Tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə5/23
tarix21.10.2019
ölçüsü2,25 Mb.
#29396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
yadro reaktsiyalari mavzusin i oqitishda innovatsion texnologiyalar (2)

Fikr g’oyalar to’planadi


Tahlil qilinadi

Aniq va maqbul echimini topish

Baxs - munozara” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:



  1. Ta’lim beruvchi munozara mavzusini tanlaydi va shunga doir savollar ishlab chiqadi.

  2. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammo bo’yicha savol beradi va ularni munozaraga taklif etadi.

  3. Ta’lim beruvchi berilgan savolga bildirilgan javoblarni, ya’ni turli g’oya va fikrlarni yozib boradi yoki bu vazifani bajarish uchun ta’lim oluvchilardan kotib etib tayinlaydi. Bu bosqichda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga o’z fikrlarini erkin bildirishlariga sharoit yaratib beradi.

  4. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilar bilan birgalikda bildirilgan fikr va g’oyalarni guruhlarga ajratadi, umumlashtiradi va tahlil qiladi.

  5. Tahlil natijasida qo’yilgan muammoning eng maqbul echimi tanlanadi.

Baxs - munozara” metodining afzalliklari:

  • Ta’lim oluvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi;

  • Ta’lim oluvchilar o’z fikrining to’g’riligini isbotlashga harakat qilishiga imko-niyat yaratiladi;

  • Ta’lim oluvchilarda tinglash va tahlil qilish qobiliyatining rivojlanishiga yor-dam beradi.

Baxs - munozara” metodining kamchiliklari:

  • Ta’lim beruvchidan yuksak boshqarish mahoratini talab etadi;

  • Ta’lim oluvchilarning bilim darajasiga mos va qiziqarli bo’lgan mavzu tanlash talab etiladi [28,29].

Interfaol metodlardan yana biri “Zinama-zina” metodidir. Ushbu mash-g’ulot talaba yoki o’quvchilarini o’tilgan yoki o’tilishi kerak bo’lgan mavzu bo’yi-cha yakka va kichik jamoa bo’lib, fikrlash hamda xotirlash, o’zlashtirilgan bilim-larni yodga tushirib, to’plangan fikrlarni umumlashtirish va ularni yozma, rasm, chizma, ko’rinishida ifodalay olishga o’rgatadi.

Bu metod talaba yoki o’quvchilar bilan bir guruh ichida yakka holda yoki guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda o’tkaziladi va taqdimot qilinadi. Ushbu metodning maqsadi talabalarni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga jamoa bo’lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab, ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga, jamoaga o’z fikri bilan ta’sir eta olishga va uni ma’qullashga shuningdek, mavzuni tayanch tushunchalariga izoh berishda egallagan bilimlarini qo’llay olishga o’rgatish.

Ushbu metoddan seminar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida keng qo’llash mumkin. Buning uchun mashg’ulot jarayonida quyidagi vositalar: A-3, A-4 formatli qog’ozlarni tayyorlab (ajratilgan kichik vazifalari soniga mos) chap tomoniga topshiriqlar nomi yozilgan tarqatma materiallar, flomaster kabilar qo’llaniladi. Qo’llash texnologiyasi: O’qituvchi talaba yoki o’quvchilarni mavzular soni qarab, 3-5- kishidan iborat kichik guruhlarga ajratiladi (guruhlarni soni 4 yoki 5 bo’lgan ma’qul). Talabalar mashg’ulotning maqsadi va uni o’tkazilishi tartibi bilan tanishtiradi [30].

Har bir guruhga qog’ozning chap qismiga topshiriq nomi ko’rsatilgan varaqlar tarqatiladi. O’qituvchi guruh a’zolarini tarqatma materialda yozilgan top-shiriqlar bilan tanishtiradi va shu vazifalar asosida flomaster yordamida qog’oz-dagi bo’sh joyga jamoa a’zolari birgalikda umumiy fikrlarni yozib chiqadilarini vazifasi topshiriq sifatida beradi hamda vaqt reglamentini belgilaydi. Kichik guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialda ko’rsatilgan topshiriq bo’yicha fikrlarni yozma rasm yoki chizma ko’rinishda ifoda etadilar [31].

Unda guruh a’zolari imkoni boricha to’laroq ma’lumot berishlari kerak bo’ladi. Tarqatma materiallar to’ldirilgach, guruh a’zolaridan bir kishi taqdimot qiladi, bu jarayonda guruhlar tomonidan tayyorlangan material albatta, auditoriya-dagi pinbord (pinvand) doskasiga yoki sinf doskasiga mantiqan ketma-ketlikda tagma-tag (zina shaklida) ilinadi va kichik guruh vakili tomonidan taqdimot qili-nadi. O’qituvchi va guruh talabalari taqdimotni tinglaydi va topshiriq bo’yicha savol-javob asosida muhokama etadilar, guruhlar tomonidan tayyorlangan mate-riallarni baholaydi va mashg’ulotni yakunlaydi [32].

Xulosa qilib, shuni ta’kidlash joizki dars jarayonida zinama-zina metodini qo’llash orqali o’quvchilarda shaxslararo muomala malakasini shakllantirishga; yozma va og’zaki nutqni rivojlanishiga; dars jarayonida o’quvchi-talabalarni faol-lashishiga; o’quvchilarda motivatsiya (qiziqish)ni oshirishga hamda nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llay olishga o’rgatadi [33].



_s1074

_s1074

_s1074


_s1074

_s1074


_s1074


_s1074


_s1074

Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin