markazlashgan davlat saqlanib qoladimi yoki demokratik jarayoti
lar chuqurlashishi evaziga ittifoqdosh respublikalar suvereniteti
ta’minlanadimi? - degan masala dolzarb bo‘lib qoldi. Ikkinchi to-
mondan, o ‘sha davrdagi SSSR rahbariyati mamlakat ichkarisidagi
vaziyatni to‘g‘ri baholay olmadi, milliy respublikalarda mustaqil-
likka erishishga intilishning tobora kuchayib
borayotganining oldini
ololmay qoldi.
SSSR Oliy Soveti ham, SSSR Prezidenti va Hukumati ham in-
qiroziy holatdan chiqishning y o iin i topa olmay qoldi. Xullas, 90-
yillaming boshlariga kelganda markaz va ittifoqdosh jumhuriyat-
lar o ‘rtasidagi munosabatlar keskinlashib, markaziy hokimiyatning
obro'yi pasayib ketdi. Siyosiy, iqtisodiy va xo‘jalik hayoti boshqa-
rilmay qoldi. Oqibatda turmushning barcha sohalaridagi salbiy ah-
voldan xalqning kun sayin noroziligi ortib, turmush darajasi yomon-
lasha boshladi. Ishlab chiqarish va mehnat intizomi izdan chiqdi. Bu
hol tabiiy ravishda xalqning ko‘zini ochdi,
endi u eskicha buyruq-
bozlik usulini qabul qila olmay qoldi.
Qisqa qilib aytganda, shu vaqtga kelib respublikalar suverenite-
tini va inson huquqlarini poymol qilgan totalitär buyruqbozlik bosh-
qaruvining istiqbolsiz ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsata boshladi.
Buni birgina sobiq SSSRda xalq xo‘jaligini bozor iqtisodiyotiga
o ‘tkazish hamda Yangi Ittifoq Shartnomasi tayyorlash borasidagi na-
tijasiz qadamlarda hfim ko‘rsa bo‘ladi.
Shuni aytish kerakki, sobiq Ittifoqda xalq xo‘jaligini bozor iqti-
sodiga o ‘tkazish masalasi 1987-yili xalq deputatlari II syezdi qarori
va iqtisodiyotni sog‘lomlashtirishga qaratilgan Hukumat Dasturida
tilga olingan, u 1990-yil may oyida Oliy Sovet III sessiyasida muho-
kama qilingan edi.
Xalq deputatlari Hukumat Dasturini muhokama qilar ekanlar,
bozor iqtisodiga o‘tish obyektiv zaruriyat, bundan boshqa yo‘l yo‘q,
degan xulosaga keldilar. SSSR Oliy Soveti III sessiyasining «Bosh-
qariladigan bozor iqtisodiga o ‘tish haqida»gi qarorida bozor iqti
sodiyotiga o ‘tish iqtisodiy islohotlaming
asosiy mazmunini tashkil
qiladi, deb qayd etildi. Shu bois bu boradagi Hukumat konsepsiya-
sini deputatlar fikr-mulohazalari asosida qayta ishlash va 1990-yil
1-sentabriga tayyorlash belgilandi.
SSSR Rahbariyatida shu yo‘nalishdagi amaliy ishlar qizg‘in
tus oldi. 1990-yil 25-iyulda SSSR Prezidentlik Kengashida Bosh
Ministming mamlakatni bozor iqtisodiyotiga o‘tkazish yuzaáftían
qo‘shimcha choralar haqidagi axboroti tinglandi. 1990-yil 27-iyuli
va 30-avgustida SSSR Prezidentining olimlar, mutaxassislar, omma-
21
viy axborot vositalari vakillari bilan iqtisodiy islohotlar mavzuidagi
uchrashuvi boidi.
6-avgustda esa mamlakat Prezidenti M.Gorbachyovning «Yangi
Ittifoq Shartnomasining asosi sifatida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning
Ittifoq Dasturi Konsepsiyasini tayyorlash haqida» Farmoni e’lon qi-
lindi. Bu vazifani bajarish uchun SSSR va RSFSR rahbarlari tomo-
nidan S.Shatalin, I.Petrakov, L.Abalkin, G.Yavlinskiy, S.Aleksenko,
V.Vavilov, A.Grigoryev, M.Zadomiy, V.Martinov, V. Mashchits,
A.Mixaylov, B.Fyedorov, T.Yarigina va Y.Yasinlardan
iborat komis-
siya tuzildi. Komissiyaga 1990-yil sentabridan kechikmasdan Huku-
mat Dasturini ishlab chiqish topshirildi.
1990-yil sentabri boshlarida SSSR Oliy Kengashi IV sessiyasida
N.Rijkov «Boshqariladigan bozor iqtisodiga o‘tishga tayyorgarlik va
mamlakat xalq xo‘jaligida barqarorlikni vujudga keltirish haqida»
ma’ruza qildi. Unda deputatlaming avvalgi fikrlari inobatga olin-
gan variant ishlab chiqilgani aytilsa-da, sessiya Hukumat Dasturini
qabul qilmadi. Buning muhim sababi deputatlarda Hukumatga nis-
batan ishonch yo‘qola borgan edi. Ayni chog‘da Hukumat Dasturi
sobiq Ittifoqni saqlab qolishni, shuningdek iqtisodiyotni
sotsialistik
yoidan rivojlantirishni ko‘zda tutar edi.
1990-yil 11-sentabrda RSFSR Oliy Soveti II sessiyasi S. Shata-
linning «500 kun» Programmasini qabul qildi.
Unda quyidagi masa-
lalar ko‘tarilgan edi:
- Fuqarolami mulkka egalik huquqini, iqtisodiy mustaqillikni,
erkin iste’mol bozori va unda erkin narx;
- korxonaning mustaqil iqtisodiy faoliyat huquqi;
- ittifoqdosh respublikalaming mutlaq suvereniteti;
- aholi turmush darajasini pasaytirmaslikni ko‘zda tutar edi.
SSSR Oliy Sovetining 21-sentabrda bo‘lib o ‘tgan IV sessiya
sida bu Dastur ham qabul qilinmadi. 1990-yil 24-sentabrda sessiya
«Xalq xo‘jaligini barqarorlashtirishning kechiktirib bo‘lmaydigan
vazifalari»ni muhokama qilib, Hukumat Dasturi va S.Shatalin Das-
turidan iborat Yagona Dastur ishlab chiqishga qaror qildi. 1990-
yil 18-oktabrda sessiya: «Bozor iqtisodiyotiga o ‘tish jahon amali-
yotidan kelib chiqqan zarurat, ammo u iqtisodiyotning sotsialistik
yo‘nalishiga ziyon yetkazmaydi», - deb xulosa berdi.
Demak, 80-yillar oxiriga kelib, sobiq mamlakatda xalq
xo‘jaligini bozor iqtisodiyotiga o‘tkazishni hayotning o ‘zi kun tar-
tibiga qo‘ya boshladi va uning huquqiy asoslarini yaratishni zaru-
ratga aylantirdi. Shunday boisa-da, 1990-1991-yillarda iqtisodi-
yot orqaga qarab keta boshladi va xalqning turmush tarzi,
sharoiti
22
yomonlasha bordi. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tanazzulga
yuz tuta boshladi.
Mutaxassislar ana shunday tisarilish hodisasini mamlakat
ijtimoiy-siyosiy hayotiga uchta yo'nalishdagi kuchlar manfaatlari
to‘qnashgani bilan izohlaydilar. Jumladan:
Dostları ilə paylaş: