Tabiiy fanlar fakulteti


Atom tuzilishining planetar modeli



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə9/23
tarix21.10.2019
ölçüsü2,25 Mb.
#29396
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
yadro reaktsiyalari mavzusin i oqitishda innovatsion texnologiyalar (2)


2.2. Atom tuzilishining planetar modeli.

Atom murakkab sistema bo’lib, mikroolam qonunlariga buysinadigan, harakatdagi zarrachadir.

Atom-kimyoviy elementning kichik zarrachasi bo’lib, o’zida element-ning ma’lum xossalarini mujassamlashtirgan bo’ladi. Atom erkin yoki birikma holatida bo’ladi. Hozirgi kunda 115dan ortiq kimyoviy elementlar, ya’ni atom-lar mavjud.

ХХ asr boshlarigacha atom moddaning oxirgi bo’linish darajasi deb ke-lindi. Bunday tasavvurlarning bir tomonlama va cheklanmaganligini ayrim olimlar tushunar edi.

Masalan, ХIХ asrning boshida Moskva davlat universitetining pro-fessori G.M. Pavlov atomning tuzilishi murakkab, uning tuzilishida manfiy va musbat elektr zaryadi ishtirok etadi, degan fikrni ilgari surdi. Rus olimi A.M. Butlerov 1886-yilda quyidagicha yozgan edi: "Hozirgi vaqtda ba’zi element-larning "atomlar" deb ataladigan zarrachalari, asl moxiyati bilan aytganda, bal-ki kimyoviy yo’l bilan bo’linish xususiyatiga egadir, ya’ni ular o’z tabiati jiha-tidan bo’linmaydigan zarrachalar bulmay, balki hozirgi bizga ma’lum bo’lgan vositalar bilangina ajratib bo’lmaydigan zarrachalardir va ... keyin borib kashf etiladigan protsesslarda ajratish mumkin bo’ladi."

ХХ asr boshida katod nurlarining tabiatini fotoeffekt va termoemissiya, elektroliz, radioaktivlikni urganish va boshqa ishlar bilan atom tuzilishining murakkab, diskret tuzilganligi isbotlandi.

Atomning ichki tuzilishini bir-biridan massalari, o’lchamlari, zaryadi, yashash vakti bilan farq qiladigan mayda zarrachalar tashkil qiladi. Bu zarra-chalar elementar zarrachalar deyiladi. Hozirgi vaqtda bunday zarrachalardan 200ga yaqini ma’lum [38].

Atomning murakkabligini tasdiqlovchi dastlabki tajriba ma’lumotini 1879-yilda, siyraklashtirilgan gazlarda elektr razryadi hosil bo’lish xodisasini tekshirish natijasida qo’lga kiritildi. Agar ichidagi xavosi surib olingan shisha nayning bir uchiga katod, ikkinchi uchiga anod kavsharlanib o’nga yuqori chastotali toq ulansa, katoddan nur tarkala boshlaydi. Bu nurlar katod nurlari deyiladi. Elektr va magnit maydonida bu nurlar dastlabki yo’nalishdan musbat qutbga og’adi (3-rasm).



Bu esa ularning manfiy zaryadlanganligini ko’rsatadi. Katod nurlari katta tezlik bilan harakat kilayotgan manfiy zarrachalar oqimidir. Bu zarrachalar ke-yinchalik elektronlar deb ataldi. Atomlar elektron, proton va neytronlardan tashkil topgan.



Zarracha

Zarracha og’irligi (g)

Zarracha og’irligi (g)

Elektr zaryadi (kulon)

Nisbiy zaryadi

elektron

9.109 x 10-28

0.0005486

-1.602 x 10-19

-1

proton

1.673 x 10-24

1.007276

+1.602 x 10-19

+1

neytron

1.675 x 10-24

1.008665

0

0

Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin