Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

To‘rtinchidan, 
0 ‘zbekistonning 
bozor 
munosabatlariga 
o ‘tishida ijtimoiy ong, ijtimoiy psixologiya masalasini hisobga olish 
lozimligi ham ko‘rsatib berildi.
Chunki, sho‘rolar davrida kishilar ongida ijtimoiy tenglik tu- 
shunchasi, ya’ni yaxshi ishlasam ham, yomon ishlasam ham dav-
58


lat baribir boqadi, degan fikr shakllanib, boqimandalik kayfiyatiga 
tushib qolgan, mulkka egalik tuyg‘usidan uzoqlashgan edi. Bu, al- 
batta, kishilaming mehnatga intilishini scfndirar, ish natijasi uchun 
mas’uliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatar edi. Ularda boqimandalik
tekinxo‘rlik illatlarini chuqurlashtirar edi. Shuning uchun, bozor mu- 
nosabatlariga o‘tishda odamlardagi mana shu kayfiyatni e’tiborga 
olish kerak, deb hisoblandi. Islohotlar davrida xususiylashtirish ja- 
rayonining chuqurlashishi, mamlakatda mulkdorlar sinfini shakllan- 
tirish sari dadil qadamlar qo‘yilishi mana shu omildan kelib chiqqan 
xulosadir.
Beshinchidan, 
hukumat mustaqil 0 ‘zbekiston siyosatini bel- 
gilashda islom diniga munosabatni tubdan o'zgartirish lozimligini 
qayta-qayta uqtirdi. Chunki din turmush tarzimizga o‘chmas muhrini 
bosgan. Dinga nisbatan ijobiy munosabat tashqi siyosatimizda, ay- 
niqsa, musulmon davlatlari bilan o‘zaro aloqalarimizni kengaytirish- 
da katta ahamiyatga ega, - deb ko‘rsatadi.
Oltinchidan, 
0 ‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va siyosiy 
mustaqilligini himoya qilish va ta’minlash imkonini beradigan boy 
moddiy-ma’naviy hamda ishlab chiqarish potensialiga va kadrlar 
qudratiga ega mamlakat ekanligidir. Endi hamma gap ana shu imko- 
niyatlardan unumli foydalanishda edi.
Ushbu xulosalar I. Karimov tomonidan muntazam to‘ldirilib, 
qadam-baqadam yasigi qoida va yo‘l-yo‘riqlar bilan boyitib borildi. 
Xususan, 1992-yil avgust oyi oxirida 0 ‘zbekiston Mustaqilligining 
bir yilligi tantanalari arafasida Prezidentning « 0 ‘zbekistonning o‘z 
istiqlol va taraqqiyot yo‘li» nomli 0 ‘zbekiston mustaqilligining na- 
zariy asoslari chuqur tahlil etilgan asari nashrdan chiqdi. Ushbu ri- 
sola keng jamoatchilik tomonidan ma’naviy hayotdagi yangilik va 
muhim qo‘llanma sifatida kutib olindi. Unda 0 ‘zbekiston istiqloli- 
ning ham nazariy, ham amaliy muammolari ilmiy jihatdan o‘rganilib, 
jamiyat siyosiy rivojining, iqtisodiy taraqqiyotining, m a’naviy pok- 
lanishining asosiy yo‘l-yo‘riqlari yangicha mushohada va yondashuv 
bilan ko‘rsatib berildi.
M a’lumki, jahonning deyarli barcha mamlakatlarida jamiyatning 
bir holatdan ikkinchi bir holatga o ‘tish jarayoni bir necha muhim ij- 
timoiy muammolar bilan uzviy bog‘liq.
Bular:
- davlatning islohotlami o‘tkazishdagi rahnamolik roli;
-jam iyatning moddiy, ma’naviy va ijtimoiy imkoniyatlarflti sa-
farbar etish;
- o ‘rta hoi sinfni shakllantirish;
59


- xalqaro hamkorlikni yanada takomillashtirish masalalaridir.
Ta’bir joiz bo‘lsa, bu omillaming bosqichma-bosqichligi, ular-
ning ahamiyati, shuningdek, ulardan alohida, har binning va barcha- 
si bir butun bo‘lgan holatda beradigan samaradorligi har xil sabab- 
larga bog‘liq.
Lekin, o ‘tish davrining eng muhim omili, bu kuchli davlatni 
barpo etishdir. Bunday davlatsiz mavjud ijtimoiy imkoniyatlami sa- 
farbar etish ham, o‘rta hoi sinfhi shakllantirish ham, xalqaro muno- 
sabatlarda muvaffaqiyatlarga erishish ham mumkin emas.
I. Karimov 0 ‘zbekistonning o ‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini 
ishlab chiqar ekan, aw alo, mamlakatda yaratilajak jamiyat qanday 
mazmun kasb etishiga e’tibor berdi va uning fikricha, O ‘zbekistonda 
bunyod etiladigan jamiyat barcha «izm»lardan va u qanday nomla- 
nishidan qat’i nazar adolatli, xalqchil, insonparvar jamiyat bo‘lmog‘i 
lozim edi.
Shuning uchun ham, respublika ichki va tashqi siyosatining aso- 
siy yo‘nalishlari pirovard natijada chinakam mustaqil 0 ‘zbekistonda 
yangi, adolatli jamiyat barpo etishga qaratildi. 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin