Tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə1/23
tarix21.10.2019
ölçüsü2,25 Mb.
#29396
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
yadro reaktsiyalari mavzusin i oqitishda innovatsion texnologiyalar (2)



O’zbekiston Respublikasi oliy va

o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Guliston davlat universiteti
Tabiiy fanlar fakulteti
Kimyo ” kafedrasi
“5140500-Kimyo” ta’lim yo’nalishi

28-13-guruh talabasi Meliyev Olim Sobir o’g’lining

«Yadro reaksiyalari mavzusini o’qitishda innovatsion texnologiyalar»

mavzusida bajargan


Bitiruv malakaviy ishi




Rahbar:

“Kimyo” kafedrasi katta o’qituvchisi A.E. Alimov

Guliston – 2017 y


Bitiruv malakaviy ish Guliston davlat universitetining 2017-yil ___ _________ dagi _____-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Davlat attestatsiya komis-siyasining ____ –sonli yig’ilishida muhokama qilindi va “____” ball bilan (__________) baholandi.

(a’lo, yaxshi, qoniqarli)


Bitiruv malakaviy ish “Tabiiy fanlar fakulteti” ning 2017-yil “____” ____________ dagi ____–sonli Ilmiy - uslubiy kengashi qarori bilan Davlat at-testatsiyasi komissiyasiga himoya qilish uchun tavsiya etildi.
Fakul’tet dekani H.H. Qo’shiyev

Bitiruv malakaviy ish “Kimyo” kafedrasining 2017-yil “___” ___________ dagi ____–sonli yig’ilishida muhokama qilindi va himoyaga tav-siya etildi.


Kafedra mudiri O’. K. Abduraxmonova

BMI bajaruvchi “5140500-Kimyo” ta’lim yo’nalishi 28-13-guruh talabasi ______________ O. S. Meliyev.


Rahbar “Kimyo” kafedrasi katta o’qituvchisi ________ A.E. Alimov.

Guliston – 2017 y.



MUNDARIJA


KIRISH……………………………………………………………………….

4

I-BOB. “YADRO REAKTSIYALARIMAVZUSINI O’QITISHNING NAZARIY MASALALARI……...............................………………………..

7


1.1.

Radioaktivlik va radioaktiv elementlar…………………………………..

7

1.2.

Atom tuzilishi haqidagi klassik va zamonaviy ta’limot…………....……..

10

1.3.

Yadro reaksiyalari………………………………………………………..

16

II-BOB. ATOM TUZILISHI…………………………………………………

20

2.1.

“Yadro reaksiyalari” mavzusini o’qitishda foydalaniladigan interfaol ta’lim metodlari hamda ularni qo’llash jarayoni………………………...

20

2.2.

Atom yadrosining tuzilishi………………………………………………..

35

XULOSA VA TAKLIFLAR……………….……………………………….

39

ИЛОВА……………………………………………………………………….

42

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.......………………….

49

KIRISH

Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. Yoshlar-yurt kelajagi. Ularning ajdodlarimizga munosib avlod sifatida ulg’ayib, mamlakatimiz taraqqiyoti va faro-vonligi yo’lida hamjixatlik bilan dadil intilishlari buyuk davlatimizning poydevori mustahkam bo’lishiga xizmat qiladi. Birinchi Prezidentimiz bu haqda shunday de-gan edilar: “Biz yurtimizning ertangi rivoji yo’lida qanday chuqur o’ylangan dasturlarni tuzmaylik, bu rejalarni bajarish uchun qanday moddiy baza va imkoni-yatlarni yaratmaylik, buning uchun qancha ko’p sarmoya safarbar etmaylik, ular-ning barchasini amalga oshiradigan, ro’yobga chiqaradigan qudratli omil borki, u ham bo’lsa yuqori malakali ish kuchi va yurtimizning ertangi kuni, taraqqiyoti uchun mas’ulyatni o’z zimmasiga olishga qodir bo’lgan etuk mutaxassis yoshlari-miz, desak, o’ylaymanki, hech qanday xato bo’lmaydi” [1,2].

“Ta’lim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga etkazish jarayonining mohiyati to’laqonli ochib berilgan. Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o’zida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko’tarish, shu bilan birga jahon ta’limi darajasiga etkazish borasida muayyan vazi-falarni amalga oshirishi lozim [3].

Istiqlolning dastlabki yillaridanoq Birinchi Prezidentimizning bevosita tashab-buslari hamda rahnamoliglarida ta’lim tizimiga qaratilgan yuksak e’tibor va e’zoz samarasi o’laroq, bugungi kunda “Ta’lim to’g’rsida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” doirasida hayotga tadbiq etilgan yangilanishlar halqaro jamoatchilik tomonidan munosib baholanmoqda. Zero, ta’lim sohasini takomillashtirishga oid islohotlar tufayli yurtimizda yuzlab yangi o’quv binolari qad rostladi, mavjudlari mukammal ta’mirlanib, eng so’nggi zamonaviy uskunalar bilan jihozlandi. Buning natijasida hech kimdan kam bo’lmagan avlod – istiqlol farzandlari o’z iqtidorlarini namoyon etib, respublika va halqaro miqyosidagi fan olimpiadalarida, turli anju-man va simpoziumlarda Vatan sha’nini munosib sharaflamoqdalar.

Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnolo-giyalar, pedogogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’l-gan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchi-talabalarni faqat tay-yor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egal-layotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlari-ga, xatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqishlariga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o’quvchi-talaba asosiy figuraga aylanadi.

Shuning uchun ta’lim muassasalarida etuk va barkamol avlodlarni tayyor-lashda zamonaviy o’qitish metodlari-interaktiv metodlar, innovatsion texnologiya-larning o’rni va roli benihoya kattadir. Pedogogik texnologiya va pedogogik mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o’quvchi-talabalarni bilimli, etuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi.

O’qituvchi bilim olishning yagona manbai bo’lib qolishi kerak emas, balki talabalar mustaqil ishlash jarayonining tashkilotchisi, maslahatchisi, o’quv jara-yonining boshqaruvchisi bo’lishi lozim. Kimyo fanidan ta’lim texnologiyasini ish-lab chiqish asosida aynan shu g’oyalar yotadi.

Kimyo fanini umumtalim maktablarida (o’quvchi-talabalarga) o’qitishda na-zariy bilimlar bilan birga amaliy mashg’ulotlarni interfaol metodlar bilan o’qitish ijobiy natijalarga olib keladi. Kimyo fani tabiiy fanlar qatoriga kiritilsa, “Yadro reaktsiyalari” mavzusi fanning nazariy qismini asosini tashkil etuvchi hisoblanadi. Bizni o’rab turgan butun borliq asosini atomlar tashkil etadi. Talabalarga atomning klassik hamda zamonaviy ta’limotini, atom tuzilishi bo’yicha asosiy qonunlarni, radioaktivlik to’g’risida tushuncha berish muhim ahamiyatni kasb etadi. Fanning qolgan mavzularini yaxshi o’zlashtirishiga zamin yaratadi. Kelajakda etuk va bar-kamol avlod sifatida shakllangan o’quvchi-talaba olgan bilimlarini keyingi uzluk-siz ta’limda davom ettiradi.

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Talabalarda atom yadrosining tuzili-shi, uning zarrachalari, radioaktivlik va yadro reaktsiyalari, ularni o’rgangan olim-larning olib borgan tadqiqotlari haqidagi tushunchalarni shakllantirishdan iborat.

Nazariy mashg’ulotlarda talabalarga kimyo fanidan bilimlarni chuqurroq tushuntirish, birikmalarning xossalari ularning bog’liqligi kabi masalalarga keng urg’u berish hamda bosqichma-bosqich bilimlarni mustahkamlab, chuqurlashtirib borish orqali ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini o’stirish, ularning ilmiy dunyo qarashini shakllantirish; olgan bilimlardan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirishni amalga oshirishdan iborat.

Buning uchun kimyo fanini o’qitishning nazariy va amaliy masalalarini tad-qiq etish, o’qitishni takomillashtirish bo’yicha xulosalar va tavsiyalar ishlab chi-qishdan iborat.

Bitiruv ishi maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilab olindi:

- birinchidan, ta’lim muassasalarida o’qitilayotgan kimyo fani taraqqiyoti-ning ustivor yo’nalishlarini nazariy va amaliy tahlil qilish;

- ikkinchidan, kimyo fanini o’qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish yo’llarini yoritish;

- uchinchidan, radioaktivlik, yadro reaktsiyalari va atom tuzilishlarini, maz-mun mohiyatini ochib berish;

- to’rtinchidan, ta’lim muassasalarida kimyo fanini o’qitishni yanada tako-millashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti.Guliston shahar 1-umumta’lim maktabi.



Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati shu bilan belgi-lanadiki, tadqiqot natijasida olingan xulosalar “Kimyo” fani bo’yicha tashkiliy xarakterga ega bo’lgan yillik ish rejalarni ishlab chiqish uchun amaliy dastur bo’li-shi mumkin. Olingan xulosa va bildirilgan takliflardan ta’lim muassasalari faoliya-tida, kimyo fanini o’qitishda va takomillashtirishda foydalanish mumkin.

Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va xajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikkita bob, xulosa, ilova va foydalanilgan adabiyotlardan iborat holda yoritib berilgan. Bitiruv malakaviy ishida 40ga yaqin adabiyotlardan foydalanildi.


I BOB. “YADRO REAKTSIYALARIMAVZUSINI O’QITISHNING NAZARIY MASALALARI.
1.1. Radioaktivlik va radioaktiv elementlar.

1896-yilda Frantsuz olimi Anri Bekkerel uranning va uran birikma-larining ko’zga ko’rinmas nurlar chikarishini va ular odatdagi nurlarni o’tkaz-maydigan qora kogozdan fotoplastinkaga o’tib ta’sir etishi natijasida havoni ionlanishini aniqladi. Bu hodisani o’rganishni Frantsuz olimlari P’er Kyuri va Mariya Skladovskaya-Kyurilar davom ettirdilar va 1896-yilda atom massalari 226 va 210ga teng bo’lgan, ikki yangi element Radiy (Rа) va Poloniy (Ро) elemeitlarini kashf etdilar [4].

M.S. Kyuri taklifiga binoan moddalarning o’z-o’zidan nur tarkatish hodi-sasi - radioaktivlik deb, bunday xodisaga ega bo’lgan moddalar esa radio-aktiv moddalar deb nomlandi. Radioaktiv nurlar moddalarni (masalan, suv, vodorod xlorid va xokazo) hamda tirik to’qimalarni parchalaydi, lekin oz miq-dori o’simliklar o’sishiga ko’maklashadi. Radioaktiv nurlar, nurlardan tashkil topgan. Masalan, usti teshik qo’rg’oshin idishga radioaktiv preparatni joylash-tirib, teshik karshisiga fotoplastinka o’rnatsak, plastinkada qora dog’lar paydo bo’ladi.

Bu esa radioaktiv preparatdan qandaydir nurlar tarqalayotganli-gini isbot-laydi (1-rasm). Agar bu nurlar yo’liga magnit yoki elektr maydonini kiritsak, fotoplyonkada uch xil dog’ paydo bo’ladi, bu esa uch xil nur tarqalayotgan-ligini ko’rsatadi. 2-rasmdan ko’rinadiki, elektr va magnit maydonida nurlar-ning bir oqimi (nurlar) manfiy qutbga, ikkinchi oqimi (nurlar) musbat qutbga buriladi, uchinchi oqimi nurlar esa o’z yo’nalishini o’zgartirmaydi [5].

α - nurlar musbat zaryadli zarrachalar oqimi bo’lib, ularning zaryadi, elektron zaryadidan ikki marta ortiq. Bu zaryadning massasi 4 u.b.ga teng.

α - zarracha musbat zaryadlangan geliy ioni ekanligi 1909-yilda isbotlan-di.



U material maydon harakatida elektron qabul qilib, geliy atomiga aylanadi.



1-rasm. Radioaktiv moddadan chiqayotgan nurlarning ajralishi.

Nur, zarracha, zarrachaning elektrik qismi effekti



Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin