Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Xalq sevar, ona yurt, mangu bo‘l obod!
N a q o r a t:
Oltin bu vodiylar - jon 0 ‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo ‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor.
0 ‘zbekiston mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lgan kundanoq
dastlab mustaqillikka erishgan Boltiqbo‘yi
respublikalari bilan teng
huquqli davlat sifatida munosabat o ‘matish uchun harakat boshladi.
1991-yilning 30-sentabrida respublika Oliy Kengashi Latviya, Lit-
va va Estoniya respublikalari mustaqilligini e’tirof etish to‘g ‘risida
qaror va shu respublikalar Oliy Kengashlariga Murojaatnoma qabul
qildi. Jumladan, Latviya Respublikasining
Oliy Kengashini, butun
xalqini Latviya to‘la davlat mustaqilligiga erishganligi, u xalqaro
ko‘lamda keng tanilganligi va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qa
bul qilinganligi bilan tabrikladi. Tabriknomada,
jumladan, shunday
so‘zlar bitilgan edi:
«Latviya bilan 0 ‘zbekiston o ‘rtasidagi munosabatlar an’anaviy
do‘stlik ruhida bo‘lib, xayrixohlik va ikkala respublikaning suvere-
nitetini tan olish prinsiplariga asoslanadi. Mustaqil 0 ‘zbekiston bun-
dan buyon teng huquqlilik va o‘zaro hurmat asosida har tomonlama
iqtisodiy va madaniy aloqalami sifat jihatidan yangi darajada davom
ettirish niyatida.
Latviya xalqiga mustaqil demokratik
davlat qurilishida katta
muvaffaqiyatlar, baxt va ravnaq tilaymiz».
Xuddi shu mazmundagi murojaatnomalar Litva va Estoniya
Respublikalari Oliy Kengashlari nomiga ham yuborildi. Mustaqil-
lik qo‘lga kiritilgan davrdan boshlab 0 ‘zbekiston tarixida mutlaqo
yangi davr boshlandi.
0 ‘zbekiston o ‘z suverenitetini qo‘lga kiritgandan so‘ng
bu haq-
da respublika ichkarisida ham, uning tashqarisida ham ayrim kishilar
turlicha qarashlami ilgari surdilar. Jumladan: « 0 ‘zbekiston osongi-
na, kurashsiz mustaqil bo‘lib oldi», - degan fikrlar paydo boidi.
To‘g‘ri, 1991-yilning o ‘rtalariga kelib sobiq SSSRning yemirilishi,
Ittifoq hukumati esa boshqaruv jilovini qo‘ldan chiqarib yuborgan-
ligi tufayli mustaqillikka erishish uchun
qulay tarixiy shart-sharoit
paydo bo‘ldi. Biroq, tarixiy tajriba shuni isbotladiki, o‘ta murakkab
4 4
rahbarlik siyosatining muhim jihatlaridan biri hal qiluvchi qadamni
to‘g ‘ri belgilash va qat’iy harakat boshlashdan iborat.
0 ‘zbekiston rahbariyati ana shunday donolik bilan harakat qildi,
eng qulay paytdan
dadillik bilan foydalanib, respublikaning davlat
mustaqilligini e’lon qildi.
Mustaqillik bu in’om emas, balki butun xalqning, millionlaming
uzoq yillik intilishi tufayli qo‘lga kiritilgan tarixiy kurashning nati-
jasi - buyuk g‘alaba. Zotan, 0 ‘zbekistonning davlat mustaqilligiga
ega bo‘lganligi buyuk tarixiy ahamiyatga ega voqea hisoblanadi.
Chunonchi:
Dostları ilə paylaş: