Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

ISLOM ABDUG‘ANIYEVICH KARIMOV
Davlat va siyosat arbobi, 0 ‘zbekiston Respublikasining birinchi 
Prezidenti. 1938-yilda Samarqandda tug‘ilgan. 0 ‘rta Osiyo politex- 
nika instituti va Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tugatgan. 1960- 
yildan «Tashselmash» zavodida aw al master yordamchisi, so‘ng 
master, texnolog, 1961-yildan V.P.Chkalov nomidagi Toshkent avi- 
atsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis- 
konstruktor, 1966-yildan 0 ‘zbekiston Davlat plan komitetida fan 
va yangi texnikani joriy etish boTimining bosh mutaxassisligidan 
respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi o‘rinbos!figacha 
b o ig an yoTni bosib o‘tdi. 1983-yildan 0 ‘zbekiston moliya vaziri, 
1986-yildan 0 ‘zbekiston Ministrlar Soveti raisining o‘rinbosari-
4 7


respublika Davlat plan komitetining raisi. 1986-yil dekabridan 
0 ‘zbekiston Kompartiyasi Qashqadaryo viloyati partiya komitetining 
birinchi kotibi. 1989-yil iyunidan 0 ‘zbekiston Kompartiyasi Marka- 
ziy Komitetining birinchi kotibi. 1990-yil 24-martdagi 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasida 0 ‘zbekiston Prezidenti etib 
saylandi. I. Karimov 1991-yil 29-dekabrda birinchi bor muqobillik 
asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti etib saylandi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi- 
ning 89-moddasiga muvofiq, u ayni vaqtda davlat va ijro etuvchi 
hokimiyat boshlig‘idir. I. Karimov 1991-yil 31-avgustda Toshkent- 
da 0 ‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qil- 
di. I. Karimov 0 ‘zbekistonda davlat tuzumini mustahkamlashda
respublikaning ichki va tashqi siyosatida tinchlik va barqarorlikni 
ta ’ minlashda j onbozlik ko ‘ rsatmoqda.
1995-yil 26-martda umumxalq ovozi (referendum) bilan I. Ka- 
rimovning Prezidentlik vakolati 1997-yildan 2000-yilgacha uzayti- 
rildi. 2000-yil 9-yanvar kuni 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
saylovi bo‘lib o ‘tdi. Muqobillik va demokratik tamoyillar asosida 
o‘tkazilgan ushbu saylovda saylovchilaming 91,90 foizi Islom Kari­
mov nomzodini qoilab-quvvatladi va Markaziy saylov komissiyasi- 
ning qaroriga muvofiq Islom Abdug‘aniyevich Karimov 0 ‘zbekiston 
Respublikasining Prezidenti etib saylandi.
I. Karimovning eng muhim asarlari ingliz, fransuz, ispan, nemis, 
hind, xitoy, arab kabi o‘nlab turli xorijiy tillarga tarjima qilinib, chet 
ellarda bir necha bor nashr qilingan. Respublikamizda esa I. Kari­
mov asarlarining 15 jildlik to'plami quyidagi nomlarda nashr qilin­
gan:
1- 
jild. I. Karimov, « 0 ‘zbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, 
mafkura», Toshkent, « 0 ‘zbekiston», 1996-yil;
2- 
jild. I. Karimov, «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin», Tosh­
kent, « 0 ‘zbekiston», 1996-yil;
3- 
jild. I. Karimov, «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir», Tosh­
kent, « 0 ‘zbekiston», 1996-yil;
4- jild. 
I. 
Karimov, «Bunyodkorlik yoTidan», Toshkent, 
« 0 ‘zbekiston», 1996-yil;
5- 
jild. I. Karimov, «Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi», 
Toshkent, « 0 ‘zbekiston», 1997-yil;
6- 
jild. I. Karimov, «Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yoTida», 
Toshkent, « 0 ‘zbekiston», 1998-yil;
7- 
jild. I. Karimov, «Biz kelajagimizni o‘z qoTimiz bilan qura- 
miz», Toshkent, « 0 ‘zbekiston», 1999-yil;
4 8


8- 
jild. I. Karimov «Ozod va obod vatan, erkin va farovon 
hayot - pirovard maqsadimiz». Toshkent, « 0 ‘zbekiston», 2000-yil;
9- 
jild. I. Karimov «Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz». 
Toshkent, « 0 ‘zbekiston», 2001-yil;
10- 
jild. I. Karimov «Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq 
kerak». Toshkent, « 0 ‘zbekiston», 2002-yil;
11- 
jild. I. Karimov «Biz tanlagan yoT - demokratik taraqqiyot 
va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo‘li». Toshkent, « 0 ‘zbekiston», 
2003-yil;
12- 
jild. I. Karimov «Tinchlik va xavfsizligimiz o ‘z kuch- 
qudratimizga, hamjihatligimiz va qat’iy irodamizga bog‘liq». Tosh­
kent, « 0 ‘zbekiston», 2004-yil;
13- 
jild. I. Karimov « 0 ‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qa- 
ram boTmaydi». Toshkent, « 0 ‘zbekiston», 2005-yil;
14- 
jild. I. Karimov «Inson, uning huquq va erkinliklari - oliy 
qadriyat». Toshkent, « 0 ‘zbekiston», 2006-yil;
15- 
jild. I. Karimov «Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlami 
chuqurlashtirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning ha­
yot darajasini oshirish - barcha ishlarimizning mezoni va maqsadi- 
dir». Toshkent, « 0 ‘zbekiston», 2007-yil;
I. Karimov 0 ‘zbekiston Qahramoni unvoni (1994-y.), «Musta- 
qillik» (1996-y.)., «Amur Temur» ®998-y.) ordenlari sohibi. I. Ka­
rimov xalqaro naunosabatlami rivojlantirishdagi salmoqli hissasi 
uchun bir qator xorijiy davlatlaming va nufuzli xalqaro tashkilotlar- 
ning orden va medallari bilan mukofotlangan. U 0 ‘zbekiston Fanlar 
Akademiyasining akademigi (1994-y.), nufuzli xalqaro akademiya- 
laming faxriy a ’zosi.
*
*
*
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 5-boTimining XIX 
bobida 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maqomi belgilab beril- 
di. Unga ko‘ra 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga 35 
yoshdan kichik boTmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita 
saylovgacha kamida 10 yil 0 ‘zbekiston hududida muqim yashagan 
0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. 0 ‘zbekiston 
Respublikasining Prezidenti 0 ‘zbekiston Respublikasining fuqa- 
rolari tomonidan umumiy, teng va to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri saylov huquqi 
asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan yetti yil muddatga saylana- 
di. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzodter soni 
cheklanmaydi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida say- 
lovchilaming kamida 50 foizi qatnashgan taqdirda saylov haqiqiy
4 9


deb hisoblanadi. Umuman 0 ‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha ovoz 
berishda qatnashgan saylovchilar ovozlarining yarmidan ko‘pini 
olgan norazod saylangan hisoblanadi. Prezidentni saylash tartibi 
0 ‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan 
« 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonu- 
ni bilan belgilanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining dav- 
lat qurilishi sohasidagi tajribasidan unumli foydalanish maqsadida 
vakolati tugashi munosabati bilan iste’foga chiqqan Prezident umr- 
bod Oliy Majlis yuqori Palatasi - Senati a ’zosi lavozimini egallashi 
ko‘zda tutilgan.
0 ‘zbekiston Respublikasining Prezidenti o‘z vazifasini ba- 
jarib turgan davrda boshqa haq to‘lanadigan lavozirnni egallashi, 
vakillik organining deputati boiishi, tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug‘ullanishi mumkin emas.
Prezidentning shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasining Prezidenti lavozirnni ijro etishga 
kirishish chog‘ida 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qasam- 
yod qiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiya tomonidan 
davlat, xo‘jalik, ijtimoiy-madaniy qurilish, xalqaro munosabatlar so- 
hasida unga berilgan vakolatlarini amalga oshirish maqsadida Kons- 
titutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ulami ijro etish yuzasidan 
respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan far- 
monlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
0 ‘zbekiston Respublikasining Prezidenti betobligi sababli o‘z 
vazifasini bajara olmasligi Oliy Majlis tuzgan davlat tibbiy komissi- 
yasi xulosasi bilan tasdiqlangan taqdirda o‘n kun muddat ichida Oliy 
Majlisning favqulodda yig‘ilishida deputatlar orasidan 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi saylanadi. 
Bu holda uch oy muddat ichida 0 ‘zbekiston Respublikasi Preziden­
tining umumxalq saylovi o‘tkazilishi shart.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlaming na- 
tijasini, davlatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini, jahon 
taraqqiyotiga qo'shayotgan munosib hissasini mamlakat fuqarolari 
ham xorijdagi siyosatdonlar va davlat arboblari ham tan olmoqdalar.
Tarixan g ‘oyat qisqa muddatda q o ig a kiritilgan yutuqlar 
mazmun-mohiyati va butun ko‘lami bilan bir necha o ‘n yilliklarga 
teng. Zotan, qisqa fursatda jamiyatni tubdan o‘zgartirish, huquqiy 
demokratik davlatni vujudga keltirish turmushimizga demokratik ja- 
rayonlami chuqurlashtirish borasida katta ishlar amalga oshirildi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, jamiyatni takomillashti-
50


rish, aholi dunyoqarashi va tushunchalarini yangi g‘oyalar bilan 
boyitish uzoq muddatli jarayon. Yoki boshqacha qilib aytganda 
0 ‘zbekistonning yangi asrdagi dasturiy faoliyatidir. 0 ‘tish davri- 
dek hozirgi murakkab, ziddiyatli, keng miqyosli islohotlar avj oigan 
bir paytda esa Davlat boshqaruvidagi izchillikning saqlab turilishi, 
boshlangan og‘ir va xayrli ishlami bir me’yorda olib borish va oxi- 
riga yetkazish jamiyat hayotida ham, fuqarolar hayotida ham muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Ana shu nuqtai nazardan qaraganda Oliy Majlisning mamlakat- 
da Prezident vakolatini 2000-yilgacha cho‘zish yuzasidan umumxalq 
referendumini o‘tkazish to‘g ‘risida qabul qilingan qarori shu qaror 
asosida o‘tkazilgan referendum katta siyosiy-ijtimoiy ahamiyat kasb 
etdi. Qolaversa, mazkur qaror va uning sharhlarida boshqa yana bir 
qator o‘ta muhim, har bir fuqaro hayotiga daxldor masalalar aniq 
ko‘rsatib berilgan.
Shu yerda kitobxon e ’tiborini bir narsaga tortmoqchimiz. Rivoj- 
langan mamlakatlarda (deylik, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Germa- 
niya, Fransiya, Koreya va boshqalar) Prezident almashinuvi yoki 
saylovlari va boshqa siyosiy hodisalar oddiy fuqarolar yoki umuman 
jamiyat hayotida keskin burilishlarga sabab bo‘lmaydi. Chunki, ular 
uchun aniq qonunlar asosida o‘zlarini o‘zlari boshqarish hayot tarziga 
aylanib qolgan. Demak, amaldagi qonunlar bo‘yicha faoliyatlarini 
davom ettiraveradilar. Prezident esa jamiyat taraqqiyotining umumiy 
yo'nalishlarini, davlat siyosatining asosiy tamoyillarini yangi tari- 
xiy sharoitlarda, yangicha ehtiyojiar nuqtai nazaridan boyitib boradi, 
xolos.
0 ‘tish davrida esa vaziyat boshqacha - ancha murakkab. Har 
qanday davlat siyosatida, endigina shakllanayotgan boshqaruv tizi- 
mi va qonunchilikda izchillikning saqlab turilishi tabiiy va sama- 
rali hodisa sifatida baholanadi. Qolaversa, ta’bir joiz bo‘lsa, xalq 
iborasi bilan aytganda, «kechuvda otlar almashtirilmaydi». Chunon- 
chi, qo‘shni mamlakatlarda yuz berayotgan noxush voqealar bunga 
yaqqol misol bo‘la oladi. Masalan, shundoq ham ijtimoiy-siyosiy 
vaziyat chigal bo‘lgan Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston, Tojikiston- 
da davlat rahbarlari to‘rt marta, Ukraina, Belorus, Moldova, Boltiq 
bo‘yi mamlakatlarida 3-4 martadan almashdi. Har qanday mamla- 
katda siyosiy barqarorlik mavjud bo‘lgan sharoitdagina ishlab chiqa- 
rishdagi muvozanat, iqtisodiy va ijtimoiy, umuman har tomonlama 
barqarorlik toda saqlanishi mumkin.
Majlisda qayd etilganidek, 2000-yilning 9-yanvari musta- 
qil 0 ‘zbekistonimiz tarixida asrlar tutashgan paytda sodir bodgan,
51


davlatimizning XXI asrdagi taqdiriga va taraqqiyotiga jiddiy ta’sir 
ko‘rsatadigan muhim siyosiy voqea sifatida muhrlanib qoladi. 0 ‘zbe- 
kiston fuqarolarining aksariyati hozirgi davlat boshlig‘ining rahbarligi 
ostida va tashabbusiga ko‘ra amalga oshirilayotgan siyosiy va ijtimoiy- 
iqtisodiy o‘zgarishlami qo‘llab-quwatlagan holda Islom Karimov 
nomzodi uchun ovoz berdi. B o iib o ‘tgan saylovning ahamiyati uning 
muqobillik va demokratik tamoyillar asosida o‘tganligidadir. Say- 
lovchilarga tanlash imkoniyati berildi va ular o‘z xohish-irodasiga 
binoan, o‘zi tanlagan nomzod uchun ovoz berdi. Shak-shubhasiz, 
bu hoi jamiyatimizda fikrlar xilma-xilligi va qarashlaming turlicha 
bo‘lishi uchun katta turtki beradi, davlatning ijtimoiy-siyosiy va iqti- 
sodiy hayotining yanada erkinlashtirilishiga zamin hozirlaydi.
2000-yil 11-yanvarda 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy say- 
lov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis kun tarti- 
bi bitta masalaga - 2000-yil 9-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti saylovi natijalariga bag‘ishlandi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi okrug 
saylov komissiyalaridan kelib tushgan bayonnomalar asosida shuni 
aniqladiki, 9-yanvarda b o iib o ‘tgan saylovda ro‘yxatga olingan 12 
million 746 ming 903 saylovchidan, 12 million 123 ming 199 say- 
lovchi ishtirok etdi. Bu esa ro‘yxatga olingan saylovchilaming umu- 
miy miqdorining 95,10 foizini tashkil etadi. Fidokorlar milliy de­
mokratik partiyasining nomzodi ko‘rsatilgan Islom Karimov uchun 
11 million 147 ming 621 saylovchi yoki saylovchilaming 91,90 foizi 
ovoz berdi. 0 ‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzodi 
ko‘rsatilgan Abdulhafiz Jalolov uchun 505 ming 161 saylovchi yoki 
4,17 foiz saylovchi ovoz berdi.
0 ‘zbekiston Respublikasining « 0 ‘zbekiston Respublikasi Pre­
zidenti saylovi to‘g ‘risida»gi Qonunining 35-moddasiga muvo- 
fiq, 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Islom 
Abdug‘aniyevich Karimovning 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
lavozimiga saylanganligi to‘g‘risida qaror qabul qildi.
2007-yil 23-dekabr kuni 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
saylovi b o iib o‘tdi.
Saylov muqobillik asosida mamlakatimiz Konstitutsiyasi va 
saylov qonunchiligida belgilangan demokratik tamoyillarga to ia
muvofiq tarzda o ‘tdi. Unda 0 ‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, 
0 ‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va 
ishbilarmonlar harakati - 0 ‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, 
shuningdek, saylovchilar tashabbuskor gumhidan nomzodlar ishti­
rok etdi.
52


14 ta saylov okrugi, 8266 ta saylov uchastkasi aloqa vositala- 
ri, kompyuter va orgtexnika, saylov qonunchiligi me’yorlariga oid 
adabiyotlar bilan ta’minlandi. Mamlakatimizning barcha hududla- 
rida okrug va uchastka saylov komissiyalari a’zolari uchun o‘quv 
seminarian tashkil etildi. Saylovchilar, aw alo, birinchi marta ovoz 
berayotgan saylovchilaming huquqiy savodxonligini oshirish maqsa- 
dida saylov komissiyalari tomonidan ko‘plab uchrashuvlar, seminar- 
lar, jumladan, televideniye va bosma ommaviy axborot vositalaridan 
keng foydalangan holda o‘tkazildi.
Shuningdek, saylov jarayonining qariyb 23 ming 300 nafar ku- 
zatuvchi ishtirokida kuzatib borilishi ham saylovning ochiq va osh- 
kora o‘tishini ta’minladi. Beshta xalqaro tashkilot - MDH, EXHT, 
SHHT, YevrAzES, IKT, 30 dan ortiq xorijiy mamlakatlardan kelgan 
kuzatuvchilar, shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga 
nomzod ko‘rsatgan siyosiy partiyalar va saylovchilar tashabbuskor 
guruh vakillari saylovni kuzatib bordi. Bundan tashqari, saylov jara- 
yonini yoritishda 300 nafarga yaqin mamlakatimiz va xorijiy juma- 
listlar ishtirok etdi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlariga ko‘ra, 
Islom Karimov 13 million 8 ming 357 yoki saylovda qatnashgan 
saylovchilar umumiy sonining 92,1 foizi ovozini oldi. Asliddin Rus- 
tamov 468 ming 64 ovoz - ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar 
umumiy sonining» 3,17 foizi, Akmal Saidov 420 ming 815 ovoz -
2,85 foizi, Dilorom Toshmuhamedova 434 ming 111 ovoz - 2,94 
foizi miqdorida ovozga ega bo‘ldi. Bunda byulletenlaming 2,94 foizi 
haqiqiy emas, deb topildi.
0 ‘zbekiston mustaqilligining tarixan qisqa davri mobaynida 
erishilgan yutuqlar bevosita Islom Abdug‘aniyevich Karimov nomi 
bilan bog‘liq. Buni quyidagilarda ko‘rish mumkin:

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin