Birinchidan, shuni uqtirish lozimki, o‘zbek xalqi o‘z taqdiri-
ni o ‘zi belgilash huquqiga ega bo‘ldi, xalq davlat hokimiyatining
birdan-bir sohibi, egasi, xo‘jayini bo‘lib qoldi.
Ikkinchidan, 0 ‘zbekiston mustaqilligi respublikada adolatli,
demokratik, insonparvar jamiyat qurish uchun yo‘l ochib berdi, o ‘z
milliy davlatchiligini barpo qilishga imkoniyat yaratdi.
Uchinchidan, mustaqillik tufayli 0 ‘zbekiston xalqaro miqyos-
da o‘zini tanitish, ayni chog‘da xalqaro huquq me’yorlari asosida
jahondagi barcha davlatlar bilan teng hamkorlik qilish imkoniyatini
qo‘lga kiritdi. Jahon xaritasida 0 ‘zbekiston yangi, yosh mustaqil
davlat sifatida o ‘z o‘miga ega b<^ldi.
To‘rtinchidan, iqtisodiyotap tub o ‘zgarishlar qilish uchun im
koniyat yaratifdi. Ya’ni jahon amaliyoti isbotlagan bozor iqtisodi-
yotiga o‘tish uchun sharoit barpo etdi. Mulkka munosabat tubdan
o ‘zgarib, jamiyatda yangi mulkdorlar sinfini shakllantirish uchun
imkon ochildi.
Beshinchidan, mustaqillik xalqning ma’naviy uyg‘onishi uchun
to‘la imkoniyat yaratdi. Yurt tarixi, qadimiy madaniyat tiklana bosh-
ladi. Xalqning azaliy urf-odatlari, ma’naviy qadriyatlari unga qayta-
rib berildi. Dinga munosabat mutlaqo ijobiy tomonga o ‘zgardi.
Shunday qilib, qo‘lga kiritilgan mustaqillik o ‘zbek xalqi tarixida
tamoman yangi davmi boshlab berdi, milliy dunyoqarashda yangi-
cha tafakkur shakllana bordi. Xalq yengil nafas olish imkoniyatiga
ega bo‘ldi. U endi kelajakka ishonch bilan qaray boshladi. 0 ‘z yurti-
ning to‘la xo‘jayini ekanligini, o‘z taqdirini o ‘zi belgilash imkoniya
tini qo‘lga kiritganligini his qila boshladi.
Bu buyuk olamshumul va abadiyat bilan bog‘liq boig an tarixiy
voqelikdir!
4 5