Tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə4/23
tarix21.10.2019
ölçüsü2,25 Mb.
#29396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
yadro reaktsiyalari mavzusin i oqitishda innovatsion texnologiyalar (2)


II BOB ATOM YADROCINING TUZILIShI.

    1. . “Yadro reaktsiyalari” mazusini o’qitishda foydalaniladigan interfaol ta’lim metodlari hamda ularni qo’llash jarayoni

Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda. O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Ta’lim metodlari

ni tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi [23].

An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli tuman ta’lim oluv-chilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasining ko’tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qizi-qishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirilib turi-lishi, o’quv materialini kichik - kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda aqliy xujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs – munozara, muammoli va-ziyat, yo’naltiruvchi matn, loyiha, rolli o’yinlar kabi metodlarni qo’llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi[24,25].

Bu metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham atashadi. Inter-faol metodlar deganda ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo’lgan metodlar tushu-niladi. Bu metodlar qo’llanganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo’lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi:


  • Ta’lim samarasi yuqoriroq bo’lgan o’qish o’rganish;

  • Ta’lim oluvchining yuqori darajada rag’batlantirilishi;

  • Ilgari orttirilgan bilimning ham e’tiborga olinishi;

  • O’qish shiddatini ta’lim oluvchining extiyojiga muvofiqlashtirilishi;

  • Ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo’llab - quvvatlanishi;

  • Amalda bajarish orqali o’rganilishi;

  • Ikki taraflama fikr mulohazalarga sharoit yaratilishi.

Talabalarga “Yadro reaktsiyalari” mavzusini o’tish jarayonida quyida kel-tirilgan interfaol metodlarni qo’llash mumkin. Mazkur metodlar dars jarayonida qo’llansa maqsadga muvofiq hisoblanadi [26,27].

“Aqliy xujum metodi” – biror mavzu bo’yicha ta’lim oluvchilarga ketma-ket savollar berish bilan o’zaro bahs, fikr almashinuv tarzida o’tkaziladigan o’qi-tish metodidir. Mazkur metod mavzuni mustaxkamlash maqsadida qo’llanilsa ijo-biy samara beradi. Shuningdek, yangi mavzuni boshlash oldidan talabalarga bu metod qo’llansa o’qituvchi yangi mavzu bo’yicha talabalarda qanday ma’lumot borligini tahlil qilgan holda, ko’proq yangi ma’lumotlarni berish orqali darsni qiziqarliroq o’tish imkoniga ega bo’ladi.



Elektronlar qanday kvant sonlardan tashkil topgan



Al’fa, betta va gamma zarrachalarning massalarini yozing

Aqliy xujum qoidasi:


Aqliy xujum” metodining afzalliklari:



  • Ta’lim oluvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi;

  • Ta’lim oluvchilar o’z fikrining to’g’riligini isbotlashga harakat qilishiga imko-niyat yaratiladi;

  • Ta’lim oluvchilarda tinglash va tahlil qilish qobiliyatining rivojlanishiga yor-dam beradi.

Aqliy xujum” metodining kamchiliklari:

  • Auditoriyada shovqin ko’tarilishi mumkin.

  • Ta’lim beruvchidan yuksak boshqarish mahoratini talab etadi;

  • Ta’lim oluvchilarning bilim darajasiga mos va qiziqarli bo’lgan mavzu tanlash talab etiladi.

Interfaol metodlardan yana biri bu “Baxs - munozara” metodi – biror mavzu bo’yicha ta’lim oluvchilar bilan o’zaro bahs, fikr almashinuv tarzida o’tkaziladigan o’qitish metodidir.

Har qanday mavzu va muammolar mavjud bilimlar va tajribalar asosida muhokama qilinishi nazarda tutilgan holda ushbu metod qo’llaniladi. Baxs - munozarani boshqarib borish vazifasini ta’lim oluvchilarning biriga topshirishi yoki ta’lim beruvchining o’zi olib borishi mumkin. Baxs - munozarani erkin holatda olib borish va har bir ta’lim oluvchini munozaraga jalb etishga harakat qilish lozim. Ushbu metod olib borilayotganda ta’lim oluvchilar orasida paydo bo’ladigan nizolarni darhol bartaraf etishga harakat qilish kerak .



Baxs - munozara” metodini o’tkazishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:

  • Barcha ta’lim oluvchilar ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratish;

  • “O’ng qo’l” qoidasi (ya’ni qo’lini ko’tarib, ruxsat olgandan keyin so’zlash)ga rioya qilish;

  • Fikr g’oyalarni tinglash madaniyati;

  • Bir birlariga o’zaro hurmat.

Baxs - munozara” metodini o’tkazish tuzilmasi



Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin