Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə249/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

Toshkent. 1996-yil 18-oktabr. 
Sohibqiron Amir Temur daho- 
si bizga ajdodlar ruhini yod etish, ular xotirasini abadiylashtirish 
sabog‘ini berdi. Aslini olganda o‘tganlar xotirasini eslash milliy 
an’analarimizning, urf-odatlarimizning bir boTagi. Hayotimizning 
har daqiqasida kimlamidir o‘ylaymiz, Allohdan kimlamidir qo‘llab, 
ruhini shod etishni tilaymiz. Ammo Amir Temur bu borada ham no- 
yob insoniy fazilatning betimsol namunasi sifatida shuhrat qozongan 
ulug‘ zotdir. U nimaiki ish qilgan boTsa, barchasini iymon-e’tiqod, 
insof va adolat yuzasidan qildi. Ulkan allomalar, avliyo-yu anbiyo- 
larga ehtirom ko‘rsatib, ulaming aqidalari va taTimotlarini qoTlab- 
quwatladi.
Amir Temuming ota-bobolarimiz xotirasi yoTida sarflagan 
kuch-g‘ayrati, ko‘rsatgan mehr-muhabbatini davom ettirish, uning 
muruwatiga mumvvat bilan javob berish, ajdodlar uzviyligini asrab- 
avaylash navbati bizga keldi.
1996-yilning 18-oktabr kuni. 
Muborak juma tongi. Bu kun 
eng ezgu tilaklar, orzu-umidlar ifoda etiladigan, Yaratganga shukro- 
nalar aytib, hayot qadri e’zozlanadigan muqaddas kun.
Shu muborak kun mamlakatimiz poytaxti qadimiy Toshkentning 
qoq markazidan tong-saharda Qur’on tilovati olis-olislarga taraldi.
4 8 6


lllug1 bobokalonimiz, buyuk davlat arbobi va yengilmas sarkarda 
Amir Temur yodi xotirasiga atab Sharq milliy me’morchiligining 
noyob va mo‘jizaviy namunasi sifatida bunyod etilgan - Temuriylar 
tarixi davlat muzeyining tantanali ochilish marosimi ana shundan 
boshlandi. Ming-minglab kishilar - toshkentliklar, mamlakatimiz- 
ning barcha viloyatlaridan kelgan mehmonlar, xorijiy elchixonalar 
va vakolatxonalaming vakillari hozir boTishdi. Ulamoi kiromlaming 
fotihasi bilan qo'ylar so‘yilib, qurbonlik qilindi.
Milliy udumlarimizga ko‘ra Qur’oni Karimdan oyatlar o ‘qildi, 
Sohibqiron ruhiga duoi fotihalar qilindi. Bir necha ming kishilik 
dasturxonga osh tortildi. Mumtoz qo‘shiqlar ijro etildi.
Quyosh endigina uyg‘onayotgan, tong yorishib shahardagi 
eng baland binolaming peshtoqlari zarga o ‘ralayotgan bir payt- 
da kamay-sumay sadolari butun shahar ahlini bayramga chorlab
muzey ochilishiga bag‘ishlangan tantanali miting boshlanishidan 
darak berdi. Mitingni Toshkent shahar hokimi Kozim ToTaganov 
ochdi. Prezident Islom Karimov yig‘ilganlar oldida katta nutq 
so‘zladi. Mamlakatimiz rahbari muhtasham muzeyning qisqa vaqt- 
da qurib bitkazilgani va noyob tarixiy eksponatlar bilan jihozlan- 
gani bobokalonimizga boTgan hunnat va ehtirom ramzi, madaniy 
hayotimizdagi ulkan voqea ekanligini aytib, «Mamlakatimiz istiq- 
lolga erishgach Amir Temur shaxsi yana Vatan va millat timsoliga 
aylanganini»istiqlolimizning har bir tadbirida, mustaqil davlatimiz- 
ning har bir qadamida ul buyuk zot ruhi bizga hamroh-u hamna- 
fas bo‘lib borayotganini ta’kidladi. 0 ‘z fikrini davom ettirib no- 
tiq: «Buyuk shaxslami tarix yaratadi, deydilar. Bunga qo‘shimcha 
qilib Sohibqiron bobomizning suronli hayotini xayol ko‘zgusidan 
o'tkazib, buyuk shaxslami millat qayg‘usi, xalq dardi yarata­
di», - dedi.
Darhaqiqat, buyuklik buyuk qalbdan kelib chiqadi. Buyuk qalb 
esa hamisha millat qayg‘usi, xalq dardi, vatan iztirobi bilan yashaydi. 
Ana shu ezgu hislardan begona bo'lgan qalb beqadr va oTkinchidir. 
Bugun biz ana shu nuqtayi nazardan kelib chiqib. Istiqlol va Temur. 
Vatan va Millat, Ozodlik va Sohibqiron tushunchalarini mushtarak 
holda his qilamiz. Ulami bir-birini to'ldiradigan, mazmunan boyita- 
digan tushuncha sifatida qabul qilamiz.
Temuriylar tarixi davlat muzeyi g ‘oyat qisqa fursatda bunyod 
qilindi. Bor-yo‘g‘i olti oy mobaynida m e’moriy jihatdan nihoyatda 
murakkab muhtasham inshoot barpo etildi. Bu avvalo^bobokaloni- 
mizning sha’n-u shavkatiga, dunyoviy obro‘- e ’tibori va daholigiga 
munosib bo‘lsa, ikkinchi tomondan temuriylar bugungi avlodining
4 8 7


bunyodkorlik qudratidan, nozik didi, beqiyos iste’dod va xayoloti- 
ning cheksizligidan dalolat beradi.
Inshootning umumiy maydoni besh ming kvadrat metmi tash- 
kil etadi. Muzey qurilishida butun mamlakat mutaxassislari ishtirok 
etdilar. Toshkentlik qo‘li gui quruvchilar, chinnisozlik va keramika, 
«Mikond» korxonalarining mohir hunarmandlari, «Usta» birlashma- 
si, Yugoslaviyaning «Torevik» firmasi va boshqa o ‘nlab mehnat ja- 
moalari bu ishga munosib hissa qo‘shdilar. Olis-olislardan yarqirab 
tovlanadigan, ulug‘vorligi va nafisligi bilan kishini hayrat-u haya- 
jonga soladigan niliy gumbaz esa Toshkent aviasozlik davlat hissa- 
dorlik jamiyati mutaxassislari tomonidan tayyorlandi.
Bayram tantanalari muzey sahniga ulanib ketgan Amir Temur 
xiyobonida davom etdi. Prezidentimiz xiyobondagi Sohibqiron 
haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Davlat va hukumat rahbarlari, 
fan, madaniyat, adabiyot va san’at namoyandalari, ishlab chiqarish 
ilg‘orlari, nuroniy otaxonlar va onaxonlar, jamoatchilik vakillari ham 
marosimda ishtirok etishdi.
Ulug‘ ajdodimiz ruhini xotirlash temuriylar davlatining poytaxti 
Samarqandda alohida shukuh va joziba kasb etdi. Jahon sayqaliga 
aylangan bu ko‘hna va tabarruk shahar Sohibqiron taqdiri, uning 
bezovta-yu beorom kunlari, buyuk orzulari, armon-iztiroblariga gu- 
voh boTgan muqaddas maskandir. Ayni paytda Samarqand millatni 
millat, davlatni davlat qilgan Amir Temur daholik qudratining ramzi, 
uning beqiyos ifodasidir.
Sohibqiron yubileyiga tayyorgarlik jarayonida samarqandliklar 
o ‘nlab tarixiy obidalami, osori atiqalami ta’mirladilar, ulami qayta 
tikladilar, mumtoz bobomiz nomi bilan bo g iiq qadamjolami obod 
etdilar. Yangi inshootlar qurildi, bogTar barpo qilindi. Shahar mar- 
kazidagi ko‘rkam Amir Temur maydoni Samarqand sayqaliga sayqal 
qo‘shdi.
Davlatimiz rahbari ana shu maydonda qad ko‘targan Sohib- 
qironning haykalini tantanali ravishda ochdi. Yig‘ilganlar ko‘z 
o ‘ngida hamisha muzaffar va g ‘olib Amir Temuming salobat va 
ulug‘vorlik bilan taxtda o ‘tirgan siymosi gavdalandi. Qalblami 
larzaga keltiradigan hayajonli vaziyatda 0 ‘zbekiston davlat mad- 
hiyasi yangradi.
Mustaqilligimizning besh yilligi bayrami arafasida shahar ahli- 
ning xayrli xizmatlari hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlan- 
di.
4 8 8



Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin