«Menga qan- day yuksak mas’uliyat yuklanganini his qilgan holda xalqning munosib turmush kechiríshi uchun qanday yo‘llar tanlaganimiz haqida ba’zi fikrlar bilan o‘rtoqlashmoqchiman. Xalq iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun qat’iy hara- katlar qilishni kutyapti. 0 ‘tmish qoldiqlari xalq yelkasiga og‘ir yuk b oiib qolgan. Eng muhim vazifalardan biri xalqning baxt- li hayotini ta’minlashdir. Prezident shiddat bilan kirib kelayot- gan bozor zarbalariga bardosh beruvchi, yordamga muhtoj ki- shilarni o‘z homiyligiga olishi kerak. Bular- ko‘p bolali, kam ta’minlangan oilalar, nogironlar... Bundan keyin ham biz uchun shu tamoyil qat’iy bo‘lib qola- veradi». Prezident Oliy Kengashning mazkur sessiyasida Dastur ahami-
yatiga molik bo‘lgan davlat siyosatining strategiyasini aniq-ravshan
ko‘rsatib berdi. Millatlararo munosabatlarni barqarorlashtirish, fu-
qarolarga erkinlik berish, jamiyatda ma’naviy yangilanish uchun
barcha sharoitlar yaratish lozimligini, yosh avlod tarbiyasiga katta
e’tibor berish kerakligini, huquqiy davlatda qonun ustuvor bo‘lishini
alohida ta’kidladi*
Tabiiyki, ushbu qoidalar 0 ‘zbekiston istiqloli va taraqqiyotining
asosiy yo’llarini belgilab berish uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Ma-
salaga ana shunday yondashish - mustaqillikning ilk kunlaridanoq
aniq tartib-intizomga rioya qilish, qonun ustuvorligiga intilish mam-
lakatda eng murakkab paytlarda barqarorlikni ta’minlashda muhim
omil bo‘ldi.
Davlat O ’zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo‘lini ishlab chi-
qar ekan, o‘tmishdan, sobiq sovet tuzumidan meros bo‘lib qolgan
tajribadan saboq chiqardi. Ayni chog‘da 90-yillar boshlarida, ya’ni
mustaqil taraqqiyotning dastlabki yilida amalga oshirilgan ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlami chuqur tahlil qildi. Shu asosda soxta inqilobiy
sakrashlarsiz, fojiali oqibatlarsiz va ijtimoiy larzalarsiz, evolutsion
yo‘l bilan dinamik taraqqiyot yo‘liga o‘tish - tanlab olingan yo‘lning
asosiy mazmun va mohiyatidir, - degan xulosaga keldi.
M a’lumki, o ‘zbek xalqi azaldan jamoa bo‘lib, uyushib yashash-
ga odatlangan, to‘yda ham, azada ham yonma-yon turib, odttiy kun-
larda bir-biriga ko‘maklashgan. Kattalami hurmat qilish, oila va
farzandlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, millatidan qat’i nazar
57
odamlarga xayrixohlik, o'zgalarga yordam tuyg‘usi o ‘zbek xalqiga
tarixan xosdir.
Shuning uchun ham I. Karimov 1992-yil 2-iyulda 0 ‘zbekiston
Oliy Kengashining X sessiyasida «Istiqlol yo‘llari va muammolari»
mavzusida nutq so‘zlar ekan,