillashti-
rish, uni yangi va hayotiy mazmun bilan boyitish, shuningdek,
«Prezident boshqaruvi»ning muhim vazifalaridan biri respubli
kaning iqtisodiy mustaqilligini, o‘zini o‘zi idora qilishga o‘tishini
ta’minlashdir. Ayni chog‘da mehnatkashlarning, aholining ham
ma tabaqalari farovonligini oshirish, odamlarning talab va eh-
tiyojlarini qondirish, ijtimoiy sohani tez sur’atlar bilan rivoj-
lantirish - respublika davlat hokimiyati organlaridan, shaxsan
mendan, 0 ‘zbekiston SSR Prezidentidan doimiy e’tibor talab
qiladigan vazifadir».
Shu tariqa Prezident eng qiyin, ziddiyatli, tah-
likali bir paytda qonli to‘qnashuvlami boshdan kechirgan xalq oldida
butun mas’uliyatni ochiq-oydin o ‘z zimmasiga oldi.
Shu bilan birga Prezident o‘z faoliyatining markazida xalqni
m a’naviy yuksaltirish, insonni axloqiy va jismoniy takomilga erish-
tirish turganligini ham alohida uqtirdi.
Gap 0 ‘zbekiston mustaqilligi haqida borganda, shubhasiz,
0 ‘zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qabul qilin-
gan 0 ‘zbekiston Respublikasi «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ning
o‘mi va ahamiya'tiga alohida to‘xtash lozim. Zero, bu muhim hujjat
0 ‘zbekistonning Mustaqillikka erishishida qo‘yilgan navbatdagi mu-
32
him qadamlardan biri edi. Bu umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan
Deklaratsiyani qabul qilishda respublika Oliy Soveti deputatlari fa-
ollik ko‘rsatdilar. 0 ‘zbekistondagi tarixiy shart-sharoit va vaziyatni
hisobga olgan 200 dan ortiq députât XII chaqiriq respublika Oliy
Sovetining ikkinchi sessiyasi ( 1990-yil 18-iyunda) boshlanishidayoq
Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilishni kun tartibiga kiritishni va
kechiktirmasdan shu sessiyada uni qabul qilishni qat’iy talab etdilar.
0 ‘zbekiston SSR Oliy Soveti Rayosati a’zolari, komissiya rais-
lari va muovinlari «Mustaqillik Deklaratsiyasi» xususida fikrlashib,
deputatlar fikrini olish va so‘ng uni sessiyaga olib chiqish lozim, deb
topdilar.
19-iyun kuni 40 dan ortiq députât, doimiy komissiyalaming
raislari, huquqshunoslar tayyorlagan Deklaratsiya matnini batafsil
ko‘rib chiqdi. Natijada bu masala 20-iyun kuni sessiyada kun tartibi
ga kiritildi.
«Mustaqillik Deklaratsiyasi» deputatlar tomonidan moddama-
modda, bandma-band muhokama qilindi, har bir millat o‘z taqdirini
o‘zi belgilashi, Deklaratsiya qoidasi bilan kafolatlanishi qayta-qayta
ta’kidlandi. Unda o ‘zbek xalqining asrlar davomida q o ig a kiritgan
davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot borasidagi boy tarixiy tajriba-
si va an’analari hisobga olinishi uqtirildi.
Natijada sessiyada qabul qilingan «Mustaqillik Deklaratsiyasi»
kirish qismiga qiîyidagicha yozib qo‘yildi:
« 0 ‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi
o ‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib top-
gan boy an’analari, har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash
huquqini ta’minlashdan iborat oliy maqsad haqi, 0 ‘zbekistonning
kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda xalqa-
ro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya
prinsiplariga asoslanib, 0 ‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi-
ning davlat mustaqilligini e’ion qiladi».
Shuningdek, birinchi moddada: « 0 ‘zbekiston SSRning demok-
ratik davlat mustaqilligi respublikaning o‘z hududida barcha tarkibiy
qismlami belgilashda va barcha tashqi munosabatlarda tanho ho-
kimligidin>, - deb belgilab qo‘yildi. Sessiya qabul qilgan bu «Mus
taqillik Deklaratsiyasi» xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan
kutib olindi.
Surxondaryo viloyati, Kuybishev saylov okrugidan sgylangan
députât I.Fayzullayev o‘z his-tuyg‘ularini ifodalab: «Xalqimiz qar-
sak chalib, joyimizdan turib, butun vujudimiz bilan berilib, Musta
qillik Deklaratsiyasini qabul qildik. Butun 0 ‘zbekiston xalqi ko‘rib
2 - 0 ‘zb ek isto n tarixi, 3.
33
turdi. 70 yil davomida 0 ‘zbekiston ishlab topgan mahsulotlarini, bor
xomashyosini o ‘zi yemay boshqa respublikalarga berib keldi. Endi
mustaqillikni q o ig a kiritay deganda... orqaga qaytmaslik lozim».
Shu kundan boshlab respublikada 0 ‘zbekistonning iqtisodiy va
siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi.
Bu borada ba’zi misollami keltirish o‘rinli. Jumladan, 1991-yil
22- yulida 0 ‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi « 0 ‘zbekiston
SSR hududida joylashgan Ittifoqqa bo‘ysunuvchi davlat korxona-
lari, muassasalari va tashkilotlarini « 0 ‘zbekiston SSRning huquqiy
tobeligiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilib, jumladan, unda
« 0 ‘zbekiston SSRning «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ga amal qilib,
bozor iqtisodiyotiga o ‘tish sharoitida mehnat jamoalari manfaatlarini
himoya qilish va ulaming xo‘jalik mustaqilligini ta’minlash maqsa-
dida respublika hududida joylashgan ittifoqqa bo‘ysunuvchi davlat
korxonalari, muassasalari va tashkilotlari 0 ‘zbekiston SSRning hu
quqiy tobeligiga o‘tadi», - deb qayd qilindi.
Shuningdek, ushbu qarorda « 0 ‘zbekiston SSR Prezidenti hu-
zuridagi Vazirlar Mahkamasiga Ittifoqqa bo‘ysunuvchi korxonalar,
muassasalar va tashkilotlaming 0 ‘zbekiston SSR huquqiy tobeligiga
o'tishi tartibini belgilash vazifasi topshirildi».
Yana bir misol: respublika Oliy Soveti Prezidiumi «Chakana
narxlar amalga oshirilayotgan bir davrda mehnatni rag’batlan-
tirishni kuchaytirish va mehnatkashlaming ijtimoiy himoyalan-
ganligini ta’minlash maqsadida, 0 ‘zbekiston SSRning «Musta
qillik Deklaratsiyasi»ga hamda «O'zbekiston SSRdagi korxona
lar to‘g ‘risida»gi qonunga muvofiq «1991 -yilgi Ittifoq budjeti»
to‘g'risidagi SSSR Qonuni 8-moddasining «korxonalar iste’mol fon-
dini ko'paytirishni cheklashga oid qismi amal qilishini O ’zbekiston
hududida to‘xtatishi» to‘g ‘risida ham qaror qabul qildi. Shunday
qilib, 90-yillaming dastlabki davrlanda 0 ‘zbekiston SSR Prezi
denti I. Karimov, O'zbekiston SSR Oliy Kengashi va Hukumati
0 ‘zbekistonning siyosiy-iqtisodiy mustaqilligi, uning milliy suve-
reniteti uchun dadil qadamlar qo‘ydilar. Bu keng jamoatchilik to-
monidan ham qoniqish bilan kutib olina boshladi. Masalan, Tosh-
kent siyosatshunoslik va boshqaruv instituti 1991-yili fevral oyida
Toshkent, Samarqand, Farg’ona shaharlarida 10 ta sanoat korxona-
sida 400 ishchi bilan sotsiologik so‘rov o‘tkazdi. So'ralganlaming
67,8 foizi mamlakatdagi iqtisodiy ahvol yaxshilanmaydi, deb, 72
foizdan ortig’i esa hayotdan qoniqmayotganini aytdi. Ishchilarda
sobiq markazning sotsial-siyosiy tartibotlariga ishonmaslik vujudga
keldi. Masalan: «Umumittifoq va mahalliy hokimiyat hamda bosh-
3 4
i|tiiitv organlariga sizning munosabatingiz qanday?», - deb berilgan
Dostları ilə paylaş: |