birinchi bosqichi
1990 -
1992-yillami o‘z ichiga oladi. Bu davrda esa 1990-yil alohida o ‘rin
tutadi. Chunki ayni ana shu yilda tang ahvolni bartaraf etishning ne-
gizlari bunyod etilishi kerak edi.
Shu uch yil mobaynida yangi xo‘jalik mexanizmining barcha
asosiy unsurlari uzil-kesil harakatga kelishi, davlat budjeti kamo-
madiga, aholining pul daromadlari hamda uni tovar bilan ta’minlash
o ‘riasidagi nomutanosiblikka barham berilishi, pulning qadrsizlanishi
kuchayib borishini to‘xtatish, mazkur bosqichda xalq xo‘jaligining
barcha tarmoqlarida mulk munosabatlarini tubdan o‘zgartirish, zarar
ko‘rib ishlaydigan korxonalar zimmasiga o‘z ishini o‘nglab olishi
vazifasini yuklash ko‘zda tutildi.
26
Ikkinchi bosqich
1993-1995-yillami o‘z ichiga olishi mo‘l-
jallandi. Bu davrga kelib iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish tadbirla-
ri amalga oshirilishi, ichki iste’mol bozoridagi, pul muomalasi va
budjetdagi kamomadlarga asosan barham berilishi, yangi iqtisodiy
qonunlar joriy etilishi, ya’ni bozor munosabatlarini m e’yoriy ri-
vojlantirish uchun amalda zarur iqtisodiy sharoitlar yaratilishi,
bu davrda davlat ixtiyorida boim agan sektoming hissasi oshishi
ko‘zda tutildi.
Xullas, Konsepsiyadan m a’lum boiyaptiki, SSSR marka-
ziy idoralaridan farqli o'laroq, 80-yillar oxiri va 90-yillar boshida
0 ‘zbekiston dadillik bilan iqtisodiy mustaqillik va siyosiy suve-
renitetni qo‘lga kiritish uchun amaliy harakat qila boshladi. Ayni
chog‘da 0 ‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligi va siyosiy suvereni-
tetini ta’minlashning huquqiy asoslarini yaratish uchun ham konkret
choralar ko‘rildi. Bu borada xalqning xohish-irodasi hisobga olindi.
Masalan, 0 ‘zbekiston rahbariyati va xalqining 0 ‘zbekistonning
mustaqillik sari dadil qadam qo‘yayotganligini 1991-yil 17-martidagi
umumxalq referendumi yakunlarida ham yaqqol ko‘rish mumkin.
1991-yil 20-fevralda 0 ‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosatining
yig‘ilishi bo‘lib, unda SSSR Oliy Kengashi tomonidan belgilangan
referendumda ovoz berishga mo‘ljallangan asosiy byulleten bilan
birga « 0 ‘zbekiston yangilanayotgan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida
mustaqil, teng huquqli respublika bo‘lib qolishiga rozimisiz?» degan
savol qo‘yilgan qo‘shimcha byulleten kiritishga qaror qilindi. Byul-
letendagi ushbu main o'zgartirilishi mumkin emas, deb belgilandi.
Oliy Kengash Rayosati viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari-
ga boiajak referendumda 0 ‘zbekistonning mustaqil boiishiga mu-
nosabat bildiruvchi ushbu byulleten matni yuzasidan mehnatkashlar
ommasi o ‘rtasida tushuntirish olib borishni topshirdi. Bu ishlarga
huquqshunoslar, mutaxassislar, ziyolilar vakillarini keng jalb qilish
tavsiya qilindi.
Referendum yakuni shuni ko‘rsatdiki, 0 ‘zbekistonning musta
qil, teng huquqli respublika^ifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya)
tarkibida bo'lishiga doir q ^ h im c h a byulleten bo‘yicha 9 million
215 ming 571 nafar kishi yoki ovoz beruvchilaming - 93,9 foizi
ovoz berdi.
Shunday qilib, bu referendumda 0 ‘zbekiston xalqining mutlaq
ko‘pchiligida 0 ‘zbekistonni mustaqil respublika sifatida ko‘rish xo-
hishi borligining o ‘ziyoq respublika rahbariyatining bu borad^gi da
dil kuch-g‘ayratini qo‘llab-quvvatlash ifodasi edi.
Bundan tashqari, 0 ‘zbekistonda respublikaning davlat mustaqil-
27
ligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlari tayyorlash va qabul qilish
ishlari ham dadil boshlab yuborildi.
1991-yil 15-fevralda 0 ‘zbekiston Oliy Kengashi « 0 ‘zbekiston-
ning davlat ramzlari to‘g‘risida» maxsus qaror qabul qildi. Unda,
jumladan, shunday deyiladi:
«Mustaqillik to‘g‘risidagi Deklaratsiyaga amal qilib, 0 ‘zbe-
kiston SSR Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. 0 ‘n ikkinchi chaqiriq Oliy Kengash II sessiyasida tuzilgan
0 ‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ning yangi loyiha-
sini tayyorlovchi komissiyasiga 0 ‘zbekiston SSRning Yangi Davlat
bayrog‘i, Gerbi va Madhiyasiga doir takliflar hamda ular to‘g ‘risida
Nizomlar tayyorlash topshirilsin. Komissiya respublika jamoatchili-
gi va deputatlarining fikrlariga tayanib ish ko‘rsin.
2. Bu boradagi takliflar matbuotda e’lon qilinib, umumxalq mu-
hokamasi uyushtirilsin».
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qabul qilgan Qonunlar,
0 ‘zbekiston Prezidentining Farmonlari, hukumat qarorlari katta aha-
miyatga ega bo‘lib, ular respublikaning iqtisodiy va siyosiy jihatdan
mustaqil rivojlanish yo‘liga bevosita qaratila boshladi.
0 ‘zbekistonning o‘z suvereniteti uchun kurashi, aw alo, jum-
huriyatda qabul qilingan har bir qonunning mazmuni va mohiyati
jihatidan sobiq Ittifoq qonunlaridan tubdan farq qilishida, bundan
tashqari, har bir qonun awalgidek Ittifoq qonuniga nechogfli mos-
lashtirilganiga qarab emas, balki respublika manfaati qay darajada
ifoda etilganligiga jiddiy e’tibor berildi.
Masalan, 1989-yil 20-oktabrida o ‘n birinchi chaqiriq 0 ‘zbe-
kiston SSR Oliy Sovetining o‘n birinchi sessiyasida « 0 ‘zbe-
kiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o ‘zgartirishlar va
qo‘shimchalar kiritish» to‘g ‘risidagi masala maxsus muhoka-
ma etildi. Sessiyada shu masala yuzasidan respublika Oliy Sove-
ti Raisi doklad qildi. M a’ruzada 0 ‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi
(Asosiy Qonuni)ga o ‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish ha-
qidagi Qonun davlat mexanizmining hamma bo‘g ‘inlari Oliy So-
vetga bo‘ysunishini nazarda tutishi alohida ta’kidlandi. Respublika
Oliy Sovetiga eng oliy nazorat qiluvchi idora sifatida 0 ‘zbekiston
SSRning yuqori mansabdor shaxslarini, shu jumladan, Oliy Sovet
Raisini saylash, 0 ‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining Raisini, hu
kumat a’zolari va boshqa rahbar lavozimdagi kishilami tasdiqlash
yoki tayinlash va zarur bo‘lganda ulami muddatidan oldin lavozi-
midan chaqirib olish huquqi berildi. Hukumatning bir yilda kamida
bir marta Oliy Sovet oldida hisobot berishi majburiy qilib qo‘yildi.
28
Shuningdek, Oliy Sovet budjetni nazorat qilish, ministrlik va idora-
lar ishini tekshirish, deputatlar so‘rovini muhokama qilish masalala-
rini ham ko‘rib chiqadigan bo‘ldi.
Konstitutsiyaga kiritilgan bu o'zgartirishlar respublika davlat
hokimiyatining oliy idorasiga mustaqil davlat oliy idorasiga xos za-
rur vakolatlami berdi. Ayni chog‘da bu vakolatlar uning ijtimoiy
adolat tamoyillari buzilgan hamma joyda zudlik bilan uni tiklashi,
jamiyat turmushida yuz berishi mumkin bo‘lgan noxush hodisalar-
ning oldini olish imkoniyatini ham berdi.
Qonun yana shunisi bilan ahamiyatli ediki, 0 ‘zbekiston SSR
Oliy Sovetini respublikaning Sovet Federatsiyasida erkin, har to-
monlama rivojlanishi uchun kafolat beradigan vakolatlar bilan ham
ta’minladi. Ilgari bu vakolatlaming ko‘pchiligi faqat ittifoq idorala-
rining huquqi hisoblanar edi. Masalan, 102-moddada ko‘zda tutilgan
«mulkchilik munosabatlarini, xalq xo‘jaligini va sotsial-madaniy qu-
rilishni, budjet-moliya sistemasini, mehnatga haq toiashni, narx bel-
gilashni, soliq, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foy-
dalanishni, shuningdek, bir qancha boshqa ijtimoiy munosabatlami
qonun yo‘li bilan respublikada tartibga solish» shular jumlasidandir.
Shuning uchun ham Konstitutsiyaga kiritilgan bu qo‘shimchalar
deputatlar tomonidan yakdillik bilan kutib olindi. Jumladan, sessiya-
da so‘z olgan Farg‘ona viloyatidagi «Rishton» sovxozining brigada
boshlig‘i, députât Saodatxon Yoqubova «Ushbu sessiyada muho
kama qilinayotgan masala g ‘oyat muhim bo‘lib, davlatni boshqa-
rishda oshkoralik, demokratiya, inson manfaatlarini to‘la himoya
qilish, davlatning fuqaro oldidagi, fuqaroning davlat oldidagi huqu-
qiy javobgarliklarini ta’minlashga olib keladi», - deb barcha sessiya
qatnashchilari fikrini ifodaladi. Shu boisdan sessiyada 0 ‘zbekiston
Konstitutsiyasi (Asosiy Qonunjga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar
kiritish to‘g ‘risida» qabul qilingan Qonunning 101-moddasida
« 0 ‘zbekiston SSR Davlat hokimiyatining oliy organi doimiy ish-
laydigan 0 ‘zbekiston SSR CMiy Soveti b o iib , u o‘z faoliyatiga qo
nun chiqarish, farmoyish bcri^T va nazorat qilish vazifalarini amalga
oshiradi.
0 ‘zbekiston SSR Oliy Soveti « 0 ‘zbekiston SSR ixtiyoriga berib
qo‘yilgan har qanday masalani qarab chiqish uchun qabul qilish va
hal etishga haqlidir», ayni chog‘da u milliy davlat tuzilishi masalala-
riga doir qarorlar qabul qiladi, - deb alohida ta’kidlab qo‘yildi.
Aytish kerakki, respublika rahbariyatining 0 ‘zbekis^>nning
siyosiy suverenitetini ta’minlashga qaratilgan qat’iy pozitsiyasi
I. Karimov tomonidan bir necha maria ko‘ndalang qilib qo‘yildi.
29
Jumladan, u KPSS Markaziy Komitetining 1989-yil 20-sentabrida
Moskvada bo‘lib o‘tgan Plenumida dadil tarzda:
Dostları ilə paylaş: |