lllug1 bobokalonimiz, buyuk davlat arbobi va yengilmas sarkarda
Amir Temur yodi xotirasiga atab Sharq milliy me’morchiligining
noyob va mo‘jizaviy namunasi sifatida bunyod etilgan -
Temuriylar
tarixi davlat muzeyining tantanali ochilish marosimi ana shundan
boshlandi. Ming-minglab kishilar - toshkentliklar, mamlakatimiz-
ning barcha viloyatlaridan kelgan mehmonlar, xorijiy elchixonalar
va vakolatxonalaming vakillari hozir boTishdi. Ulamoi kiromlaming
fotihasi bilan qo'ylar so‘yilib, qurbonlik qilindi.
Milliy udumlarimizga ko‘ra Qur’oni Karimdan oyatlar o ‘qildi,
Sohibqiron ruhiga duoi fotihalar qilindi. Bir necha ming kishilik
dasturxonga osh tortildi. Mumtoz qo‘shiqlar ijro etildi.
Quyosh endigina uyg‘onayotgan, tong yorishib shahardagi
eng baland binolaming peshtoqlari zarga o ‘ralayotgan bir payt-
da kamay-sumay sadolari butun
shahar ahlini bayramga chorlab,
muzey ochilishiga bag‘ishlangan tantanali miting boshlanishidan
darak berdi. Mitingni Toshkent shahar hokimi Kozim ToTaganov
ochdi. Prezident Islom Karimov yig‘ilganlar oldida katta nutq
so‘zladi. Mamlakatimiz rahbari muhtasham muzeyning qisqa vaqt-
da qurib bitkazilgani va noyob tarixiy eksponatlar bilan jihozlan-
gani bobokalonimizga boTgan hunnat va ehtirom ramzi, madaniy
hayotimizdagi ulkan voqea ekanligini aytib, «Mamlakatimiz istiq-
lolga erishgach Amir Temur shaxsi yana
Vatan va millat timsoliga
aylanganini»istiqlolimizning har bir tadbirida, mustaqil davlatimiz-
ning har bir qadamida ul buyuk zot ruhi bizga hamroh-u hamna-
fas bo‘lib borayotganini ta’kidladi. 0 ‘z fikrini davom ettirib no-
tiq: «Buyuk shaxslami tarix yaratadi, deydilar. Bunga qo‘shimcha
qilib Sohibqiron bobomizning suronli hayotini xayol ko‘zgusidan
o'tkazib, buyuk shaxslami millat qayg‘usi, xalq dardi yarata
di», - dedi.
Darhaqiqat, buyuklik buyuk qalbdan kelib chiqadi. Buyuk qalb
esa hamisha millat qayg‘usi, xalq dardi, vatan iztirobi bilan yashaydi.
Ana shu ezgu hislardan begona bo'lgan qalb beqadr va oTkinchidir.
Bugun biz ana shu nuqtayi nazardan kelib chiqib. Istiqlol va Temur.
Vatan va Millat, Ozodlik va Sohibqiron tushunchalarini mushtarak
holda his qilamiz. Ulami bir-birini to'ldiradigan,
mazmunan boyita-
digan tushuncha sifatida qabul qilamiz.
Temuriylar tarixi davlat muzeyi g ‘oyat qisqa fursatda bunyod
qilindi. Bor-yo‘g‘i olti oy mobaynida m e’moriy jihatdan nihoyatda
murakkab muhtasham inshoot barpo etildi. Bu avvalo^bobokaloni-
mizning sha’n-u shavkatiga, dunyoviy obro‘- e ’tibori va daholigiga
munosib bo‘lsa, ikkinchi tomondan temuriylar bugungi avlodining
4 8 7
bunyodkorlik qudratidan, nozik didi, beqiyos iste’dod va xayoloti-
ning cheksizligidan dalolat beradi.
Inshootning umumiy maydoni besh
ming kvadrat metmi tash-
kil etadi. Muzey qurilishida butun mamlakat mutaxassislari ishtirok
etdilar. Toshkentlik qo‘li gui quruvchilar, chinnisozlik va keramika,
«Mikond» korxonalarining mohir hunarmandlari, «Usta» birlashma-
si, Yugoslaviyaning «Torevik» firmasi va boshqa o ‘nlab mehnat ja-
moalari bu ishga munosib hissa qo‘shdilar. Olis-olislardan yarqirab
tovlanadigan, ulug‘vorligi va nafisligi bilan kishini hayrat-u haya-
jonga soladigan niliy gumbaz esa Toshkent aviasozlik davlat hissa-
dorlik jamiyati mutaxassislari tomonidan tayyorlandi.
Bayram tantanalari muzey sahniga
ulanib ketgan Amir Temur
xiyobonida davom etdi. Prezidentimiz xiyobondagi Sohibqiron
haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Davlat va hukumat rahbarlari,
fan, madaniyat, adabiyot va san’at namoyandalari, ishlab chiqarish
ilg‘orlari, nuroniy otaxonlar va onaxonlar, jamoatchilik vakillari ham
marosimda ishtirok etishdi.
Ulug‘ ajdodimiz ruhini xotirlash temuriylar davlatining poytaxti
Samarqandda alohida shukuh va joziba kasb etdi. Jahon sayqaliga
aylangan bu ko‘hna va tabarruk shahar Sohibqiron taqdiri, uning
bezovta-yu
beorom kunlari, buyuk orzulari, armon-iztiroblariga gu-
voh boTgan muqaddas maskandir. Ayni paytda Samarqand millatni
millat, davlatni davlat qilgan Amir Temur daholik qudratining ramzi,
uning beqiyos ifodasidir.
Sohibqiron yubileyiga tayyorgarlik jarayonida samarqandliklar
o ‘nlab tarixiy obidalami, osori atiqalami ta’mirladilar, ulami qayta
tikladilar, mumtoz bobomiz nomi bilan bo g iiq qadamjolami obod
etdilar. Yangi inshootlar qurildi, bogTar barpo qilindi.
Shahar mar-
kazidagi ko‘rkam Amir Temur maydoni Samarqand sayqaliga sayqal
qo‘shdi.
Davlatimiz rahbari ana shu maydonda qad ko‘targan Sohib-
qironning haykalini tantanali ravishda ochdi. Yig‘ilganlar ko‘z
o ‘ngida hamisha muzaffar va g ‘olib Amir Temuming salobat va
ulug‘vorlik bilan taxtda o ‘tirgan siymosi gavdalandi. Qalblami
larzaga keltiradigan hayajonli vaziyatda 0 ‘zbekiston davlat mad-
hiyasi yangradi.
Mustaqilligimizning besh yilligi bayrami arafasida shahar ahli-
ning xayrli xizmatlari hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlan-
di.
4 8 8