Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


-§. 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

3-§. 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining
umumxalq tomonidan ma’qullanishi
0 ‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e ’lon qi- 
linganidan keyingi tarixiy vaziyat shunday ediki, endi davlat, xalq 
o‘z taqdirini o‘zi belgilaydi, deb e’lon qilish yetarli emas edi. 
0 ‘zbekistonning davlat mustaqilligi bilan bog’liq qonunlar tizimini 
yaratish zarur edi. Ayni paytda mustaqillik g‘oyasini ham faqat bir 
tomonlama - havoyi va yuzaki talqin qilib bo‘lmas edi. Binobarin, 
erishilgan mustaqillikni sobitqadamlik bilan mustahkamlash, buning 
uchun izchil kurashish lozim edi.
0 ‘zbekiston erishgan istiqlolni mustahkamlashda xalq tomo­
nidan uning ma’qullanishini hisobga olib, mamlakatda referendum 
o‘tkazishga qaror qilindi. 1991-yil 18-noyabrida Oliy Kengash 
VIII sessiyasi 0 ‘zbekiston Respublikasi referendumini o ‘tkazish 
to‘g ‘risida qaror qabul qildi. Shunga muvofiq 29-dekabrda: «Siz 
Oliy Kengash tomonidan 0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat 
deb e’lon qilinishini m a’qullaysizmi?» - degan masalada referendum 
o‘tkazishga katta tayyorgarlik ko‘rildi. Referendumni uyushqoqlik 
bilan o‘tkazish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi 13 okrug, 
7 ming uchastka saylov komissiyalarini tuzdi. Ular joy larda referen­
dum o‘tkazish haqidagi Qonunning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash 
borasida katta tashkiliy ishlami olib bordilar. Umumxalq referen- 
dumiga 10 millionga yaqin kishi, yoki saylov ro‘yxatiga kiritilgan-
4 0


lurning 94,1 foizi qatnashdi. Referendumda qatnashganlaming 98,2 
foizi 0 ‘zbekiston Respublikasining mustaqil davlat, deb e’lon qili- 
nishini yoqlab ovoz berdi. Shuni aytish kerakki, referendum butun 
respublika hududida qonun asosida tashkiliy jihatdan uyushqoqlik
fuqarolaming yuksak siyosiy faolligi bilan o‘tdi. Buni referendumda 
AQSH, Turkiya, Malayziya va boshqa mamlakatlardan kelgan beta- 
raf kuzatuvchilar ham tasdiqladilar.
0 ‘zbekistonning mustaqil respublika, deb e’lon qilinishi faqat 
mamlakat xalqi emas, balki jahon jamoatchiligi tomonidan ham qo- 
niqish bilan kutib olindi. Buni mustaqillik kunlarida O'zbekiston 
Respublikasi Prezidenti nomiga kelgan tabriklardan ham bilsa 
bo‘ladi. Jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlarining o‘sha paytdagi 
Prezidenti Jorj Bush I. Karimov nomiga yuborgan telegrammada 
shunday deydi:
«Qadrli janob Prezident. SSSR tarqatilgandan so‘ng, Sizning 
mamlakatingizda yuz bergan tarixiy o‘zgarishlar munosabati bilan 
shuni m a’lum qilish menga qoniqish beradiki, Amerika Qo‘shma 
Shtatlari Hukumati 0 ‘zbekistonni mustaqil dlm at sifatida tan 
oldi».
Shuningdek, Shvetsiya Bosh vaziri Karl Bilodt o ‘z telegramma- 
sida:
«Shvetsiya hukumati nomidan Shvetsiya hukumati 0 ‘zbekiston 
Respublikasini süßeren va mustaqil davlat sifatida tan olish haqida 
qaror qilganligini ma’lum qilishdan baxtiyorman.
Shu munosabat bilan Shvetsiya hukumati nomidan 0 ‘zbekiston 
xalqiga ezgu ishlarida muvaffaqiyatlar tilayman», - degan iliq istak- 
lar bildiradi.
0 ‘zbekiston mustaqil davlat, deb e ’lon qilingan kunning o‘zi- 
dayoq mustaqil davlat ramzlarini joriy qilish yuzasidan amaliy 
choralar ko‘rildi. 0 ‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i 
to ‘g ‘risida, respublika gerbining nusxasi va Davlat madhiyasining 
musiqiy bayoni haqida maxsus qaror qabul qilindi. Unda Konsti- 
tutsiya komissiyasining ekspert guruhiga Davlat bayrog‘ining va- 
riantlari ustida ishlashni davom ettirish, Oliy Kengashning tegishli 
qo‘mitalariga Konstitutsiya komissiyasi ijodiy guruhi bilan hamkor- 
likda Davlat bayrog‘i, madhiyasi haqida qonun loyihalarini ishlab 
chiqib, navbatdagi sessiyaga taqdim etish topshirildi.
0 ‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, o‘zining xalq- 
aro talablar va me’yorlar doirasida qiyofasini ko‘rsatmog‘i,*?buning 
uchun esa o ‘zining butun imkoniyatlarini, o ‘ziga xos jihatlarini ifo- 
dalovchi davlat ramzlariga ega bo‘lmog‘i lozim edi. Odatda ramzlar
41


shunchaki ranglar yig'indisidan iborat boTgan shakllar emas, ular 
ayni ana shu davlatning va shu mamlakat fuqarolarining o‘zligidan 
kelib chiqmog‘i, qolaversa, davlat siyosatining mazmun-mohiyatini 
o ‘zida mujassam etmog‘i kerak.
0 ‘zbekiston o ‘z mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq ana 
shu muhim siyosiy hodisaga alohida e’tibor bilan qaradi. Chunki 
juda qisqa fiirsatda o‘z mustaqilligini qonun bilan mustahkamlab, 
uning jahon hamjamiyatida tan olinishini, shunday mamlakat borligi 
e’tirof etilishining muhim yo‘llaridan biri sifatida qaradi. Bir qator 
yosh mustaqil mamlakatlarda turli siyosiy qarashlar jazavaga kelib, 
fikrlar chuvalashib, «kalavaning uchi topilmay qolgan» bir paytda 
0 ‘zbekiston o‘zining har bir kuniga va olis istiqboliga qat’iy ishonch 
bilan qaradi. Shuning uchun ham u, eng aw alo, davlat ramzlarini 
qabul qilib, dunyoga ko‘z-ko‘z etib, uni tan oldirish yoTidan bordi. 
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrida 
bo‘lib o‘tgan VIH sessiyasi « 0 ‘zbekiston Respublikasining davlat 
bayrog‘i to ‘g ‘risida» qonunni qabul qildi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, 0 ‘zbekiston Respublikasining 
davlat bayrogT mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo‘lgan g‘oyat 
qudratli saltanatlar an’analariga mos keladigan, ulaming tug‘lari ifo- 
da etgan g‘oyalami davom ettiradigan, ulug‘ ajdodlarimizning aqida 
va maslaklariga va qarashlariga mos keladigan holda millat tabiati 
va xalqimiz ruhiyatidan kelib chiqib, uning milliy va ma’naviy jihat- 
larini ham o‘zida aks ettirmog‘i kerak edi.
Bayroqdagi havorang zangori osmon va musaffo suv ramzi. Mo- 
viy rang - lojuvard - sharqda azaldan qadrlangan. Amur Temur ham 
o‘z bayrog‘iga shu rangni tanlagan.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin