Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


rak. Buning mazmuni shuki, qishloqda tub islohotlar o‘tkazish



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə225/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

rak. Buning mazmuni shuki, qishloqda tub islohotlar o‘tkazish,
qishloq xo‘ja!igini taraqqiy ettirish, qishloq xo‘jaligida ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish 0 ‘zbekiston iqtisodiyotini ri-
vojlantirishning asosiy omili va manbayidir».
Shu bois aw alo qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi samarador­
ligini oshirish borasidagi muhim chora-tadbirlardan biri, bu soha- 
ni boshqarishni takomillashtirish va tubdan o ‘zgartirish, rahbarlikni 
yaxshilash bo‘ldi. 1991—1996-yillarda qishloq xo‘jaligi kompleksiga 
rahbarlikni yaxshilash, qishloqda o‘tkazilayotgan islohotlaming hu- 
quqiy asosini yaratish choralari ko‘rildi.
1996-yil 26-noyabrda respublika hukumati qishloq va suv 
xo‘jaligini boshqarishning, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining sa­
maradorligini oshirishga yo‘naltirilgan butunlay yangi tizimini yara­
tish maqsadida « 0 ‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi 
vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida» qaror qabul 
qildi. Shunga asosan ikki vazirlik birlashtirildi.
Bundan ilgariroq, aniqrog‘i, 1996-yil 3-aprelida Prezident 
«Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini davlat yo‘li bilan qo‘llab- 
quwatlash chora-tadbirlari to‘g ‘risida»gi farmonni imzolab unda
4 4 0


qishloqda islohotlami chuqurlashtirishga qaratilgan qator tadbirlar 
ko‘zda tutilgan edi.
Yana ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida qishloq xo‘jaligi ish- 
lab chiqarishini ustun darajada rivojlantirish borasida yangi qonun 
va me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Masalan, 1991-yil 21-dekabrda 
qabul qilingan «Dehqon (fermer) xo‘jaliklarini yanada mustahkam- 
lash va tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quwatlash 
to‘g‘risida»gi Farmon qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini zamon 
talablari asosida tashkil qilishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Shuningdek, chorvachilikda islohotlami takomillashtirish va 
dehqon (fermer) xo'jaliklari hamda xususiylashtirilgan fermalaming 
manfaatlarini himoya qilish to ‘g‘risida 1994-yil fevralida qabul qi­
lingan hukumat qarorlari ham katta ahamiyatga ega boidi.
Shu yillarda amalga oshirilgan tadbirlar tufayli qishloqda agrar 
islohot jarayonida bozor iqtisodiyoti talablariga mos yangi xo‘jalik 
tizimi shakllandi. Awalgi sovxozlaming hammasi kooperativ, 
uyushma, shirkatlarga va mulkning boshqa nodavlat shakllariga ay- 
lantirildi.
Chorvachilik fermalari 1994-yilda mazkur joydagilar mulkiga 
aylantirildi. 1995-yilda qoramol boqiladigan 588 chorvachilik fer- 
masi kimoshdi savdosida sotildi. Dehqonlaming shaxsiy yordam- 
chi xo‘jaliklariga sug‘oriladigan yerlardan qo‘shimcha salkam 350 
ming gektar yer ajratildi. Ayni paytda qishloqda 20 mingdan ortiq 
fermer xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatmoqda. Qishloq xo‘jalik ishlab chi- 
qarishining ijtimoiy tuzilishi tubdan o ‘zgardi. Hozir qishloq xo‘jaligi 
yalpi mahsulotlarining 98 foizi nodavlat sektori hissasiga to‘g ‘ri kel- 
moqda.
Iqtisodiy islohotlar respublika oziq-ovqat mustaqilligini ta’min- 
lash maqsadida ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishini o ‘zgar- 
tirishlar bilan birga amalga oshirildi.
Paxtazorlar 1,5 million gektarga qisqardi, sug‘oriladigan yer- 
lardagi g‘allazorlar 1,2 million gektarga ortdi. G‘allachilikni jadal 
rivojlantirish qisqa vaqt ichidayoq xalq iste’moliga ishlatiladigan va 
ozuqabop donga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, bug‘doy sotib olishga 
sarflanayotgan valutani tejab qolish imkoniyatini beradigan, eksport- 
ga ehtiyoj qoldirmaydigan qudratli tarmoq yaratildi.
Don ekinlari uchun ajratilgan maydonlar 1990-yildan 1998- 
yilgacha bo‘lgan davr mobaynida asosan paxta ekinlari maydonini 
qisqartirish hisobiga 1,7 barobar oshdi. Don ishlab- chiqarish ikki 
barobardan ko‘proq oshib, 4,15 min. tonnani tashkil qildi. Mazkur 
ekinlami yetishtirish tajribasining ko‘payishi va faol seleksiya ishlari
441


natijasida hosildorlik shu yillar mobaynida 1,3 barobar oshdi. Ushbu 
chora-tadbirlar don ekinlari importini sezilarli darajada qisqartirish- 
ga imkon berdi. Agar 1990-yilda respublikada iste’mol qilinadigan 
bug‘doyning 90 dan ortiq foizi importga to‘g‘ri kelgan b o isa, 1998- 
yilda import ulushi 19 foizdan kamroqni tashkil qildi.
Qishloq xo‘jaligini isloh qilishning moddiy shart-sharoitlarini 
yaratish, islohotlami yangi sifat darajasiga koiarish uchun 1994- 
yilda davlat tomonidan xarid qilinadigan paxta tolasi va donning 
narxi 3-8 barobar oshirildi. Qolgan barcha mahsulotlami dehqonlar 
erkin bozor narxlarida sota boshladilar. Boshqacha qilib aytganda 
qishloqda islohotlami jadallashtirish va chuqurlashtirishni, bozorga 
xos ko‘p ukladli samarador ishlab chiqarishni ta’minlaydigan zamr 
iqtisodiy shart-sharoitlar yaratildi.
Bu osonlikcha boim adi. Sababi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 
yetishtirishga va qayta ishlashga ahd qilgan kishilar oldida ko‘plab 
muammolar pay do boigan edi.
Mazkur muammolami qonun y o ii bilan hal qilishni ko‘zda tu- 
tuvchi yangi hujjatlar qabul qilindi. Ular ichida asosiylaridan biri, 
1992-yil 3-iyulda qabul qilingan «Dehqon xo‘jaligi to‘g ‘risida»gi 
Qonundir. Bu hujjatda ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish 
uchun uzoq muddatli kredit ajratilishi hamda, dehqon xo‘jaligining 
joriy ishlab chiqarish faoliyati uchun kredit shartnomasi asosida qis- 
qa muddatli kredit ajratish ko‘zda tutildi.
Dehqon xo‘jaligi tashkil topayotgan paytida unga ssuda va kre- 
ditlar berilishida mahalliy hokimiyat boshqaruv organ! ari, bosh- 
qa toiovga qobiliyatli yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, 
dehqon xo‘jaliklarining o ‘zlari o ‘z mulki evaziga kafil boiadigan 
boidilar.
Qishloq xo‘jalik vazirligi maiumotlariga qaraganda, 1996-yil 
boshigacha 0 ‘zbekistonda dehqon xo‘jaliklarining umumiy soni 
20 ming 244 tani tashkil etdi.
1995-yilda dehqon xo‘jaliklarining soni jadal sur’atlar bi­
lan oshib borgan yil boidi. Birgina 1995-yilda 3 ming xo‘jalik 
qo‘shildi. Shunga muvofiq ravishda ularda band boigan qishloq 
mehnatkashlarining soni 79229 kishidan 105377 kishiga ko‘paydi. 
4380 dan ortiq kishi mehnat shartnomasi asosida mavsumiy ish- 
larga jalb qilindi.
0 ‘zbekiston ulkan qishloq xo‘jalik resurslariga ega mamlakat. 
Uning asosiy qishloq xo‘jalik ekini paxta. Agar butun Markaziy 
Osiyo mamlakatlari 2 million tonna paxta tolasi yetishtirsa, birgina 
0 ‘zbekiston 1 million 400 ming tonna paxta tolasi yetishtiradi.
442


Respublika paxta tolasini yetkazish bo‘yicha jahonda to‘rtinchi 
o‘rinda, uni chetga chiqaruvchi va jahon bozorida uni sotish hajmi 
bo‘yicha ikkinchi o ‘rinni egallaydi. Bu esa mamlakat xazinasiga va­
luta kelib tushishining eng muhim manbayi bo‘lib qoldi.
Respublika sabzavot, meva, uzum yetishtirish bo‘yicha ham sal- 
moqli o‘ringa ega. Hozir 0 ‘zbekistonda yiliga 5 million tonnaga 
yaqin meva-sabzavot yetishtirilmoqda. Bu respublika aholisi ehtiyo- 
jidan ancha ortiq.
Respublikada har yili o‘rtacha 70 ming tonnaga yaqin pilla 
yetishtirilib, uning 21 ming tonnasi respublika korxonalarida qayta 
ishlanib, ipak tolasi olinadi, qolgani esa eksport qilinadi.
0 ‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini isloh qilishning puxta o‘ylab 
olib borilishi MDH barcha mamlakatlaridan farqli o‘laroq, ishlab 
chiqarishning sezilarli darajada pasayib ketishiga y o i qo‘ymaslik 
imkonini berdi.
Shu bilan birga qishloqda islohotlami amalga oshirishda ekinlar 
hosildorligi, mehnat unumdorligi o ‘sishini ta’minlashda, haqiqiy yer 
egasi va mahsulot sohibining shakllanishida hali bir qator muam- 
molar va yechilmagan masalalar ko‘p edi. Shu bois 1995-yil 21- 
dekabrda Oliy Majlisning IV sessiyasida «Qishloqda islohotlar sust 
borayotgani va kutilgan natijalami bermayotgani, mulk o ‘z egasini 
topishi haqida ko‘p gapirilsa-da, amaliy hayotda esa bu masalalar 
o ‘zining kerakli yechimini topmayotgani» qat’iy ta’kidlab o‘tildi.
0 ‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining samara- 
dorligini oshirishda urug‘chilikka e’tibor berilishi lozimligi qayta- 
qayta uqtirildi. Shu bois ham mamlakat Oliy Majlisi 1996-yil 29- 
avgustida 0 ‘zbekiston Respublikasining «Urug‘chilik to‘g‘risida», 
«Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida»gi qonunlami qabul qildi. Ushbu 
qonunlar respublikada urug‘chilik masalalariga doir davlat siyosatini 
amalga oshirishning huquqiy asosini yaratdi.
Qishloqda iqtisodiy islohotlami amalga oshirish haqida gapirar 
ekanmiz, qishloqda aholi turmush sharoitini yaxshilashga Prezi- 
dent va hukumat doimiy ravishda e’tibor berayotganliklarini ham 
ta’kidlamoq lozim.
1996-yilning 21-mayida 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining «2000-yilgacha boigan davrda 0 ‘zbekiston Res­
publikasi qishloq infrastrukturasini rivojlantirish Dasturi» to‘g ‘risida 
qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda qishloqning iqtisodiy va meh­
nat imkoniyatlaridan yanada to iiq va samarali foydalSnish uchun 
qulay sharoitlar yaratish, qishloq aholisining turmush sharoitlarini 
yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi « 0 ‘zistiqbolstat» Davlat
4 4 3


Qo‘mitasi, 0 ‘zbekiston Moliya vazirligi, Sogiiqni saqlash va Xalq 
ta’limi vazirligiga 2000-yilgacha qishloq infrastrukturasini rivojlan- 
tirishga doir ishlami amalga oshirishni topshirdi. Shuningdek, ushbu 
qarorda hukumat komissiyasi tuzilib, har 3 oyda bir marta ushbu qa- 
ror bajarilishini nazorat qilish ham ko‘zda tutildi.
Vazirlar Mahkamasining qishloqni rivojlantirishga doir mazkur 
qarori sohada keskin o‘zgarish yasashga asos bo‘ldi. Masalan, 1996- 
yil oktabr oyida bo‘lib o ‘tgan yig‘ilishda « 0 ‘zbekiston Xalq ta’limi 
vazirligining Vazirlar Mahkamasining «2000-yilgacha bo‘lgan davr- 
da 0 ‘zbekiston Respublikasida qishloq ijtimoiy infrastrukturasini ri- 
vojlantirish dasturi to‘g ‘risida»gi qarorini bajarishi yuzasidan hiso- 
boti tinglandi.
Komissiya yig‘ilishida ta’kidlanishicha, ko‘pdan beri orziqib ku- 
tilgan, tom ma’nosi bilan o‘zbek qishlog‘ini madaniy-ma’rifiy yuk- 
saltirishga, sog‘lom yosh avlodni kamol toptirishga yo‘naltirilgan 
ushbu qarordan so‘ng Xalq ta’limi vazirligida 23-mayda hukumat- 
ning bu muhim qarorini turmushga tatbiq qilishni ta’minlovchi ish- 
chi guruh tuzildi.
Ishchi guruh birinchi navbatda mamlakat o ‘sha paytdagi 
«Istiqbolstat» Davlat Qo'mitasi mas’ul xodimlari bilan birgalikda 
qishloq joylarida 24,3 ming o ‘quvchiga mo‘ljallangan avariya ho- 
latidagi maktablar uchun binolar qurilib foydalanishga topshirish 
1996-yil reja-dasturini Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyat 
hokimiyatlari bilan hamkorlikda ko‘rib chiqib hukumatga taqdim 
etdi. Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 8-iyundagi Majlis ba- 
yonnomasi bilan tasdiqlangandan so‘ng joylarga ijro uchun yubo- 
rildi. 1996-yilning 29-may kuni ishchi guruh qishloq maktablari 
qurilishida asosiy buyurtmachi hisoblangan Qishloq xo‘jalik va­
zirligining mas’ul xodimlari ishtirokida yig‘ilish o ‘tkazib qishloq 
maktabining kelajagi haqidagi Konsepsiyani yaratish masalasini 
kelishib oldi.
Hukumat Qarorini amalga oshirishdagi muhim tadbir shundan 
iborat bo‘ldiki, 1996-yil 28-iyunda barcha viloyat xalq ta’limi bosh- 
qarmalarining boshliqlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan hay’at yig‘ilishida 
bu o‘ta dolzarb hukumat tadbirlarini o‘z vaqtida puxta bajarish soha- 
sida ta’lim muassasalarining mahalliy hokimiyatlar, qurilish tash- 
kilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan vazi- 
falami bajarishi muhokama etildi, ulami amalga oshirish bo‘yicha 
zarur ko‘rsatmalar berildi. Unda 1996-yilda qishloq hududlarida foy­
dalanishga topshiriladigan maktab binolari va ulaming moddiy negi- 
zini to‘liq ta’minlash bo‘yicha aniq muddatlar tasdiqlandi. Vazirlar
4 4 4


Mahkamasi Qaroridan nafaqat qishloq maktablari uchun yangi bino 
qurish, balki ulami gazlashtirish, ichimlik suvi bilan ta’minlash, 
maktab binolarini kapital ta’mirlash, rekonstruksiya va qo‘shimcha 
binolar qurish, zamonaviy texnika vositalari, jihozlar, mebellar bilan 
ta’minlash vazifalari ham o ‘rin oldi.
Ta’lim muassasalarini jihoz, mebellar bilan o‘z vaqtida to‘liq 
ta’minlash maqsadida Xalq ta’limi vazirligi bilan Toshkent shahar, 
Sirg’ali tumanidagi «Fayz» mebel ishlab chiqarish hissadorlik ja- 
miyati o ‘rtasida 1996-2000-yillarga mo‘ljallangan shartnoma tuzil- 
di. Shartnomaga asosan hissadorlik jamiyatining ikkita sexida faqat 
ta’lim muassasalari, xususan, maktablar uchun mebel, jihozlar ishlab 
chiqarilishi haqida kelishilib, bu ish 1996-yilning birinchi choragida- 
yoq boshlab yuborildi. Mazkur yilning birinchi yarmida qurilib foy- 
dalanishga topshirilgan maktablar uchun 30 million so‘mlik mebel 
joylarga yetkazib berildi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishdagi 
murakkabliklar hisobga oli- 
nib, ta’lim muassasalarida mavjud b o ig an o‘quv ko‘rgazma qu- 
rollari va jihozlami ta’mirlash borasida vazirlik tasarrufidagi tash- 
kilotlarda amaliy chora-tadbirlar belgilandi. Jumladan, mamlakat 
«Ta’lim-ta’minot-jihoz» va Andijon viloyat «Ta’lim-ta’minot» kor- 
xonalari qoshida Rossiya bilan lingafon, fizika, ximiya kabinetla- 
ri, elektr uskunalarini ampermetr, voltmetr, ossillograf, universal 
to‘g ‘rilagichlami ta’mirlovchi «Maktab-lingofon», Buxoro viloya- 
ti «Ta’lim-ta’minot» korxonasi qoshida esa, kodoskop, epidpaskop, 
epipproyektor, grafoproyektor, teleskop va filmskoplami ta’mirlovchi 
«Maktab-Jihoz-Buxoro» qo’shma korxonalari ochildi.
Xalq ta’limi vazirligi maktablami zamonaviy texnika jihozlari 
bilan ta’minlash masalasiga jiddiy e’tibor qaratdi, xususan, joriy yil- 
da qishloq hududlarida joylashgan maktablar uchun eng zamonaviy 
texnika vositalari - 160 komplekt sinf «IBM» kompyuterlari ajratish 
rejalashtirildi va bulardan 100 komplekti joylarga yetkazildi.
Shuningdek, komissiya yig‘ilishida yangi ta’lim muassasalarini 
qurib, ulami foydalanishga topshirish ishlari Respublika viloyatlari- 
da juda sust ketayotganligi ham qayd qilindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Andijon, Qashqadaryo, 
Navoiy, Toshkent, Farg‘ona viloyatlarida bironta ham maktab bino- 
lari foydalanishga topshirilmadi. Shu munosabat bilan, komissiya 
Qishloq xo’jalik vazirligi, uning joylardagi viloyat agrosanoat bir- 
lashmalari, qator viloyat hokimiyatlari, xalq ta’limi boshqarmalari 
e’tiborini qishloq joylarida maktab qurilishiga, ulami tezroq foydala­
nishga topshirishga qaratdi.
4 4 5


2008-yilda ijtimoiy soha obyektlarini quruq va foydalanishga 
topshirish masalalariga ustuvor ahamiyat berilishi natij asida 113 
ming 200 o‘quvchiga moijallangan 169 ta kasb-hunar kolleji va 
14 ming 700 o ‘rinli 23 ta akademik litsey qurildi va rekonstruksiya 
qilindi. Shu bilan birga, 69 ta yangi maktab barpo etildi va 582 ta 
maktab kapital rekonstruksiya qilindi. Shular qatorida 184 ta bolalar 
sporti inshooti, 26 ta qishloq vrachlik punkti va 7 million 240 ming 
kvadrat metr turarjoy binolari va boshqa obyektlar qurildi.
Vazirlar Mahkamasi qarorini bajarishda boshqa vazirliklar to- 
monidan ham muayyan ishlar qilindi. Xususan, qishloq aholisining 
salomatligini yaxshilash masalasiga ham e’tibor kuchaydi. Faqat 
1996-yilning 11 oyi mobaynida respublikada 62 qishloq vrachlik 
punkti ishga tushdi. Shu davr mobaynida 71 ming kvadrat metr sav- 
do o‘rinlari, 27,9 ming kvadrat metr umumiy ovqatlanish shoxob- 
chalari, 1992 maishiy xizmat obyekti qurib foydalanishga topshi- 
rildi.
Aholini gaz, ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida ham sezi- 
larli ishlar qilindi. Qishloq aholisini tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan 
ta’minlash yosh 0 ‘zbekiston davlati iqtisodiy siyosatining muhim 
yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.
Buni Xorazm viloyati misolida ham yaqqol ko’rish mumkin. 
Viloyatda bu sohada mustaqillikning 5 yili davomida 80-yillarga 
qaraganda birmuncha o‘sish sezildi. Jumladan, 1992-1995-yillarda 
824 kilometr tabiiy gaz quvurlari yotqizilib, 40 ming 700 xona- 
donga «zangori olov» o‘tkazildi. Vaholanki, 1990-yilgacha gaz- 
lashtirilgan xonadonlar 49 mingni tashkil etgan, ichimlik suvi bilan 
ta’minlashning ahvoli ancha og‘ir edi. Binobarin, mavjud ichimlik 
suvi quvurlari 1990-yilgacha atigi 1000 kilometmi tashkil etgan.
Keyingi 5 yilda 127 kilometr katta diametrli suv haydagich, 902 
kilometr ichimlik suvi tarmoqlari qurilib foydalanishga topshirildi. 
Aholining tabiiy gaz bilan ta’minlanishi 86,7 foizga, ichimlik suvi 
bilan ta’minlanishi esa 54,8 foizga yetkazildi.
Orol mintaqasida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash 
muhim ijtimoiy-iqtisodiy tadbir bo’lib insonparvarlik xususiyatiga 
ega edi.
Bu g‘oyat muhim sohada Namangan viloyatida ham ibratli ish­
lar amalga oshirildi. 1990-yilgacha boigan davrda viloyat bo’yicha 
jami 1480 kilometr gaz tarmoqlari tortilgan bo‘lsa, 1991-1995- 
yillar davomida 2025 kilometr gaz tarmoqlari foydalanishga top­
shirildi. Sobiq ittifoq davrida hammasi bo‘lib 1423,9 kilometr suv 
uzatish tarmoqlari yotqizilgan bo‘lsa, 1991—1995-yillarda 1039 ki-
4 4 6


lometr shunday tarmoqlar ishga tushirildi. 1990-yilgacha hammasi 
bo‘lib 95,8 ming xonadon gazlashtirilgan boisa, istiqlol yillarining 
o ‘zidayoq 83,3 ming xonadonni gazlashtirishga erishildi. Birgina 
1996-yilning o‘zida viloyatning eng chekka qishloqlari Chodak va 
Nanayga gaz yetkazib berildi.
Qishloqda islohotlar amalga oshirilishi jarayonida mehnatga 
yaroqli aholini mehnat bilan band qilish masalasiga ham katta e’tibor 
berildi.
Buning boisi shundaki, hozirda qishloqda qariyb 2 mln.ga yaqin 
ortiqcha ishchi kuchi mavjud. Shu bois Respublika Prezidenti qish­
loqda kichik korxonalar, maishiy xizmat obyektlari tashkil qilish, 
ortiqcha ishchi kuchini shu sohalarda band qilish vazifasini muttasil 
sur’atda ta’kidlab kelmoqda. Bu borada 1991—1995-yillarda mehnat­
ga qobiliyatli yoshdagi aholini ish bilan ta’minlash hukumat Dasturi 
ishlab chiqildi. Unda ish bilan band boiganlar salm ogini 59 foizdan 
74 foizga oshirilishi m oijallangan edi. Bu bajarildi. Shunday bo isa- 
da, rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida bu masala 
hamon dolzarbligicha qolmoqda.
Shu bois Hukumat tomonidan ishlab chiqilgan Dasturda 1996—
2000-yillar orasidagi davrda qishloqda qariyb 2 millionga yaqin yan- 
gi ish joyi yaratish, deyarli 950 ming kishini kasbga tayyorlash, qay- 
ta tayyorlash va malakasini oshirish mo‘ljallandi.
1996-98-yMlarda qishloq joylarda 631,0 mingta ish joyi barpo 
etildi.
1998-yilda yaratilgan bu ish o ‘rinlarining asosiy qismi iqtisodi- 
yotning qishloq sohasiga (79,4 ming), savdo-sotiq va umumiy ovqat- 
lanishga (54,1 ming), sanoatga (18,4 ming), shuningdek, transport va 
aloqa sohalariga (10,0 mingta) to‘g‘ri keladi.
1998-yilda qishloq joylardagi yangi ish o ‘rinlarining deyarli yar- 
mini shaxsiy faoliyat tarmog‘i tashkil etadi (fermer xo‘jaliklarida -
47,1 ming, dehqon xo‘jaliklarida - 12,9 ming, shaxsiy-mehnat fao- 
liyatlarida - 75,4 ming). 34,0 mingta o‘rinni esa qishloq xo‘jaligiga 
taalluqli bo‘lmagan xususiy biznes sohasi tashkil etdi.
Natijada qishloq aholisining bandligi tizimi moddiy ishlab chi- 
qarish, savdo-sotiq, umumiy ovqatlanish sohalaridagi bandligi hiso- 
biga oshdi.
Shuni ta’kidlash o‘rinliki, Prezident I. Karimov va respublika 
hukumati 0 ‘zbekistonda qishloqni har tomonlama rivojlgptirishga, 
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida islohotlami chuqurlashtirish, bu 
sohaning moddiy bazasi va moliyaviy ahvolini mustahkamlashga,
447


agrar siyosatning ustuvor vazifalarini amalga oshirishga muntazam, 
doimiy e’tibor bermoqdalar.
Xullas, yuqoridagilami umumlashtirib aytish mumkinki, iqtiso- 
diy islohotlami amalga oshirishda bugun 0 ‘zbekiston erishgan yu- 
tuqlar ko‘p jihatdan respublika hukumatining izchil, sobitqadam si- 
yosati bilan bevosita bog‘liqdir.
Avval boshdanoq islohotlaming har bir qadami puxta o‘ylangan, 
aw algi mafkura zo‘ravonligi o‘mini qonun ustuvorligi egalladi. Xu- 
susiy iqtisodiyotga rivojlanish uchun davlat sektori bilan teng sha- 
roitlar yaratildi. Ijtimoiy siyosat esa, aholi turmush darajasini asta- 
sekin yaxshilashga qaratildi.
0 ‘zbekistonda milliy iqtisodning eng muhim va ustuvor tarmoq- 
laridan biri qishloq xo‘jaligi bo‘lib, uning taraqqiyoti boshqa soha- 
lar rivoji uchun poydevor vazifasini o‘tamoqda. Chunki valuta tu- 
shumining 60 foizi, yalpi mahsulot muomalasining 70 foizi qishloq 
xo‘jaligi sohasiga to‘g ‘ri keladi.
Yana shuni aytish kerakki, hukumat tomonidan ko‘rilgan amaliy 
choralar tufayli 2005-2006-yillarda paxtachilik sohasida katta mu- 
vaffaqiyatlarga erishildi.
Bugungi salmoqli yutuq, keyingi yillarda mamlakatimizda qish­
loq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, dehqon mehnatini qadrlash va 
rag‘batlantirish, yerga, mulkka nisbatan chinakam egalik va man- 
faatdorlik hissiyotini qaror toptirish va mustahkamlash maqsadida 
izchil amalga oshirilayotgan keng koiam li islohotlar, awalambor 
fermerlik harakatining ustuvorligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etgani- 
ning tasdig'i va natijasidir.
2005-2006-yillardagi mavsumlarda tayyorlangan paxta hosili- 
ning 85 foizi yeming haqiqiy sohiblariga aylanib borayotgan fermer 
xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilganining o‘zi fermerlik harakatining 
qanday katta salohiyat va istiqbolga ega ekanini yana bir bor isbot- 
lab berdi.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin