* * *
Bosh direktor janoblari shunday ulug‘ madaniyat va So‘g ‘d, Xo-
razm,
Baqtriya, Parfiya, Kushon kabi, qolaversa, Amir Temur bar-
po etgan buyuk davlatchilikning haqiqiy vorislarigina bunday og‘ir
sinovlarga chidashi mumkinligini nazarda tutgan edi. Bu bilan u
Prezident orqali butun o ‘zbek xalqining qudratiga, yaratuvchilik qo-
biliyatiga baho bergan edi.
Madaniyat hamisha milliy o‘zlikni anglashgagina xizmat qil-
maydi. Uning faoliyat maydoni keng va rang-barangdir. Bir xalq ha
misha ikkinchi bir xalqni o‘sha
madaniyat orqali taniydi, tushunadi.
Shu ma’noda mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalar ravnaqi iqti-
sodiy birligiga, o‘zaro hamkorligiga, taraqqiyotning yangidan yangi
imkoniyatlarining ochilishiga muhim poydevor bo‘lib xizmat qilishi
mumkin. Garchi xalqlar o‘rtasidagi totuvlikni ta’minlashda, muro-
saga erishishda o‘zaro iqtisodiy bogTiqlik muhim ahamiyat kasb
etadi,
deb hisoblashsa-da, bu borada madaniyatning roli ham undan
kam emas. Zotan, m a’naviyat, madaniyat yuksak qadriyat, yengil-
mas kuch, beqiyos qudratdir.
UNESKO amalga oshirayotgan «Ipak yoTi - muloqot yoTi»
nomli xalqaro dastur ham aslida ana shu ezgu maqsadlarga xiz
mat qiladi. Shuning uchun ham 0 ‘zbekiston Prezidenti UNESKO
Kengashi 149-sessiyasining yalpi majlisida so‘zlagan nutqida
0 ‘zbekiston bu dastumi toTa qoTlab-quwatlashini ma’lum qilgan
edi. Barcha xalqlar madaniyati, o‘tmishi, o‘ziga
xos yashash tarzini
birday ardoqlab kelayotgan mazkur tashkilot faoliyatiga yuqori baho
berdi. Bugungi taraqqiyot sur’ati ko‘p jihatdan xilma-xil madani-
yatlar va aql-zakovat integratsiyasiga bevosita bogTiq ekanini qayd
etdi. Bu 0 ‘zbekistonning jahon taraqqiyotiga o‘ziga xos munosaba-
tini, chuqur ma’naviy qadriyatini ko‘rsatadi.
0 ‘z faoliyatida nafaqat fikrlar, qolaversa, madaniyatlar xilma-
xilligi tamoyiliga tayanadigan UNESKO bu ishni amalga oshirish-
da dunyo xalqlarining boshini qovushtirishday
mashaqqatli vazifani
bajarmoqda. Shuning uchun ham «murosa» bu qarorgohda eng ko‘p
tilga olinadigan so‘zlardan biri boTdi.
«Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab yash-
nashi» mavzuidagi ko‘rgazmaga qo‘yilgan eksponatlar Marka-
ziy Osiyo xalqlari tarixiga tegishli bir necha ming yillik davmi o‘z
ichiga qamrab oladi. Ko‘rgazmaga kelgan kishilar o‘zbek xalqi ijodi,
madaniy va ma’naviy merosi, tasviriy san’ati namunalari bilan tani-
shish imkoniga ega boTishgan edi.
Temur o ‘sha vaqtdayoq Yevropa va Osiyo davlatlarini yagona
484
iqtisodiy makonga birlashtirishga harakat qilgani barchaga ma’lum.
U barpo etgan buyuk saltanat o‘sha vaqtdagi integratsiya, Buyuk
ipak yo‘li bo‘yida joylashgan madaniyatlar muloqoti ehtiyojidan ke-
lib chiqqan edi.
Islom Karimov ko‘rgazmaning ochilishi marosimida so‘zlagan
nutqida Yevropa va Osiyo davlatlari o‘rta asrlardayoq o‘zini yago-
na ju g ‘rofiy-siyosiy makonga taalluqli
ekanligini anglaganini Amir
Temuming tarixiy xizmati sifatida baholaydi. «Ushbu madaniyat
haftaligining ochilishi Amir Temuming o‘sha xizmatlariga dunyo
xalqlari ehtiromi», deb bemalol aytish mumkin, deydi u.
Oradan olti asrdan ko‘p vaqt o‘tganiga qaramay, Amir Temur
g ‘oyalari hamon dolzarbligicha, hayotiyligicha qolmoqda. Qolaversa,
bu g‘oyalar bugungi dunyo mamlakatlari yalpi integratsiyaga ehtiyoj
sezayotgan bir paytda UNESKOning ham eng olijanob maqsadlari-
dan biridir. Temur va temuriylar davrida gullab-yashnagan madani
yat, m a’rifat, qaror topgan ma’naviy qadriyatlar haligacha dunyoni
bir butun holda tasaw ur etish, gumanizm va inson o‘rtasidagi teng-
lik, birodarlikka xizmat qilib kelmoqda.
Bu ko‘rgazma ochilishiga dasturda belgilanmagan holda shaxsiy
qiziqishi va o‘zbek madaniyatiga hurmat-ehtiromi
tufayli Fransiya-
ning o ‘sha paytdagi Prezidenti Jak Shirakning rafiqasi bilan tashrif
buyurishi ham muhim voqea bo‘lgan edi.
0 ‘zbekiston* Respublikasi
Prezidenti
mazkur marosimda
0 ‘zbekiston va UNESKO o‘rtasidagi aloqalami rivojlantirish, Mar-
kaziy Osiyo xalqlari madaniyatini qayta tiklash va targ‘ib qilish-
dagi buyuk xizmatlari uchun UNESKO bosh direktori F.Mayorga
«Do‘stlik» ordenini topshirdi. Fransiyalik mashhur olim, Temur va te
muriylar hukmronligi yillari tarixining zukko bilimdoni, 0 ‘zbekiston
va Fransiya madaniyatlarini o‘zaro yaqinlashtirish ishining jonkuyari
L.Keren janoblari «Shuhrat» medali bilan mukofotlandi.
UNESKO bilan 0 ‘zbekiston o ‘rtasidagi hamkorlikni yanada ri
vojlantirish borasida o ‘sha kuni yana bir muhim qadam qo‘yildi.
0 ‘sha kuni 0 ‘zbekiston hukumati va UNESKO o‘rtasida imzolan-
gan bitim faqat madaniyat, ilm-fan va
maorif sohalari muammolari
bilan cheklanib qolmaydi. U mavjud ekologik, xususan, Orol dengi-
zi qurishi bilan bogTiq muammolami hal etishning ilmiy yechimini
topishni ham nazarda tutishi bilan qimmatlidir. Bitimga ko‘ra, ko‘p
o‘tmay Toshkentda UNESKOning vakolatxonasi ochildi. Qolaversa,
mazkur xalqaro tashkilotning 1997-yili Buxoro va Xiva sH&harlari-
ning 2500 yilligini nishonlash to‘g‘risida qabul qilgan qarori ham
mintaqa xalqlari madaniy hayotida yana bir tarixiy voqea bo‘ldi.
485
0 ‘zbekiston Prezidentining Fransiya Prezidenti bilan Yelitsey
saroyidagi dastlabki uchrashuvi rejada ko‘zda tutilganidan deyarli
ikki barobar ko‘p davom
etgani qalblar yaqinligini, tuyg‘ular mush-
tarakligini ko‘rsatadi.
0 ‘zbek-Fransuz aloqalari uzoq tarixga ega. Fransiya Respubli-
kasi Prezidenti 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan uchrashga-
nida Amir Temuming 1402-yili Fransuz qiroli Shari VI ga yo‘ Hagan
maktubini sovg‘a qilishida ham teran ramziy ma’no bor.
Sohibqiron o‘sha maktubida fransuz qirolini Turon zaminiga
o‘z savdogarlarini yuborishga chorlagan, ulaming xavfsizligiga kafil
bo‘lishini bayon qilgan b o isa, 0 ‘zbekiston Prezidenti bugun Fran
suz ishbilarmonlarini o‘zaro foydali hamkorlikka da’vat etadi, ular-
ning manfaatli ish birligi uchun yaratilgan shart-sharoitlar to‘g ‘risida
hikoya qilishdan charchamaydi. Zero, 0 ‘zbekiston va Fransiya
o'rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy hamkorlik miqyosi nihoyatda
keng.
0 ‘zbekistonning
dunyo siyosatida ham, iqtisodiyotida ham
yetakchi o ‘rinlardan birini egallab turgan Fransiya Respublikasi bi
lan xalqaro tashkilotlar, shuningdek, Yevropa tuzilmalari doirasida
hamkorlikni kengaytirishi va chuqurlashtirishi alohida ahamiyatga
ega.
Dostları ilə paylaş: