2 – rasm. 0,5 sm qo’rg’oshin qog’ozi va 10 sm qo’rg’oshin qog’ozi.
α - nurlar katod nurlari kabi, elektronlardan iborat. Bu nurlarning tezligi 300 ming km/sek ga yaqin.
α - nurlar rentgen nurlari kabi elektroneytraldir, lekin ularning to’lqin uzunligi rentgen nurlarinikidan ham kichik. Radioaktiv ele-mentlar o’zidan
α-, β-, γ - nurlarni tarqatishi, ya’ni radioaktiv emirilishi natijasida yangi elementlar hosil bo’ladi.
Masalan:
Hosil bo’lgan radon elementi o’z navbatida - nurlar tarqatishi natijasida atom massasi 218 ga teng bo’lgan, kimyoviy xossalari jihatidan poloniy ele-mentiga o’xshash yangi radiy A elementi hosil qiladi:
Poloniy ham radioaktiv element, u o’z navbatida nur tarqatib, yangi ra-dioaktiv element hosil qiladi va bunday radioaktiv emirilish radioaktiv bo’l-magan element hosil bo’lguncha davom etadi [6].
Biror radioaktiv elementning ikkinchi bir radioaktiv elementga o’tish qa-tori «radioaktiv emirilish qatori» deyiladi. Hozirgi vaqtda 3ta tabiiy radio-aktiv emirilish qatori ma’lum va uchala qator ham radioaktiv bo’lmagan qo’r-g’oshin elementi bilan tugaydi [7].
Agar radioaktiv element α - nur tarqatsa, uning yadro zaryadi ikkita va massasi 4 uglerod birlikka kamayib, element davriy sistemada ikki xona chap-ga siljiydi. Masalan:
Agar radioaktiv element o’zidan α - nur tarqatsa, yadro zaryadi bittaga oshadi, element massasi esa o’zgarishsiz koladi va element davriy sistemada bir xona o’ngga siljiydi. Masalan:
Radioaktiv emirilish shuni ko’rsatdiki, har bir sekundda atomlarning bir xil miqdori emiriladi. Bu miqdor emirilish konstantasi deyiladi.
Radioaktiv element dastlabki miqdorining yarim emirilishiga ketadigan vaqt yarim «emirilish davri» deyiladi va T harfi bilan belgilanadi.
Yarim emirilish davri T quyidagi formula bilan topiladi;
Т=(1/k)ln2 yoki Т=0.693/k, bu erda; k-emirilish konstantasi [8].
Dostları ilə paylaş: |