5-§. 0 ‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va
taraqqiyot yo‘li
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng kun tartibida ja-
hon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va
iqtisodiy sohada tub
islohotlami amalga oshirish, ulami qonun bilan
mustahkamlaydigan huquqiy tizimni vujudga keltirish vazifasi turar
edi. Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar
va jarayonlar endilikda respublikada barpo
qilinajak yangi jamiyat
manfaatlariga mos kelmas edi. Mulkchilik, mulkka egalik qilish va
uni boshqarish,
ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlat-
ning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini normal izga solish ana shunday jid-
diy yangilanishlami taqozo etar edi.
Shuni
ham aytish kerakki, j ahonda hamma mamlakatbop
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning tamoyillari, barcha uchun tavsiya
etish lozim bo‘lgan tayyor andozalari hech qachon bo‘lmagan va
bo‘lmaydi ham. Shu bilan
birga rivojlanishning madaniy, m a’rifiy,
tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an’analari mavjud
bo‘lgan 0 ‘zbekistonday qadimiy makonda o‘ziga xos yo‘l tanlash
uchun ancha-muncha izlanish lozim edi. Biroq, vaqtni boy bermay,
tezkorlik bilan ish tutish lozim edi.
Shuning uchun ham
Dostları ilə paylaş: