Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


-§. O‘zbekiston davlat suverenitetining e’lon qilinishi



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

2-§. O‘zbekiston davlat suverenitetining e’lon qilinishi
XX asming 90-yillariga kelib sotsialistik mamlakatlarda inson 
huquqlarini himoya qilish va ozodlikka intilishning yangi bosqichi 
boshlandi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida qariyb yarim asr hukm 
surgan totalitär davlat tuzumi inqirozga yuz tutib, demokratik tarti- 
botlar qaror topa boshladi. Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Res- 
publikasi parchalanib, uning o ‘mida bir necha mustaqil respublika
Chexoslovakiya Sotsialistik Respublikasi ikkiga bo'linib, Chexiya 
va Slovakiya suveren davlatlari vujudga keldi. Germaniya Federativ 
Respublikasi va Germaniya Demokratik Respublikasi birlashib, ne- 
mislar yashaydigan ulkan hududda sotsialistik tuzum barbod etildi. 
Ayni chog‘da sobiq SSSR parchalanib, uning o‘mida mustaqil taraq- 
qiyot yo‘lini tanlagan 15 mamlakat tashkil topdi.
Boshqacha qilib aytganda, bu davrga kelib ko‘pgina mamlakat­
larda mustaqillikka erishish masalasi dunyoni keng qamrab oigan ta- 
rixiy jarayonga aylandi. 0 ‘zbekistonning mustaqillikka erishishi ana 
shu olamshumul jarayon tarkibida yuz berdi. 
«Xalqlarning ozodlik,
Mustaqillik, baxt-saodatga azaliy intilishi, o‘z taqdirini o‘zi belgi-
lashga azm-u qarori hayotdagi chuqur o‘zgarishlarni harakatga
keltiruvchi kuchdir», 
- degan edi Islom Abdug‘aniyevich Karimov.
XX asr 90-yillarining boshlariga kelib 0 ‘zbekistonda xalqning 
ana shu azaliy orzusini amalga oshirish kun tartibidagi bosh masala 
b o iib qoldi.
Mamlakatda shunday vaziyat vujudga keldiki, bir tomondan: 
zo‘ravonlikka asoslangan, ma’muriy buyruqbozlikka xos bo‘lgan
20


markazlashgan davlat saqlanib qoladimi yoki demokratik jarayoti­
lar chuqurlashishi evaziga ittifoqdosh respublikalar suvereniteti 
ta’minlanadimi? - degan masala dolzarb bo‘lib qoldi. Ikkinchi to- 
mondan, o ‘sha davrdagi SSSR rahbariyati mamlakat ichkarisidagi 
vaziyatni to‘g‘ri baholay olmadi, milliy respublikalarda mustaqil- 
likka erishishga intilishning tobora kuchayib borayotganining oldini 
ololmay qoldi.
SSSR Oliy Soveti ham, SSSR Prezidenti va Hukumati ham in- 
qiroziy holatdan chiqishning y o iin i topa olmay qoldi. Xullas, 90- 
yillaming boshlariga kelganda markaz va ittifoqdosh jumhuriyat- 
lar o ‘rtasidagi munosabatlar keskinlashib, markaziy hokimiyatning 
obro'yi pasayib ketdi. Siyosiy, iqtisodiy va xo‘jalik hayoti boshqa- 
rilmay qoldi. Oqibatda turmushning barcha sohalaridagi salbiy ah- 
voldan xalqning kun sayin noroziligi ortib, turmush darajasi yomon- 
lasha boshladi. Ishlab chiqarish va mehnat intizomi izdan chiqdi. Bu 
hol tabiiy ravishda xalqning ko‘zini ochdi, endi u eskicha buyruq- 
bozlik usulini qabul qila olmay qoldi.
Qisqa qilib aytganda, shu vaqtga kelib respublikalar suverenite- 
tini va inson huquqlarini poymol qilgan totalitär buyruqbozlik bosh- 
qaruvining istiqbolsiz ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsata boshladi.
Buni birgina sobiq SSSRda xalq xo‘jaligini bozor iqtisodiyotiga 
o ‘tkazish hamda Yangi Ittifoq Shartnomasi tayyorlash borasidagi na- 
tijasiz qadamlarda hfim ko‘rsa bo‘ladi.
Shuni aytish kerakki, sobiq Ittifoqda xalq xo‘jaligini bozor iqti- 
sodiga o ‘tkazish masalasi 1987-yili xalq deputatlari II syezdi qarori 
va iqtisodiyotni sog‘lomlashtirishga qaratilgan Hukumat Dasturida 
tilga olingan, u 1990-yil may oyida Oliy Sovet III sessiyasida muho- 
kama qilingan edi.
Xalq deputatlari Hukumat Dasturini muhokama qilar ekanlar, 
bozor iqtisodiga o‘tish obyektiv zaruriyat, bundan boshqa yo‘l yo‘q, 
degan xulosaga keldilar. SSSR Oliy Soveti III sessiyasining «Bosh- 
qariladigan bozor iqtisodiga o ‘tish haqida»gi qarorida bozor iqti­
sodiyotiga o ‘tish iqtisodiy islohotlaming asosiy mazmunini tashkil 
qiladi, deb qayd etildi. Shu bois bu boradagi Hukumat konsepsiya- 
sini deputatlar fikr-mulohazalari asosida qayta ishlash va 1990-yil 
1-sentabriga tayyorlash belgilandi.
SSSR Rahbariyatida shu yo‘nalishdagi amaliy ishlar qizg‘in 
tus oldi. 1990-yil 25-iyulda SSSR Prezidentlik Kengashida Bosh 
Ministming mamlakatni bozor iqtisodiyotiga o‘tkazish yuzaáftían 
qo‘shimcha choralar haqidagi axboroti tinglandi. 1990-yil 27-iyuli 
va 30-avgustida SSSR Prezidentining olimlar, mutaxassislar, omma-
21


viy axborot vositalari vakillari bilan iqtisodiy islohotlar mavzuidagi 
uchrashuvi boidi.
6-avgustda esa mamlakat Prezidenti M.Gorbachyovning «Yangi 
Ittifoq Shartnomasining asosi sifatida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning 
Ittifoq Dasturi Konsepsiyasini tayyorlash haqida» Farmoni e’lon qi- 
lindi. Bu vazifani bajarish uchun SSSR va RSFSR rahbarlari tomo- 
nidan S.Shatalin, I.Petrakov, L.Abalkin, G.Yavlinskiy, S.Aleksenko, 
V.Vavilov, A.Grigoryev, M.Zadomiy, V.Martinov, V. Mashchits, 
A.Mixaylov, B.Fyedorov, T.Yarigina va Y.Yasinlardan iborat komis- 
siya tuzildi. Komissiyaga 1990-yil sentabridan kechikmasdan Huku- 
mat Dasturini ishlab chiqish topshirildi.
1990-yil sentabri boshlarida SSSR Oliy Kengashi IV sessiyasida 
N.Rijkov «Boshqariladigan bozor iqtisodiga o‘tishga tayyorgarlik va 
mamlakat xalq xo‘jaligida barqarorlikni vujudga keltirish haqida» 
ma’ruza qildi. Unda deputatlaming avvalgi fikrlari inobatga olin- 
gan variant ishlab chiqilgani aytilsa-da, sessiya Hukumat Dasturini 
qabul qilmadi. Buning muhim sababi deputatlarda Hukumatga nis- 
batan ishonch yo‘qola borgan edi. Ayni chog‘da Hukumat Dasturi 
sobiq Ittifoqni saqlab qolishni, shuningdek iqtisodiyotni sotsialistik 
yoidan rivojlantirishni ko‘zda tutar edi.
1990-yil 11-sentabrda RSFSR Oliy Soveti II sessiyasi S. Shata- 
linning «500 kun» Programmasini qabul qildi. Unda quyidagi masa- 
lalar ko‘tarilgan edi:
- Fuqarolami mulkka egalik huquqini, iqtisodiy mustaqillikni, 
erkin iste’mol bozori va unda erkin narx;
- korxonaning mustaqil iqtisodiy faoliyat huquqi;
- ittifoqdosh respublikalaming mutlaq suvereniteti;
- aholi turmush darajasini pasaytirmaslikni ko‘zda tutar edi.
SSSR Oliy Sovetining 21-sentabrda bo‘lib o ‘tgan IV sessiya­
sida bu Dastur ham qabul qilinmadi. 1990-yil 24-sentabrda sessiya 
«Xalq xo‘jaligini barqarorlashtirishning kechiktirib bo‘lmaydigan 
vazifalari»ni muhokama qilib, Hukumat Dasturi va S.Shatalin Das- 
turidan iborat Yagona Dastur ishlab chiqishga qaror qildi. 1990- 
yil 18-oktabrda sessiya: «Bozor iqtisodiyotiga o ‘tish jahon amali- 
yotidan kelib chiqqan zarurat, ammo u iqtisodiyotning sotsialistik 
yo‘nalishiga ziyon yetkazmaydi», - deb xulosa berdi.
Demak, 80-yillar oxiriga kelib, sobiq mamlakatda xalq 
xo‘jaligini bozor iqtisodiyotiga o‘tkazishni hayotning o ‘zi kun tar- 
tibiga qo‘ya boshladi va uning huquqiy asoslarini yaratishni zaru- 
ratga aylantirdi. Shunday boisa-da, 1990-1991-yillarda iqtisodi- 
yot orqaga qarab keta boshladi va xalqning turmush tarzi, sharoiti
22


yomonlasha bordi. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tanazzulga 
yuz tuta boshladi.
Mutaxassislar ana shunday tisarilish hodisasini mamlakat 
ijtimoiy-siyosiy hayotiga uchta yo'nalishdagi kuchlar manfaatlari 
to‘qnashgani bilan izohlaydilar. Jumladan:

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin